1-bob. “MakroiQtisodiy tahlil



Download 113,87 Kb.
bet1/10
Sana29.01.2022
Hajmi113,87 Kb.
#417393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

1-BOB. “MakroiQtisodiy tahlil VA PROGNOZLASH FANINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA PREDMETI


REJA:
1.1. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari.
1.2. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari.
1.3. Makroiqtisodiy tahlil va MHTning roli.
1.4. Makroiqtisodiy tahlildan foydalanish sohalari.
1.5. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni.


1.1. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlanti-rish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmon mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlashga bag’ishlandi.
Bunday harakatlar strategiyasini qabul qilishga qanday zaruriyat tug’ildi, chunki mamlakat taraqqiyotining o’ziga xos “O’zbek modeli” mavjud edi-ku, degan savolning tug’ilishi tabiiy. Agar uning mazmun-mohiyatiga chuqur kirib borilsa, ushbu harakatlar strategiyasining paydo bo’lishiga ob’yektiv zaruriyat tug’ildi. Zero, ushbu harakatlar strategiyasi dunyo tan olgan “O’zbek modeli”ning, bugungi kun talabidan, taraqqiyot tajribasidan kelib chiqqan, to’ldirilgan mantiqiy davomi, deyish mumkin. Chunki, ushbu harakat strategiyasida ham o’zimizga xoslik barcha bandlarida sezilib turibdi. Ushbu holatlar quyidagilar bilan izohlanadi.
Birinchidan, mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Chunki, mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, har yili mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari belgilanib, ularni amalga oshirib kelindi. Bunga sabab yangi jamiyatni qurish, uning muammolarini birdaniga hal qilish bizga meros bo’lib qolgan qoloq iqtisodiyot bilan imkoni yo’q edi. Shu tufayli muammolarimizni bosqichma-bosqich hal qilib kelishga majbur edik. Tadqiqotlarimiz ko’rsatmoqdaki, shu o’tgan 25 yil davomida 60 ga yaqin ustuvor yo’nalishlar belgilangan va ularning bajarilishi ta’minlangan. Bu birgina iqtisodiyotni oladigan bo’lsak, mulkni xususiylashtirishdan tortib, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishgacha, iqtisodiyotda oddiy tartib o’rnatishdan tortib, unga innovatsion omillarni tadbiq etishgacha bo’lgan jarayonlarni boshimizdan kechirdik. SHu davrda rivojlanishning huquqiy asosi yaratildi, jamiyatni isloh qilishning o’zimizga xos yo’llari ishlab chiqildi.
Ikkinchidan, dunyo miqyosida globallashuv jarayonining kuchayishi natijasida xalqaro raqobatning keskinlashib borishi ro’y berayotgan hozirgi sharoitda, birdaniga bir qancha muammolarni hal qilish zarurati tug’ildi va mos ravishda unga iqtisodiy, intellektual va ma’naviy imkoniyatlarimiz yetarli darajada shakllandi. Ushbu imkoniyat ham mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichda davom ettirish mumkinligi uchun zamin bo’ldi.
Uchinchidan, hozirgi sharoitda mamlakatimizning ichki imkoniyati va tashqi dunyo bilan hamnafasligi davlatimizni har tomonlama (siyosiy jihatdan, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash) jadal rivojlantirish zaruratini tug’dirdi. Endi eskicha yashab bo’lmaydi, chunki muammolarning asosiy qismi echilib, taraqqiyot uchun zamin yaratilgan bir pallada, taraqqiyotni ta’minlash uchun barcha imkroniyatlarni ishga solish vaqti keldi.
To’rtinchidan, yuqoridagi imkoniyatlarning hammasi mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun taraqqiyotning yangicha tamoyillarini va yondoshuvlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni ham taqozo qildi. Pirovardida taraqqiyot yo’limizni kengaytirish imkoniyati tug’uldi va shunga mos ravishda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.
Bularning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
1. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish.
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
5. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, o’zaro manfaatli tashqi siyosat olib borish.
Xullas, mazkur strategiyada barcha sohalar bo’yicha hal qilinishi lozim bo’lgan hamma tomonlarini to’liq qamrab olgan chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu ko’zda tutilgan tadbirlar mamlakatimizning bugungi, ertangi va kelajak istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini aniq belgilab beradigan bo’ldi. Shunday qilib, 2017-yildan boshlab jamiyatimiz taraqqiyotida yangi keng qamravli rivojlanish bosqichi boshlandi.



Download 113,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish