Mijozlar bilan telefon orqali muzokara yuritishda tovar (xizmat) sotuvchisi, savdo agenti quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim: 1. Telefon go’shagini birinchi yoki ikkinchi qo’ng’iroq yangrashi bilan ko’tarish. 2. Mijoz bilan salomlashish ("Salom", "Xayrli kun",) va tashkilot nomini aytib, o’zini tanishtirish. 3. Suhbatni «Sizga qanday yordam berishim mumkin?» savoli bilan yoki «Eshitaman» so’zi bilan boshlash. 4. Butun e’tiborni suhbatga qaratish va mijozni diqqat bilan tinglash. 74 5. Agar ayrim detallarni aniqlashtirish talab qilinadigan bo’lsa, keyinroq qo’ng’iroq qilishni taklif etish. 6. Telefon orqali suhbat haqida yozib olish uchun yondaftardan foydalanish. 7. Zarur hollarda mijozning telefon raqamini yozib olish va unga qayta qo’ng’iroq qilish. 8. Savdo vakili mijozga qayta qo’ng’iroq qilish iltimosi bilan murojaat qilganda albatta buning sababi ko’rsatilishi lozim (masalan, "Kechirasiz, sizni yaxshi eshitmayapman" va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |