1-боб ъфанларни ўрганисъҲ жарайонида босъҲлангиcҳ синфўҚувcҳиларда нафосат тарбийасини съҲакиллантирисъҲнинг илмий назарий асослари



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#210586
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
bolajak boshlangich sinf oqituvchilariga nafosat tarbiyasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar

estetik va jismoniy tarbiya

”.  


 

39 


 

R YE J A: 

 

1.  Tarbiya tizimi va uning tarkibiy qismlari.  

2.   Ilmiy dunyoqarash va iqtisodiy tafakkurni shakllantirish.  

3.   Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib  toptirish.  

4.   Mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish.  

5.   Estetik va jismoniy tarbiya.  

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  keyin  davlatimiz  va 

jamiyatimiz maktab va o’qituvchilar oldiga butunlay yangi vazifa – yangi insonni 

shakllantirish,  yangicha  dunyoqarashni  tarkib  toptirish,  yoshlar  ongiga  va  qalbiga 

mustaqillik  g’oyasi  va  milliy  istiqlol  mafkurasini  singdirish,  o’zligini  anglash  va 

mustaqil,  erkin  fikrlashga,  ijodkorlik  va  tashabbuskorlikka  o’rgatish  vazifalarini 

qo’ydi.  Bu  vazifani  amalga  oshirish  ancha  murakkab  vazifa  bo’lib, bu  maktab  va 

tarbiyachilardan  katta  kuch  fidoiylikni  talab  etadi.  Tarbiya  g’oyatda  serqirra 

jarayon bo’lib, u butun bir tizimni tashki etadi, uning tarkibiy qismlari quyidagilar: 

1.  Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarash.  

2.  Iqtisodiy va ekologik tarbiya. 

3.  Nafosat va ahloqiy tarbiya.  

4.  Mehnat va huquqiy tarbiya.  

5.  Iymon, e’tiqod va fikr tarbiyasi.  

6.  Jismoniy tarbiya.  

1.Aqliy tarbiya. 

 

Aql  kishining  epchillik, bunyodkorlik,  insonparvarlik  sifatlari  majmuasidan 



iboratdir.  

 

Aql  kishining  o’z  irodasi  qalbi  va  fikri  asosida  dunyoviy,  hayotiy 



haqiqatlarni  anglash  va  ularga  o’z  faoliyatini  ma’naviy  insoniy  nuqtai  nazardan 

amal qilishdir. Shuning uchun ham aql inson uchun g’oyat oliy ne’matdir, chunki 




 

40 


aql  bilan  ilm  ma’rifat  egallanadi,  hosil  qilinadi.  Dunyo  sirlari  o’rganiladi. 

Insonlarning do’sti uning aqlidir, dushmani esa uning nodonligidir.  

 

Olloh  eng  g’azab  qilgan  kishi  ahmoqdir,  chunki  u  eng  aziz  narsadan 



mahrumdir. Inson aqli tufayli yaxshilik va yomonlikni ajratadi.  

Olimlarning fikricha aql 2 turli bo’ladi.  

1.  Tug’ma-tabiiy aql.  

2.  Kasbiy aql.  

Inson tabiatidagi aqlni o’tkirlash va o’stirish faoliyati bu kasbiy aqldir. Bu esa 

aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan hosil bo’ladi. Yurtboshimiz I.A.Karimov: 

“Ilm  ma’rifat  biz  uchun  bugun  ham  o’z  kuchini  yo’qotgani  yo’q,  yo’qotmaydi 

ham.  Aql  zakovatli  yuksak  ma’naviyatli  kishilarni  tarbiyalay  olsakgina  oldimizga 

qo’ygan maqsadlarimizga erashi olamiz”- deydi.  

Buyuk  bobomiz  Amir  Temurning  “Kuch  adolatdadir”  degan  firklarini 

yurtboshimiz  davom  ettirib  “Kuch  bilim  va  tafakkurdadir”  deydilar.  Bilim  va 

tafakkur esa faqat aql orqaligina hosil bo’ladi.  

Donolar aytadilar:  

Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi mumkin, odob aqlga bog’liq narsa. Aql 

ustiga  odob  qo’shilsa  nur  ustiga  nur  bo’ladi.  Aql  va  odob  uzviy  birlikdadir. 

Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur 

etib bo’lmadi. Axloqiy fazilatlarga ega bo’lmagan kishilarda ilm fanni o’rganishga 

halol  mehnat  qilib  kasb  hunar  egallaga  malaka  oshirishga  ehtiyojlari  ham 

bo’lmaydi.  Shuning  uchun  hamma  davrda  ham  avval  yoshlarni  tarbiyalab  keyin 

ta’lim  berganlar.  O’zbek  milliy  pedagogikasidagi  ta’lim  tarbiya  ishlari  tizimida 

ham ahloq va aql tarbiyasi katta ahamiyatga ega bo’lgan.  

A.Avloniy  “Ilm  dunyoning  izzati,  oxiratning  sharofatidir,  ilm  bizni  jaholat 

qorong’ulikdan  qutqaradi,  insoniyatni  ma’rifat  dunyosiga  chiqaradi,  yomon 

ishlardan qaytaradi” deydi.  

Xullas  aqliy  tarbiya  o’quvchilarga  maktabda  va  boshqa  ta’lim  tarbiya 

muassasalarida  ijtimoiy  va  tabiiy  fanlarni  o’tish  orqali  tarkib  toptiriladi.  Aqliy 

tarbiya berish orqali esa ilmiy dunyoqarash shakllanadi.  



 

41 


Yosh  avlodda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish  hamma  davrlarda  millatning 

ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan.  

Hozirgi  davrda  eng  muhim  dolzarb  masala,  xalqning  ongida  eskicha 

dunyoqarashni  o’zgartirish,  mustaqillik  sharoitida  o’z  haq-huquqlarini  anglash  va 

noxush  holatlarga  qarshi  kurashishga  undashdan  iborat.  Bu  esa  ilmiy 

dunyoqarashni  tarkibiy qismidir.  

Aql har bir insonga hos tug’ma xususiyat bo’lib, miya sog’ bo’lsa ham  yaxshi 

ishlaydi,  miya  kasallangan  bo’lsa  aql  past,  zaif  bo’ladi.  U  ilm  olishga  qiynaladi. 

Ilm  bo’lmasa  o’z  o’zidan  ilmiy  dunyoqarash  ham  bo’lmaydi.  Bilimni  egallash 

murakkab  jarayon  bo’lib  u  insondan  eng  avvalo  jismoniy  barkamollikni  5  asosiy 

so’zgi  organlari  bus  butun  bo’lishini  hamda  bilim  olish  uchun  tinimsiz  mashq 

qilishni  talab  etadi,  zero  bilim,  ilmiy  dunyoqarashning  negizini  tashkil  etadi.  Uni 

shakllantirishdi,  gen  (zot)  ning  ahamiyati  katta.  Bundan  tashqari  xalq  og’zaki 

ijodini,  ertaklari,  hikoyalarni  ahamiyati  katta.  Bu  olimlar  ilmiy  dunyoqarashni 

tarkib toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Bundan  tashqari  maktab  va  oila  sharoitida  bolalarga  iqtisodiy  tarbiya  berish 

muammolaridan biridir.  

Ayniqsa  bugungi  kunda  iqtisodiy  tafakkurni  tarbiyalash  aqniqsa  muhimdir. 

Iqtisodiy  tarbiya  o’quvchilarda,  tejamkorlik,  mehnatsevarlik,  tashabbuskorlik, 

ishbilarmonlik,  iqtisodiy  hisob  kitob  haqida  fikrlay  olish  kabi  qobiliyatni  kamol 

toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya  mazmuni sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam 

boyitib  kelindi.  Bolaga  iqtisodiy  tarbiya  berish  oiladan  boshlanadi.  U  maktabga 

borgach bu borada puxta bilimlar ola boshlaydi.  

Ibn  Sino  bu  haqida: “Ehtiyojga  yaroqli  narsalarga  tejamkorlik  bilan 

munosabatda  bo’lishi  lozim.  Ota  ona  uvol  qilish  gunohligini  farzandiga 

yoshligidan  nasihat  yo’li  bilan  o’rgatadi.  Ibn  Sino  iqtisodiy  tarbiya  avvalo 

mehnatdan,  hunar  o’rganishdan  boshlanishini  ta’minlaydi,  chunki  hunar  egallash 

yoshlarni  mustaqillik  o’rgatadi.  Bu  jarayonda  bola  hisob  kitob  qilishni  ham 

o’rganadi. Ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo’ladi. O’g’il va 



 

42 


qiz  bolalar  uchun  uy  ro’zg’or  yumushlarini  bajarishini  o’zi  ham  tejamkorlik 

tarbiyasining asosidir.  

Iqtisodiy  tarbiyani  amalga  oshirishda  mehnat  tarbiyasining  roli  katta,  bundan 

tashqari yuqori sinflarda iqtisodiy bilim asoslari darslari ham o’tiladi.  

Darsdan  tashqari  ishlarda  ham  iqtisodiy  tarbiya  maqsadlari  amalga  oshiriladi. 

Iqtisodiy tarbiya usullari xilma hildir.  

Suhbat,  ma’ruza,  amaliy  mashg’ulotlar,  sanoat  shaxobchalariga  sayoxat, 

solishtirish, hisob kitob qilish. 

Xalq  ta’limi  tizimida  o’qitish  uqushlarni  ahloqiy  mukammallashtirish  bilan 

bog’lab olib boriladi.  

Ularda  ong  bilan  xulq  birligi  tarbiyalanadi.  Axloqiy  munosabatlar  dastavval 

oilada shakllanadi. Bu haqida A.Avloniy shunday deydi:  

“Tarbiyani  tug’ilgan  kundan  boshlamak,  vujudimizni  quvvatlantirmak, 

fikrimizni nurlantirmak, ahloqimizni go’zallantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak 

lozim.  

Tarbiyani kimdir qilur, qayd qilinur, bu savolga birinchi uy tarbiyasi deb javob 

bermoq lozim”.  

Maktabda  bolalarni  axloqiy  tarbiyalash,  dars  jarayoni,  sinfdan  va  maktabdan 

tashqari  turli  tarbiyaviy  ishlarda  olib  boriladi.  Bolalar  odob  va  odobsizlik  haqida 

tushunchaga oladi, ular ahloqiy tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotlar, hayot, 

kinofilm,  spektallar  orqali  anglaydilar.  O’quvchilar  axloqiy  ruhda  tarbiyalash, 

ularning  xarakter  xususiyatlarni,  fazilatlari  tarkib  toptiradi,  ularni  maqsadga 

intiluvchanlik, o’qish va ishda matonatlilik, qat’iyat, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, 

qiyinchiliklardan  qo’rqmaslikka  o’rgatadi.  Maktabda  axloqiy  tarbiya  berish 

usullari xilma-xil: 

1.  Axloqiy  tarbiya  o’qitish  jarayoni  bilan  qo’shib  olib  boriladi.  Buyuk  nemis 

pedagogi A.V.Distervers aytganidek “Yaxshi o’qita olgan o’qituvchi yaxshi 

tarbiyalaydi ham”.  

2.  Axloqiy  tarbiyaning  muvaffaqiyat  o’qituvchilar  jamoasining  saviyasiga 

axlligi va inoqligiga bog’liq.  




 

43 


3.  Tarbiyaviy  ishlarni  rejali  bo’lishi  va  hamjihatlik  bilan  amalga  oshirilishiga 

bog’liq.  

4.  Maktabdagi emosional sharoitga bog’liq. (mustaqillik, Navro’z bayramlari).  

5.  Maktabda umumiy va yagona tartib qoidaga rioya qilish.  

6.  Axloqiy  tarbiyani  dunyoqarashni  shakllantirish,  tushuntirish,  uqtirish, 

suhbat,  munozara,  leksiya  rag’batlanish,  jazolash  usullarida  o’rinli 

foydalanish.  

7.  Axloqiy odatni shakllantirishda mashq, bolalarni turli faoliyatini uyushtirish.  

8.  Tarbiyaviy soatlar. Odobnoma darslari saviyasini oshirish.  

9.  Mehnat ilg’orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat va urush faxriylari, ko’p bolali 

oilalar,  imonli  qariyalar,  xojilar  bilan  o’quvchilar  uchrashuvlarini 

uyushtirish.  

10. Maktabda  turli  tuman  tadbirlar  arabiy,  kechalar,  bayram,  olimpiada, 

musobaqalar 

o’tkazish, 

kino, 


teatr, 

televideniye 

ko’rsatuvlaridan 

foydalanish: masalan: (Otalar so’zi, aqlning ko’zi, ming bir rivoyat).  

11. Dars  jarayonida  sinfdan  tashqari  va  maktabdan  tashqari  mashg’ulotlarda 

sharq qadriyatlari va milliy an’analar aks etgan asarlarni o’qib o’rganish.  

Bu usullar axloqiy tarbiya negizini tashkil etadi.  

Xullas tarbyailanganlik–milliy urf odatlarimiz mezoniga kirmagan o’zgalarning 

nafratini ko’zg’atadigan hatti xarakatlarda o’zini tiya bilishdir.  

Bunday axloqiy sifatlarning mavjudligi axloqiy tarbiyaning o’lchovidir.  

Vatanparvarlik–millat  g’ururi,  fidoiylik,  o’z  xalqi  tarixi  va  madaniyati  bilan 

faxrlanish insonga hurmat  ehtirom,  inson  ma’naviyatiga  borib  taqaladi. Yoshlarni 

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatimizning hurmat qilishdan 

o’zligimizni kimligimizni anglashdan boshlanadi, zero axloqiy tarbiyaning asosini 

ham ana shular tashkil etadi. 

Mamlakatimizda juda katta ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berganligi yangi 

jamiyat  barpo  etilganligi  natijasida  qonunchilik  va  huquq  tartibotni  yanada 

mustahkamlash  fuqarolarning  huquqlarini  va  qonuniy  manfaatlarini,  kuchaytirish 

va  ularning  huquqiy  ongini  kengaytirish,  tarbiyalash  muhim  ahamiyat  kasb 



 

44 


etmoqda.  Buning  uchun  ishni  maktabdan  o’quvchilarga  huquqi  tarbiya  berishdan 

boshlamoq  lozim.  Hozirgi  kunda  maktab  o’quv  dasturlarida  jamiyatshunoslik, 

tarix,  davlat  va  huquq  asoslari,  geografiya,  ma’naviyat  asoslari,  Vatan  tuyg’usi 

kiritilganki, bular o’quvchilarga huquqiy tarbiya berishda asosiy rol o’ynaydi.  

Huquqiy  tarbiya  darsda  va  sinfdan  tashqari  ishlar  jarayonida  davlat  ramzlarini 

o’rgatishdan  boshlanadi.  Chunki  davlat  ramzidan  pedagogik  maqsadlarda 

foydalanish  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  ularning  ahamiyatini  o’quvchilarga 

tushuntirish ularning xulq atvoriga chuqur ta’sir etadi.  

Har  bir  o’smir  O’zbekiston  Respublikasining  Qomusini  bilishi,  unga  amal 

qilishi  kerak.  O’quvchilarda  O’zbekiston  Respublikasi  madhiyasi,  gerbi, 

bayrog’iga  nisbatan  chuqur  hurmat  ehtirom  tuyg’ularini  tarbiyalamoq  kerak. 

Davlat  ramzlari  o’zining  mohiyati  jihatidan  huquq  bilan  bog’liq  bo’lib, 

mamlakatimizdagi barcha millat va elatlar birligi, qardoshlig’i ramzidir. 

O’zbekiston  fuqarosi  o’z  Vatanini  sevishi,  unga  cheksiz  sadoqatli  bo’lishi, 

O’zbekiston  Respublikasining  Qonuni  va  qoidalarini,  ramzlarini  yaxshi  bilishi, 

ularga  chuqur  hurmat  bilan  munosabatda  bo’lishi  shart.  Bunday  his  tuyg’ularni 

tarbiyalash o’qituvchining muqaddas burchidir.  

Estetik  tarbiya–o’quvchilarda  estetik  bilim  ko’nikma  va  malakalarni 

shakllantirishni  hamda,  estetik  his-tuyg’u,  qiziqish,  ehtiyoj,  baho  berish  kabi 

xislatlarni tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi. O’quvchilarda go’zallik haqidagi 

bilimlar  hayot  voqyeligi,  buyumlar,  ularning  rang-barangligi,  turlarini,  hamda 

san’at  asarlarini  estetik  o’zlashtirishi  jaranida  tarkib  topadi.  O’quvchilar  tevarak 

atrof,  hayot,  tabiat  manzaralari  va  har  xil  janrdagi  san’at  asarlari:  grafika,  rang 

tasvir,  xaykaltaroshlik,  amaliy  san’at,  adabiyot,  musiqa  asarlari  bilan  tanishib 

boradilar va shu barobarida bilimlarni o’zlashtirib oladilar.  

O’quvchilar  go’zallik  va  hunuklik,  ko’tarinkilik  va  tubanlik,  fojealilik  va 

kulgilikning  asosiy  mezonlarini  anglab  yetishlari,  estetik  masaladan  va 

ko’nikmalardan hayotda foydalana olishga o’rganishlari lozim.  

Estetik tarbiya vositalari.  



 

45 


1. 

Oila  go’zallikning  birinchi  maktabidir.  Oila  a’zolarini  o’zaro 

munosabati,  uyg’unligi  tozaligi,  saranjomligi  go’zallik  tarbiyasining 

vositasidir.  

2. 

Estetik tarbiya vositalardan biri tabiatdir.  



3. 

San’at turlari: (hamma san’at turlari kiradi).  

Estetik tarbiya jarayonida o’quvchilarda estetik did paydo bo’ladi.  

Estetik  did–atrofidagi  voqyea  hodisalar,  kishilar,  narsa  buyumlarga 

munosabatini paydo bo’lishidir.  

Estetik  tarbiyada  maqsad  ham  o’z  munosabati,  fikriga  didiga  ega  bo’lish, 

atrofdagi  voqyea  hodisalarga,  kishilarga  baho  bera  olish,  go’zallikdan  zavqlana 

olish, go’zallik yaratishga intilish tuyg’usini tarbiyalashdan iboratdir.  

Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarning 

sog’lom  o’sishini  ta’minlash,  ularni  aqliy  va  jismoniy  mehnatga,  Vatan 

mudofaasiga tarbiyalashdir. Bu haqida A.Avloniy shunday deydi: “Badan salomat 

va  quvvatli  bo’lmog’i  insonga  eng  kerakli  narsadir,  chunki  o’qimoq,  o’qitmoq, 

o’rganmoq  va  o’rgatmoq  uchun  insonga  kuchli  kasalsiz  vujud  lozimdir.  Sog’ 

badanga  ega  bo’lmasa  insonlar  amallarida,  ishlarida  kamchilikka  yo’l  quyurlar. 

Badan  tarbiyasining  fikr  tarbiyasiga  ham  yordam  bordur.  Jism  ila  ruh  ikkisi  bir 

choponning  o’ng  ila  tersi  kabidir.  Agar  jism  tozalik  ila  ziynatlanmasa,  yomon 

xulqlardan  saqlanmasa,  choponning  ustini  qo’yib  astarini  yuvib  ovora  bo’lmoq 

kabidir-ki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradir.  

Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom bir vujud kerakdir. Ko’rinib turibdiki, 

insonni  aqliy  axloqiy  va  jismoniy  kamoloti  barcha  davrlarda  ulug’langan 

qadrlangan.  

Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib salomatligini mustahkamlaydi, 

ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi.  

Yosh  avlodning  jismoniy  barkamolligini  ta’minlash,  davlat  ahamiyatiga  ega 

bo’lgan ishdir, shuning uchun jismoniy tarbiyaga e’tibor g’amhurlik kun sayi ortib 

bormoqda.  




 

46 


  Bu o’tish jarayonida talabalarga nafosat, estetik, go’zallik hafida uning o’ziga 

xos  jixatlari  haqida  ma’lumot  beribgina  qolmasdan  hayotiy,  ta’sir  kuchiga,  ega 

bo’lgan  misollar  bilan  mavzu  boyitiladi.  Unda  biz  talabalarga  o’zbekona  ibo, 

matonat,  pedagogik  jasurlik,  tantilik  aks  etgan  milliy  qonunlardan  lavhalar 

ko’rsatib, nafaqat tarbiyachiga ta’luqli bo’lgan bilimlar boyitiladi. 

Bundan  ko’zlangan  maqsad  shundan  iboratki,  bo’lajak  boshlang’ich  sinf 

o’qituvchilarini har tomonlama puxta yetuk shaxs qilib tarbiyalashdir. Talabalar 4-

kursga  o’tganlarida  pedagogik  amalyotdan  oldin  ularga  “Boshlang’ich  ta’limda 

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar”  degan  fan  o’tiladi.  Unda  quyidagi  ishchi 

dastur asosida dars o’tiladi. 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish