JPEG stegonografiyasi. Odatda stegonografiyada JPEG fayllardan yo‘qotish orqali siqishi sababli foydalanilmaydi. Stegonografiyaning muhim bir xususiyatlaridan biri shuki xabarni kontentning muhim sanalmagan bitlari o‘rniga qo‘yishdir. JPEG formatdan foydalanilganda aynan shu muhim sanalmagan bitlar o‘zgarishi natijasida, xabar buzulishi mumkin. Shunga qaramasdan siqish algoritmlarining xususiyatlaridan foydalanib, JPEG uchun ham stegonografik algoritm ishlab chiqish mumkin [5].
JPEG formatining asosiy xususiyatidan biri bu - siqish natijasidagi o‘zgarishni inson ko‘zi orqali aniqlash imkoni yo‘qligidir. DCT foydalanib siqishda, koifisiyentlardani o‘zgarishga katta ahamiyat qaratilmaydi. Ushbu xususiyat algoritmni yo‘qolish bilan siqishini ta’minlab qolmasdan, balki ma’lumotlarni yashirish uchun foydalanilishi mumkin.
JPEG forati odatda yo‘qotilish bilan siqish usuli sifatida qaralsada, unda yo‘qotilish bilan va yo‘qotilishsiz amalga oshirish bosqichlari mavjud. DCT va kvantizasiya jarayonlari yo‘qotilishli bosqichlar sanalsa, Xaffam usulida kodlash esa yo‘qotilishsiz bosqichdir. Stegonografiya ushbu bosqichlarning o‘rtasida joylashishi lozim. Ya’ni, LSB usulida ma’lumotlarni yashirish Xaffman kodlashidan oldin amalga oshiriladi. Bu usul orqali ma’lumotni yashirganda, uni aniqlash jarayoni juda qiyin bo‘ladi va inson ko‘zi orqali aniqlash mumkin bo‘lmaydi.
Bundan tashqari rasm stegonografiyasida yuqoridagi ikkita usulning kombinasion tarzda foydalanishga asoslangan usullar ham mavjud.
Patchwork. Yuqoridagi usullarning kombinasyasi asosida ishlab siqilgan usullardan biridir. Patchwork statistik texnologiya sanalib, rasmda xabarni biriktirish uchun qoldiq xabarni kodlashdan foydalaniladi. Algoritm yashirinuvchi xabarga qoldiq xabar qo‘shadi va uni rasm bo‘ylab yoyadi. Psevdotasodifiy sonlar generatori rasmdan ikkita tasodifik qismni, A va B qismlarni topishda foydalaniladi. A qismdagi barcha piksellar yoritiladi va B tomon qorong‘ulashtiriladi. Boshqa so‘z bilan aytilganda, birinchi qism biror qiymatda yoritilsa, ikkinchi qism aynan shu qiymatda qorong‘ulashtiriladi. Bu qarama-qarshilik orqali bir bit ma’lumotni kodlash mumkin bo‘lib, rasmning qolgan qismi o‘zgarmas qoladi [5].
Bu usulning kamchiligi esa faqat bir bitni yashirishidir. Birdan ko‘p bitlarni yashirish uchun, rasmlarni ko‘plab qism rasmlarda ajratish va ularning har birida bir bitdan ma’lumotlarni yashiriladi. Bu usulning afzalligi esa, maxfiy xabarni butun kontent (rasm) bo‘ylab teng yoyilishidir. Shuning uchun, rasmning bir qismdagi o‘zgarish boshqa qismlariga ta’sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |