Quick Stego dasturi. Amalda ma’lumotlarni yashirish usullari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar juda ham keng tarqalgan bo‘lib, ulardan biri bu - Quick Stego dasturidir. Bu dastur ochiq dasturdar turiga kirib, undan ixtiyoriy odam foydalanishi mumkin [9].
Ushbu dasturiy vosita asosida yashirinilgan ma’lumot kontentning tashqi ko‘rinishida umuman ta’sir etmaydi. Uning o‘zgarishi baytlarda va uning xesh qiymalarida bilinishi mumkin.
Ushbu labaratoriya ishida Quick Stego dasturidan foydalanilgan holda rasm ma’lumotlari ichida matn ma’lumotlarini yashirish va ularning o‘zgarishini bayt va xesh qiymat hollarida ko‘rishdan iborat.
Ma’lumot o‘zgarishini xesh qiymatini hisoblashda MD5 xesh qiymatidan foydalaniladi.
Quick Stego dasturini o‘rnatish. Dasturning .exe holatidagi fayli QS12Setup nomida bo‘lib, o‘rnatish soddalik bilan amalga oshiriladi. Dasturning umumiy oynasi quyidagicha [9]:
13 – rasm. Quick Stego dasturining umumiy ko‘rinishi
Dasturdagi tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Open Image. Bu tugmani bosish orqali kontent rasm yoki belgi mavjud kontent tanlanadi.
Save Image. Bu tugmani bosish orqali kontentga matn biriktirilgandan so‘ng qayta saqlanadi.
Hide Text. Bu tugmani bosgandan so‘ng kiritilgan matn kontentga biriktiriladi.
Get Text. Bu tugmani bosgandan so‘ng kontentga yashirinilgan matn ajratiladi.
Copy. Bu tugmani bosgandan so‘ng belgilangan matndan nusxa olinadi.
Clear. Bu tugmani bosish orqali matn maydoni tozalaniladi.
Paste. Bu tugmani bosgandan so‘ng xotiraga olingan matn maydonga qo‘yiladi.
Open Text. Kontentga biriktiraladigan matni fayldan turib ochish.
Save Text. Matn maydoniga kiritilgan matnni saqlash.
Upgrade. Dasturni yangilash.
Exit. Dasturdan chiqish.
Dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha. Ushbu dasturda matnni yashirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Open Image tugmasini bosib kerakli kontentni tanlang.
Yashirinilishi kerak bo‘lgan matnni kerakli maydonga kiriting.
Hide Text tugmasini bosish orqali matnni kontentga yashiring.
Save Image tugmasini bosish orqali matn biriktirilgan kontentni saqlang.
Yashirinilgan matnni aniqlash.
Open Image tugmasini bosib belgi yashirinilgan kontentni tanlang.
Get Text tugmasini bosish orqali yashirinilgan matnni aniqlang.
Berilgan “horse.jpg” kontentiga “Bu troya oti” degan ma’lumotni yashiring. Ma’lumot yashirinilgan kontentni “horse_copy.jpg” nomi bilan saqlang.
Kontent va belgi yashirinilgan kontentni farqni hisoblash. Yuqoridagi bosqichda olingan ikkita rasmni va “md5sums.exe” faylni S: diskda “lab8” nomli katalog hosil qilib, uni ichiga saqlang. Quyidagi oynada kiritilgan ketma-ketlikdagi buyruqlarni kiriting.
14 – rasmda ko‘rsatilganidek, ikki kontentni bayt ko‘rinishda va xesh qiymat ko‘rinishdagi qiymatlari bir-biridan farq qilishigi ishonch hosil qiling.