Yangi boshlang’ich (start-up) bizneslar duch keladigan muammolar
Agar tadbirkor yuqorida sanab o'tilgan barcha fazilatlarga ega bo'lsa ham, yangi biznesda muvaffaqiyat
hech qachon kafolatlanmaydi. Ko'p korxonalar faoliyatining birinchi yilida muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi. Buning eng keng tarqalgan sabablari quyida muhokama qilinadi.
Raqobat
Agar biznes g'oyasi noyob bo'lmasa, bu deyarli har doim yangi korxonalar uchun muammo. Umuman
olganda, yangi tashkil etilgan biznes ko'proq resurslarga ega va bozor bilimiga ega bo'lgan, mavjud
korxonalarning raqobatini boshdan kechiradi. Tadbirkor katta korxonalarning harajatlar va narx
afzalliklarini bartaraf etish uchun mijozlarga yaxshiroq xizmat ko'rsatishni taklif qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |