1. Бизнес режаларнинг аҳамияти ва зарурияти. Корхонани ривожланиш йўналишини танлаш



Download 42,71 Kb.
bet4/4
Sana24.02.2022
Hajmi42,71 Kb.
#227840
1   2   3   4
Bog'liq
ОЛИМОВ ХАКИМБЕК ОРАЛИК НАЗОРАТ..

3. Товарнинг ҳаётийлик даври
Маълумки, ҳар бир товар ўзининг ҳаётийлик даврига эга бўлиб, тўрт босқичдан иборат:

  • товарнинг бозорга киритилиши;

  • ўсиш;

  • етуклик;

Турли хил товарларга нисбатан ҳаётийлик даври узоқ муддатли, оддий ва қисқа муддатли бўлиши мумкин. Тадбиркор учун у ишлаб чиқаришни мўлжаллаётган товарнинг ҳаётийлик даври ҳақида ишончли маълумотларни олиш муҳим аҳамият касб этади. Бунинг аҳамияти, айниқса, бозорда ўхшаш ёки худди шундай товарлар мавжуд бўлган ҳолларда ортади. Акс ҳолда тадбиркор ишлаб чиққан товарни бозорга киритиш ўрнини босувчи товарнинг қариш босқичига тўғри келиши мумкин. бунда бозорга яна таклиф қилинган товар сотилмайди ва уни ишлаб чиқаришни дарҳол тўхтатишга тўғри келади.
Албатта, ҳаётийлик даврининг босқичини аниқлаш жуда қийин, чунки товарнинг ҳаётийлик даврини у тугаган тақдирдагина аниқ билиш мумкин бўлади. Шу сабабли ҳаётийлик даври тугагандан сўнг мазкур товар қайси пайт қайси босқичда бўлганлигини айтиб бера олсак, «ҳаёт» даврида барча ҳисоб-китоблар тахминий характерга эга бўлади.
Фирмалар товар ҳақиқатда ўсиш босқичида турган бир пайтда у етуклик босқичга кирди деб, унга эътиборни сусайтирган ҳамда қўшимча фойда олиш имкониятидан маҳрум бўлган ҳоллар кўп кузатилган. Кўпинча бунинг акси ҳам бўлиб туради. Товар ўсиш босқичида деб ҳисоблаган фирма уни ўзлаштиришга киришади. Текшириб кўрилганда эса, товарнинг етуклик босқичидан ўтганлиги маълум бўлиб, фирманинг омборларида сотилмай қолган маҳсулотлар тўпланиб қолади. Айнан шу сабабли «иккинчи тўлқин»даги ишлаб чиқарувчилар улар ишлаб чиқаришни млжаллаб турган товарнинг ҳаётийлик даври босқичини тўғри топа олишлари лозим бўлади. Бу янги товарларни ишлаб чиқиш стратегиясини тўғри танлашга имкон беради.
Шундай қилиб, янги товарларни ишлаб чиқишда ишлаб чиқилаётган товар ва бошқа фирмаларнинг ўхшаш товарларининг ҳаётийлик даври босқичларини солиштирш муҳим аҳамият касб этади. Муваффақиятли ривожланиш учун ҳар бир корхона ўсиш босқичидаги рақобатбардош товарларга эҳтиёж сезади.
Товар ўсиш босқичида бўлган ва тез сотилаётган пайтда фирма барча ҳатти-ҳаракатларини уни сотишга қаратади ва кўп ҳолларда келгуси авлод товарларини ишлаб чиқиш имкониятиг аэга бўлмайди. Бироқ, ўсиш сурати пасайишни бошлаган пайтда бу ҳақда ўйлаш кеч бўлади.
Фирма ишлаб чиқараётган товар етуклик босқичга яқинлашган пайтда бу товар қариш босқичига кириши билан янги товарлар кириб келиши учун келгуси авлод товарларини ишлаб чиқишга киришиш лозим.
Юқорида айтиб ўтилганларни ҳисобга олгач, ишлаб чиқилаётган товарларнинг ҳаётийлик даврини комплексли ўрганишнинг муҳимлиги тушунарли бўлади. Бундай ўрганиш бошқа фирмаларнинг ўхшаш товарлари билан биргаликда фирманинг ўз товарлари ҳаётийлик босқичини таҳлил қилишни талаб қилади.
Албатта, тақчиллик шароитларида кўплаб тадбиркорлар асосий эътиборни товарнинг ҳаётийлик даврини ўрганишга эмас, балки умуман бошқа, товарни ишлаб чиқариш ва бозорга етказиш билан боғлиқ муаммоларни ҳал қилишларига тўғри келмоқда. Бироқ товарнинг ҳаётийлик даврини таҳлил қилиш заруратига эътибор қаратмаслик ҳам кўп ҳолларда ишлаб чиқариш самарадорлигининг энг юқори бўлишига эришига имкон бермайди. Энг урфга кирган товарларни ишлаб чиқариш билан шуғулланувчи бир қатор тадбиркорларнинг эса товарнинг ҳаётийлик даври муаммоларига мурожаат этиши шубҳасиз. Бундан ташқари, бозорга мурожаат қилишга кўпинча янги товарни ишлаб чиқиш ёки чиқарилаётган товарнинг ҳаётийлик даврига ўзгартириш киритиш зарурати мажбур қилади. бозор ҳақида, унда рўй бераётган жараёнлар ҳақидаги ахборотни маркетинг тадқиқотлари беради.


  1. Бизнес- режани ресурслар билан таъминланганлиги.

Ma'lumki, biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasini amalga oshirish, birinchi navbatda, nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. Mazkur ishlab chiqarish strategiyasi, tabiiyki, biznes-rejani tuzish bosqichidayoq resurslar ta'minoti bilan mustahkamlanishi lozim.


Resurslar bilan ta'minlanganlik – biznesning asosiy qoidalaridan biri bo'lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat'i nazar majburiy hisoblanadi. Moddiy, mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish jarayonining imkoni yo'qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli yangi yoki joriy ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifasi hal qilinayotganda har safar resurslar bilan ta'minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To'g'ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko'p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog'liq bo'ladi.
Аytish kerakki, o'tmishda, iqtisodiyotda davlat mulki asosiy o'rinni egallagan, korxonalarni zarur moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta'minlash davlatning vazifasi bo'lgan paytlarda bu masalar korxonalarning «boshini og'ritmas» edi. Korxona davlatga qarashli bo'lganligi sababli davlatning o'zi uning iqtisodiy barqarorligi, jumladan, uning resurslar bilan ta'minlanganligi uchun javobgar bo'lgan.
Bugungi kunda iqtisodiyotda vaziyat umuman o'zgacha. Iqtisodiyotning asosini mulkchilikning turli shakllari tashkil etadi. Davlat iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini, qonunda ko'rsatilgan hollardan tashqari korxonalarning ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlaydi, mulkchilikning barcha shakllari tengligi va huquqiy himoya qilinishini ta'minlaydi. Korxona unga tegishli bo'lgan mulkni o'z hohishiga ko'ra boshqaradi. Shu bilan bir paytda u ishlab chiqarishni zarur resurslar bilan ta'minlash masalalarini mavjud qonun-qoidalarni buzmasdan, aylanma vositalarni tovar-moddiy qadriyatlarga aylantirib qo'ymasdan hal qilishi lozim bo'ladi.
Shuni qayd etib o'tish joizki, biznes-reja tuzish bo'yicha, ayniqsa, xorijiy tavsiyalarda ishlab chiqarish rejasi, menejment, moliyaviy va boshqa masalalarni hal qilishda bo'lgani kabi resurslar ta'minotiga bag'ishlangan maxsus bo'lim yo'q. Biroq biznes-reja korxonaning asosiy qonuni ekanligi har damda eslatib turiladi. Haqiqatdan ham, g'arb mamlakatlari jamiyatda tadbirkorlik ruhini uyg'otish, o'z fuqarolarida ishbilarmon va tadbirkorlarni ko'rishdan tashqari ularni bu ishga o'rgatadi ham.
Xorijda va mamlaktaimizda to'plangan tajribalarning ko'rsatishicha, har qanday ish, har qanday ishlab chiqarish moddiy, material va boshqa resurslar yetarli bo'lgan hollardagina rivojlanishi va kutilayotgan natijalarni berishi mumkin. shuning uchun ham resurslar, ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida ishlab chiqarish sur'atining bir xilligini ta'minlash uchun sifat va miqdor jihatidan yetarli bo'lishi kerak. Bunda zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bu korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va ularning xo'jalik aylanmasida ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi.
Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to'liq ta'minlanganligi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy resurslarni tejash bilan bog'liq bo'lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning resurslar ta'minoti sohasidagi siyosatiga resurslarni tejash siyosati hamkorlik qilishi lozim bo'lib, bu bozor munosabatlaridan tashqari ayrim resurs turlarining taqchilligi va to'liq emasligi bilan ham asoslanadi.
Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo'nalishlari sifatida amaliyotda quyidagilardan foydalanish mumkin:
• yo'qotish va chiqitlarni kamaytirish;
• brakni yo'qotish;
• xom-ashyo va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish;
• yangi texnologiyalarni joriy qilish;
• o'rnini bosuvchi moddalarni qo'llash, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va hokazo.
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investitsiyalar ham muhim ahamiyat kasb etdai. Investitsiyalar yangi korxona yaratish uchun ham, mavjud korxonani rivojlantirish uchun ham kerak bo'ladi. Bugungi sharoitlarda chet el investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati katta bo'lib, ular respublikaning asosiy kapitaliga, jumladan, korxonalarga kiritiluvchi mablag'lar miqdorini oshirish bilan birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot turlarini chiqarish va ularni jahon standartlari talablariga yetkazishga imkon beradi.
Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta'minlash oddiy va bir zumda yechiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish dasturi va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim. Korxona xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda yetakchi rollardan birini o'ynaydi. Resurslar bilan ta'minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo'limi bo'lib, iqtisodiy, texnik, tashkilotchilik va boshqa bilimlarni talab qiladi.
Download 42,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish