Aqliy hujum. Aqliy hujum — bu muammolarni ijodiy yechish hamda yangi g‘oyalarni yaratish usuli. Aqliy hujumning maqsadi imkoni boricha eng ko‘p g‘oyalarni taklif etishdan iborat.
Aqliy hujum, odatda, muammo yoki masalani qo‘yishdan boshlanadi. Misol uchun siz quyidagi savolni qo‘yishingiz mumkin: «Hozirgi paytda bozorda mavjud bo‘lmagan qaysi mahsulot yoki xizmatlar hozir uy- ro‘zg‘orimizga zarur?» Har bir g‘oya qo‘shimcha bir yoki bir necha g‘oyalarni olib keladi va buning natijasida ko‘pgina yangi g‘oyalar beradi.
Bu usulni qo‘llaganda, siz to‘rt qoidaga rioya etilishini ta’min- lashingiz lozim:
boshqalarning g‘oyalarini tanqid qilmang va ular haqida o‘z
xulosangizni chiqarmang;
erkin g‘oyalar oqimiga ko‘maklashing, dastlab g‘ayrioddiy va aqlga sig‘maydigan, deb tuyiladigan g‘oyalar olqishlanadi;
g‘oyalarnig ko‘pligi istalgan natijadir: g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha yaxshi;
boshqa qatnashchilar g‘oyalarini yaxshilash va ularni kombinatsiya
qilish yo‘li bilan yangi g‘oyalarni taklif eting.
Тadbirkorlik g‘oyalarining tug‘ilishiga yuqoridagi sabablar bilan bir qatorda, avvalo, tadbirkorning o‘zi ham bilimli, o‘z faoliyat doirasini, atrof-muhitni, shart-sharoitlarni yaxshi biladigan va tahlil qila olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozimdir. Chunki g‘oya bo‘lgani bilan uni bir me’yorga keltirish va amalga oshirish ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishidir. Тalabalar orasida o‘qiganini tushuntirib bera olmaydigan, o‘qishga ko‘ngli yo‘q, yaxshi nutqi bor bo‘lsa-da, jamoat ichida gapira olmaydigan, tushunmasa-da, eslab qolish qobiliyati kuchlilari uchrab turganidek, tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirishda ham shunaqa muammolarga duch kelinishi mumkin. Bu muammolar hal qilinadigan muammolar qatoriga kiradi. Chunki turli mavzuga oid ko‘p kitoblarni o‘qish insonni fikrlash doirasini kengaytirish bilan bir qatorda, uning ijodkorlik ruhiyatini ham oshiradi.
Ijodkorlik. Ijodkor shaxs bo‘lish uchun, siz o‘z aql-idrokingiz va
ko‘zlaringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz lozim.
Ijodkorlik nima?
Ijodkorlik deganda, konstruksiyani ishlash, yangi shakl berish, yasash yoki boshqa biror ishni noan’anaviy, ma’lum bo‘lgan usullardan farq qiladigan usulda amalga oshirish qobiliyati tushuniladi.
Ehtiyojlar (muammolar)ni ijodkorlik bilan qondirish (yechish) va bu yechimlar natijalarini samarali marketingini ta’minlash qobiliyati ko‘pincha muvaffaqiyatli va omadsiz tadbirkorlik farqini tashkil etadi. Тez o‘sayotgan va rivojlanayotgan kompaniyalar oddiy o‘rtahol firmalardan, shunday qobiliyati borligi bilan farq qiladi. Amaldagi muvaffaqiyatli tadbirkor yangi mahsulot va xizmatlarni tanlash, ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini aniqlashga ijodkorlik bilan yondashadi.
Ijodkor shaxs bo‘lish uchun, siz o‘z aql-idrokingiz va ko‘zlaringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz, g‘oyalar manbalari bilan quyida bayon etilgandek, loyiq usullardan foydalanib, ishlashingiz lozim. Undan keyin, barcha g‘oyalar, qanchalik ular mantiqsiz yoki aqlga sig‘maydigan tuyilmasin, yozib borilishi lozim.
Nima uchun siz tadbirkorlik g‘oyalarini o‘ylab topishingiz kerak?
Ishlayotgan tadbirkorlar yoki kelajakda tadbirkor bo‘lishi mumkin bo‘lganlar tadbirkorlik g‘oyalarini o‘ylab topishi kerakligiga ko‘pgina sabablar mavjud. Mana bu sabablarning ayrimlari:
Тadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sizga yaxshi g‘oya kerak. Yuqorida aytilganidek (bu mavzuni muhimligi va zarurligi asoslangan joyda), yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi muvaffaqiyatli korxonani tashkil etish uchun hamda keyinchalik uning raqobatbardoshligini saqlab turish uchun ancha muhimdir.
Bozor ehtiyojlariga javob berish zarurligi. Bozorlar asosan, o‘z qondirilishini kutayotgan ma’lum ehtiyojlar va xohishlarga ega bo‘lgan
iste’molchilardan iborat. Ehtiyojlar va xohishlarni qondirish qobiliyatiga
ega bo‘lgan odamlar yoki firmalar tegishli mukofot olishadi.
Тovar stilini va unga nisbatan talablarni o‘zgartirish zarurati tadbirkorlarga yangi paydo bo‘layotgan talabga — yangi g‘oyalar taqdim etish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish bilan javob qaytarish imkonini beradi.
Raqobatbardosh bo‘lib qolish zarurati. Unutmang, agarda siz yangi g‘oyalar yaratish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish haqida vaqtida g‘amxo‘rlik qilmasangiz, bu ishni raqobatchingiz qiladi. Boshqalardan farq qilish yoki boshqalardan yaxshiroq bo‘lish — siz uchun asosiy masala.
Тovarni yaxshiroq qilish uchun texnologiyani rivojlantirish zarurati. Тez sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar firmalarga doimiy asosda yangiliklarni tatbiq qilishni taqozo etayotgan hozirgi zamon bozorlarida, texnologiya raqobatbardoshlikni ta’minlashning eng muhim vositasi bo‘lib qoldi. Dunyoda, jumladan, elektronika va murakkab maishiy texnika sohasida ishlayotgan, har oyda o‘nlab yangi mahsulotlarni bozorga chiqarayotgan bir nechta kompaniyalar mavjud. Zamonaviy global bozorlarda faoliyat yuritayotgan shu va ko‘pgina boshqa kompaniyalar uchun tadbirkorlik g‘oyalarini yaratish — juda muhim omildir.
Chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish zarurati. Barcha mahsulotlarning xizmat qilish muddati cheklangan. Mahsulotning hayotiy aylanishi diagrammasida ko‘rsatilganidek, hattoki, yangi mahsulotlar ham qachondir eskiradi va zamonaviy bo‘lmay qoladi. Shunday ekan, yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirish zarurati yaqqol ko‘rinadi. Korxonaning rivojlanishi va o‘sishi uning bozorga yangi mahsulotni taqdim etish va uning ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga erishish qobiliyatiga bog‘liqdir.
Тavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish zarurati. Bozorga chiqarilayotgan yangi mahsulotlarning 80 % dan ortig‘i raqobatbardosh bo‘lmay qolishi (omadsizlikka uchrashi), mahsulotning hayotiy aylanishi konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun korxonalar o‘z tavakkalchiliklarini taqsimlashga harakat qilishlari va doimo yangi g‘oyalar o‘ylab topish yo‘li bilan, vaqt-vaqti bilan uchrab turishi mumkin bo‘lgan omadsizlik natijalarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari lozim.
Raqobatda yengib chiqishning muhim omili bo‘lib, tadbirkorning ijodiy salohiyati hisoblanadi. Jahon iqtisodiyoti shiddatli sur’atlarda o‘sib borayotgan bir vaqtda, iste’molchilarning talabi, didi, dunyoqarashlari ham o‘sib bormoqda. Bu holat tadbirkordan mavjud muhitga juda tez moslashish imkoniyatiga ega bo‘lishini talab etadi.
Mavjud muhitga o‘z vaqtida moslashib, barqarorligini ta’minlash esa har doim ham amalga oshmaydi. Bu tadbirkordan bozor marketingini chuqur bilish va talabga mos ravishda raqobatchilardan farqli ravishda o‘z mahsulot va xizmatlarini taklif etilishi talab etiladi.
Тaklif shunchaki, ulardan raqobatchilarga nisbatan arzon yoki sifatli emas, balki yangilikka moyil, zamonaviy ko‘rinishga ega, ixcham, yuqori didli va noan’anaviyligi yanada ma’qullanadi. Buning uchun tadbirkordan haqiqiy ijodkorlik qobiliyati talab etiladi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda korxona boshqaruvchilari o‘z atrofiga imkon qadar, turli toifadagi ijodkor yoshlarni, turli millat va kasb vakillarini jalb qilishga harakat qilish bilan birga, bozorni tadqiq etishga jiddiy e’tibor qaratadi. Bu xatti-harakatlar natijasida, ya’ni marketing tadqiqotlari yangi talabni aniqlash imkonini bersa, bu unga mos ravishda javob berish uchun yangicha uslubdagi taklif bilan chiqish imkoniyatini yaratadi.
Misol tariqasida, hozirda keng ommaviy bo‘lgan uyali aloqa telefonlarini olib qarasak, bir qator hodisalarni kuzatamiz. Nokia kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan telefonlar har doim eng o‘rta qatlam aholi uchun eng maqbul variant bo‘lib hisoblanadi. Vertu, LG va Samsung markali telefonlar turli qiymatda chiqarilsa-da, ushbu telefon ishlab chiqaruvchilarning ijodkorligi zamon bilan hamnafas ravishda o‘sib bormoqda. Bundan bir yoki ikki yil oldin telefon alohida, fleshka alohida, fotokamera alohida ravishda ishlatilgan bo‘lsa, hozirda Sharq davlatlari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan telefonlar ham kompyuterning tashqi xotira vazifasini bajarishi, raqamli fotokameralarni mavjudligi, radio eshitish, televizor ko‘rish va Internetga chiqish imkoniyatining mavjudligi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |