Bitumlar. Bitum tarkibida moy, smola, asfaltenlar, karbenlar va karboidlar bor. Bitumda moy 60% gacha, smola esa 30% gacha bo’ladi. Asfaltenlar bitumlarga qattiqlik beruvchi moddalardir. Karben va karboidlar uglerodli qattiq moddalardir. Bitum qattiqligi (0,5-22 mm), yumshash xarorati (40-950S), cho’ziluvchanligi (1-40 sm) bilan farqlanadi. Uning zichligi 0,8-1,3 gsm3, issiq o’tkazuvchanligi 0,5-0,6 Vt(m0S), alangalanish xarorati 230-2400S, suvda eruvchanligi 0,2-0,3% (massaga nisbatan) teng. Bitum ishlatish soxasiga nisbatan qurilish, tombop va yo’lbop to’rlarga bo’linadi. Bitumlar bino va inshootlarning er osti va usti qismlari gidroizolyatsiyasida, o’rama gidroizolyatsiya materiallari, mastikalar, pastalar, germetiklar, qorishmalar va asfaltbetonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |