1. Birinchi ilm-fan markazi Xorazm akademiyasiga qaysi sulola davrida asos solingan.
A) shayboniylar B) ma'muniylar
C) anushteginlar D) qoʻngʻirotlar
2. Balx shahri poytaxt vazifasini bajargan ilk oʻrta asr davlatlarini belgilang.
A) Eftallar va Fargʻona B) Xioniylar va Sugʻd
C) Turk xoqonligi va Choch D) Kidariylar va Tohariston
3. 2002-yildan Toshkentda faoliyat koʻrsata boshlagan xorijiy universitet filialini aniqlang.
A) Turin politexnika universiteti
B) Vestminster universiteti
C) Inha universiteti
D) M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
4. «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida qaysi shaharda boshlandi.
A) Toshkentda B) Andijonda
C) Jizzaxda D) Namanganda
5. Quyidagilardan qaysi biri yurtimizning eng qadimgi ziroatchilari yashagan manzilgoh hisoblanadi.
A) Koʻlbuloq B) Zamonbobo
C) Zarautsoy D) Sopolitepa
6. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni nechanchi asrlarda nihoyasiga yetdi.
A) IX - XII asrlar B) VII - VIII asrlar
C) IV - VI asrlar D) X - XI asrlar
7. Quyidagi qaysi manzilgohlar qurilishida shaharning hunarmandlar mahallalariga va turar joy mavzelariga ajratilgani aniqlangan.
A) Xolchayon va Ayritom B) Xolchayon va Dalvarzintepa
C) Dalvarzintepa va Eski Termiz D) Ayritom va Qadimgi Termiz
8. Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi qachon tashkil etilgan.
A) 1920- yil, oktabr B) 1923- yil, oktabr
C) 1924- yil, sentabr D) 1920- yil, aprel
9.Quyidagilardan Xuroson noibi boʻlmagan shaxsni toping.
A) Ma'mun B) Nasr Ibn Sayyor
C) Tohir Ibn Husayn D) Mu'tazid
10. Turkiston qaysi yillarda «kuchaytirilgan qo‘riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi.
A) 1908 - 1910- yillar B) 1882 - 1884- yillar
C) 1892 - 1916- yillar D) 1914 - 1918- yillar
11. 1709- yilda ming urugʻi vakillari Fargʻonada hokimiyatni egallab, hukmdorlik taxtiga kimni oʻtqazdilar.
A) Abdurahimbiyni B) Olimxonni
C) Shohruxbiyni D) Umarxonni
12. 2000- yilda qaysi alloma tavalludining 1130 yilligi yurtimizda keng nishonlandi.
A) Burhoniddin al-Margʻinoniy
B) Iso Muhammad at-Termiziy
C) Mahmud az-Zamaxshariy
D) Abu Mansur al-Moturidiy
13. 1842- yilda Xiva - Rossiya oʻrtasida "Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolanishiga erishgan rus elchisini aniqlang.
A) N. Vasilevskiy B) G. Danilevskiy
C) N. Ignatyev D) S. Jukovskiy
14. Turkiston o‘lkasida ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos solgan maʼrifatparvar shaxs kim edi.
A) Mahmudxoʻja Behbudiy B) Abdulla Avloniy
C) Abdurauf Fitrat D) Munavvarqori Abdurashidxonov
15. Qaysi xalqlarning Oʻrta Osiyoga bosqini natijasida ziroatchi aholi soni keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
A) moʻgʻullar B) qoraxitoylar
C) xioniylar D) arablar va ajamlar