1 Bir og’iz shirin so’z bilan ilon inidan chiqar, dushman dinidan



Download 24,5 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi24,5 Kb.
#575891
Bog'liq
Son qatnashgan maqollar@bjalilova


Son qatnashgan maqollar
1)Bir og’iz shirin so’z bilan ilon inidan chiqar, dushman dinidan.
2)Yetti o’lchab, bir kes.
3)Sanamay, sakkiz dema.
4)Birniki mingga, mingniki tumanga.
5)Birni kessang, mingni ek.
6)Ikki o’n besh, bir o’ttiz.
7)Oyning o’n beshi qorong’u, o’n beshi yorug’.
8)Bir yigitga qirq huhar ham oz.
9)Bir boshga bir o’lim.
10)Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv.
11)Oltiovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, yettiovlon tugal bo’lsa, unmaganni undirar.
12)Bo’ladigan bola oltisida bosh bo’lar, bo’lmaydigani o’ttizida ham yosh bo’lar.
13)Bir bolaga yetti mahalla ota-ona.
14)Ikki yorti bir butun.
15)Yaxshi niyat, yarim davlat.
16)Bir quloq bilan eshitib, bir ko’z bilan qarama.
17)Ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi.
18)Yuz so’m puling bo’lmasin, yuzta do’sting bo’lsin.
19)Og’zida bir dona tishi yo’q, belida bir dasta kalit.😄
20)Oltmishgacha ortingga qara, oltmishdan keyin oldingga.
21) Birni ko’rib fikr qil, mingni ko’rib shukur qil.
22)Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
23)40iga chidagan, 41iga ham chidaydi.
24)Ilimsiz bir yashar, ilimli ming yashar.
25)Dosting ming bolsa ham oz,
dushmaning bir bolsa ham kop.
26) Bir kattani gapiga kir, bir kichikni gapiga kir.
27)Bir kishi hamma uchun , hamma bir kishi uchun.
28)Bir kishi ariq qaziydi,ming kish suv ichadi.
29) O’gri bitta, gumon- mingta.
30) Ottiz tishdan chiqqan gap, Ottiz elga tarqalar.
31) Dushmaning bitta bolsa ham, ehtiyod bo’l.
32)Bir ochga tegma, bir-yalangochga.
33) Bir kulib boqqan odamdan qo‘rq, bir yorishib yoqqan havodan.
34) Qingir ishning qiyigi- qirq yildan keyin ham chiqadi.
35) Bir kalla- kalla, ikki kalla tilla.
36) Bir mayizni qirq kishi bolib yer.
37) Ikkovga birov botalmas ,otliqqa yayov yetolmas.
38) Bir dehqon omoch bilan, yettovlov chomich bilan.
39) Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.
40) Mingta so’zdan bitta ish yaxshi.
41) Bir yomon anjir kesar, ikki yomon-zanjir.
42)Bir kalning hiylasi -qirq kishini charchatar.
43) Bir kulguning bir yig’isi bor.
44) Bir ko’rgan yuz eshitgandan yaxshi.
45) Pish qozonim besh oy , otir qizim on oy.
46) Bir kulniki aziz bir-tulniki.
47)Yetmish yulduz yarim oyga tatimas.
48) Bir nafaslik ‘’Muxabbat’’, boshga keltirrar ofat.
49) Ikki yor bir kongilga sigmas.
50) Mehr ikki ko’zda.
51) Bir qoshiq oshim-g’avgosi bor.
52) Bir achiqning bir chuchugi bor.
53) Daraxt bir yerda ko’karar.
54) Semizning oyog’i sakkiz.
55) Ikki nor urushsa o’rtaga chivin olar.
56) Bir kal-qiyiq, bir –ko’r.
57)Besh qo’l barobar emas.
58) Ko’p qarining ichida bir bola dono bo’lur,
ko’p bolaning ichida bir qari bola bo’lur.
59) Moldan molning farqi bor o’ttiz ikki narxi bor.
60) Hamma odam bir odam hamma mahluq bir mahluq.
61) Bir balosi bolmasa shudgorda quyruq na qilur.
62) Bir kun janjal chiqqan uydan , 40 kun baraka ketadi.
63) Bir korgan tanish , ikki korgan bilish.
64)Birni birov beradi , mingni mehnat beradi.
65) Yeridan ayrilgan 7 yil yig’lar ,
Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
66) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda
67) Bir mayizni qirq kishi bolib yer.
68)Bir odam koprik solar, Ming odam undan otar.
69) Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar, Ikki yomon kelishmas.
70) O'ttizida er atalgan,Qirqida sher atalar.
71) Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bolmas.
72) Bir qo'yga –pichoq , Ikki qo'yga –tayoq.
73)Qirqqa kirgan qil yorar.
74)Yetimning haqqi yeti daryoni quritar.
75) Bir uy tola jonsan, bir-biringga mehmonsan.
76) Qirq kun yoqqan yog'indan, Yelib o'tgan suv yaxshi.
77) Bir qo'ltiqqa ikki tarvuz sig’mas, Bir yurakka –ikki yor.
78) O’nta bolsa o’rni boshqa, qirqta bo’lsa- qilig’i.
79)Sakson kunda saboq,
T‘oqson kunda taboq.
80) Ignachini ming urgani
Temirchini bir urgani.
81) Bir qilgan madat, Ikki qilgan odat
82) Birini bilgan birini bilmas
83) Ming daraxtni boshini,
Bir bolta chopar
84) Yaxshi bir tovba qilar, yomon yuz
85) Har zog’da, ming dog’
86)Erinchoq ikki ishlar
Axiri barmog’in tishlar
87)Bir kun tuz totgan uyingga qirq kun salom ber
88)Qiz chiqargan uyga qirq yil tegma
89)Bir qo‘ldan qarsak chiqmas
90)Bir barmoqni tishlasang, barchasi zirqiraydi
91)Bir qaldirg‘och bahor qilmaydi
92)Ikki quyonni quvgan, bittasini ham tutolmaydi
93)Bir chichqoq buzoq butun podani bulg‘aydi
95)Mard bir marta, qo‘rqoq ming marta o‘ladi
96)Qayg‘u ko‘p, o‘lim bitta
97)Og‘iz bitta, quloq ikkita
98)Besh qo‘l barobar emas
99) Haftada bir bozor, uni ham yomg‘ir buzar
100)Berishda bir sana, 
Olganda — ikki.
101)Bilak bir, barmoq boshqa.
102)Bilganing — bir to'qqiz, 
Bilmaganing — to'qson to'qqiz.
103)Bir aldansang, yuz aldanasan.
104)Bir ko'rdan qo'rq, 
Bir — kardan
@bjalilova
Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish