2. Ifodaning qiymatini topish.
a+b va a-b ifodaning qiymatini topish
O’quvchilarga harfiy ifoda haqida tushuncha beriladi. Sonlar o’rnida harflar ishtirok etgan ifodalar harfiy ifodalar deb ataladi.
1-topshiriqni bajarish orqali a + b ifodaning qiymatini topish qoidalari tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi bu qoidalarni yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
a=3000 b=2000 bo’lsa, a+b, a-b ni toping.
3000+2000=5000
3000-2000=1000
2-topshiriq jadval asosida bajariladi.
Jadvaldagi a va b ning berilgan qiymatlari bo‘yicha
a + b ifodaning qiymatlarini toping:
Bu topshiriqni “Limonlarni ter” o’yini orqali bajariladi. Limonning shifobaxsh xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.
a
|
123
|
2364
|
2586
|
3549
|
4734
|
4673
|
b
|
234
|
3127
|
4258
|
4734
|
4876
|
5327
|
a+b
|
|
|
|
|
|
|
3.Jadvaldagi a va b ning berilgan qiymatlari bo‘yicha a – b ifodaning qiymatlarini toping: “Kimning uyi qayerda” didaktik o’yini orqali bajariladi.
“Kimning uyi qayerda”
257-123=
6544-2677=
4247-2354=
5463-2677=
8244-5366=
a
|
257
|
4742
|
5463
|
6544
|
7656
|
8244
|
b
|
123
|
2354
|
2746
|
2677
|
3898
|
5366
|
a-b
|
|
|
|
|
|
|
4. Rasm asosida masala tuzing va uni yeching:
O’quvchilar bilan birgalikda rasm asosida masala tuziladi.
Do’konga sotish uchun 5608 kg olma keltirildi. Kechga yaqin sotilmagan olmalar ja’mi olmalarning choragini tashkil etdi. Kun davomida qancha olma sotilgan?
Qisqa sharti o’quvchilar tomonidan tuziladi:
Bor edi- 5608kg Sotildi-?, kg Qoldi- ?,choragi kg
Yechilishi:
1) 5608:4=1402 kg (olma)
2) 5608-1402=4206 kg (olma)
Javob: Sotildi 4206 kg olma.
5-topshiriq kompyuter orqali bajariladi.
“Matematik diktant”
354 soniga 42 va 6 sonlari bo’linmasini qo’shing.
Birinchi qo’shiluvchi 876, ikkinchi qo’shiluvchi esa 14 va 6 sonlarining ko’paytmasi. Yig’indini toping.
Matematik ifodalarning qiymatini topish. Matematik ifodalar so‘zlar bilan turli usullarda berilishi mumkin: 90 dan 7 ni ayiring; kamayuvchi 90, ayriluvchi 7, Ayirmani toping. Ifodalar sonlarning turli sohalarida: bir xonali sonlar bilan (9 — 5; ikki xonali sonlar bilan (90—50) va hokazo berilishi mumkin.
Biroq, odatda, og‘zaki hisoblash usullari 100 ichidagi sonlar bilan bajrariladigan amallarga keltirilishi kerak.
Ifodani misol ko‘rinishida {og‘zaki yoki yozma ravishda): 6 + 3, 40- 35 boshqa hollarda jadval ko‘rinishida berish mumkin.
Ifodalarning qiymatlarini topishga doir mashqlardan asosiy maqsad o‘quvchilarda puxta hisoblash malakalarini hosil qilishdir, Shu bilan birga ifodalarning qiymatlarini topishga doir mashqlar arifmetik amallar nazariyasi masalalarini o‘zlashtirishga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |