1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati



Download 414,43 Kb.
bet43/86
Sana01.02.2022
Hajmi414,43 Kb.
#421578
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Bog'liq
2 5233263628353799422

39. Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, morfofunktsional tavsifi. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati.
Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima deyilishiga sabab tolalari siyrak va tartibsiz joylashgan. Tolalar, xujayralar, asosiy modda bir xil nisbatda joylashadi. Bu to’qimani eng ko’p tarqalgan xujayrasi fibroblastlardir. Fibroblastlar tolalardan kollagen, elastik, retikulyar sintezlaydi.Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima egiluvchanlik va qon tomirlarga boyligi va zo’riqishlarga chidamliligi bilan xarakterlanadi.
Fibroblastlar biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanadi. Fibroblast yirik (20 mkm) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellalari va kiritmalari joylashgan qismdir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar bor. Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda(psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm mikrofibrillalar yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat muayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qima turli darajada yetilgan kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichiga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. yetuk fibroblastlar biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari differentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi.

Download 414,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish