Taloqda qon yaratilishi. Embrional hayotning birinchi yarmida taloqda gemopoezning barcha hujayralari taraqqiy etadi. Taloqda ekstravaskulyar qon yaratilishining manbai bo`lib mezenximadan takomillashuvchi o`zak hujayralar hisoblanadi. Homila tug`ilishi paytiga taloq asosan agranulotsitlar va trombotsitlarni yaratuvchi manba rolini o`taydi.
Limfa tugunida qon yaratilishi. Embrion taraqqiyotining uchinchi oyiga kelib limfa qopchasi devorining mezenximasidan harakatchan o`zak hujayralari ajralib chiqa boshlaydi. Mezenxima sintsitiysi retikulyar to`qimaga aylanib, bu to`qima orasida erkin hujayralar-limfoblastlar va limfotsitlar joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |