Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hamda yerni azot bilan ham boyitadi. Bu o‘simliklar qaysi oilaga mansub ularga
misollar keltiring?
Tabiatda o’sadigan bir qancha o’simliklar chorva mollari uchun ozuqa va yem-hashak bo’ladi. Ularga shuvoq, yantoq, beda, burchoq, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabilar misol bo’ladi. Beda, burchoq, yantoq, sebarga kabilar burchoqdoshlar oilasiga mansub bo’lib, ularning ildizida tugunak bakteriyalar simbioz holatda yashaydi. Tugunak bakteriyalar havodagi erkin azotni o’zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi.Bu esa hosildorlikni oshiradi.
10-BILET
Qoplovchi to‘qimaning tuzilishi va vazifasi.
Qoplovchi to‘qimalar o‘simlikning barcha organlarini tashqi tomondan qoplab turadi. Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi: epiderma, periderma va po'stloq. Epiderma barg va yosh novdalami qoplab turadi. Bu to‘qima bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan tashkil topgan. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan kutikula yoki mum bilan qoplanadi, bu suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishdir. Barg va yashil poyalar epidermasida og‘izchalar bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv bug‘latishda ishtirok etadi. Ko‘p yillik o‘simliklaming poya va ildizlarida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma bilan almashinadi. Periderma po‘kak va boshqa hujayralardan tarkib topgan. Po‘kak o‘lik hujayralardan iborat bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan. Shuning uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlami o‘tkazmaydi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan saqlashdan iborat. Po‘kak hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi. Daraxt va butalaming tanasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi. Natijada po‘stloq qavati hosil bo‘ladi. Po'stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi sababli, daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda yoriqlar paydo bo‘ladi.
2..Bir hujayrali yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Bir hujayrali suvo‘tlar juda mayda oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan organizmlardir. Lekin ulaming to‘plamlarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir talay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo‘t - oddiy xlorellani ko‘rish mumkin . Usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o‘ralgan. Ichida boshqa o‘simliklar hujayrasida bo‘lgani kabi, sitoplazma bilan yadro bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xlorofill bilan yashil rangga bo‘yalgan xromatofor ham joylashgan.Xromatofor xloroplast vazifasini bajaradi. Yorug‘lik ta’sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo‘ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidrid va mineral tuzlami ham po‘sti orqali shimib oladi. Xlorella jinssiz - hujayrasining bo‘linishi yo‘li bilan ko‘payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo‘lakka bo‘linadi va bu bo‘laklaming har biri alohida qobiq bilan o‘ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Bitta xlorella avlodi bir oy ichida ko‘payib, bir necha millionga yetishi mumkin. Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o‘ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Bahor kelib, qulay sharoit tug‘ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning od¬diy bo‘linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo‘ladi. Ular hujayra qobig ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Xlamidomanadoshlar oilasiga mabsub bir hujayrali yana bir suvo’t –xalamidomanadadir. U ko’pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi,ba’xzan akvarium devorlarida ham o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |