1-bilet Amir Temurning davlat boshqaruvidagi islohotlari


Yosh buxoroliklar faoliyati



Download 456 Kb.
bet20/65
Sana15.04.2022
Hajmi456 Kb.
#553180
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
11-sinf tarix

1. Yosh buxoroliklar faoliyati.
Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat ko‘rsata boshladilar. Ular Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyandalari (Abdulvohid Burhonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov, Musojon Sayidjonov va boshqalar) bo‘lib, Buxoroni mustabid amir hukmronligidan qutqarib, respublika tuzumini o‘rnatishga harakat qildilar. Yosh buxoroliklar Buxoroda yangi usul maktablarini tashkil qildilar. Bu maktablar uchun turli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yozildi. «Buxoroi sharif» va «Turon» gazetalari nashr qilindi. Ushbu nashrlar xalqni jaholatdan uyg‘otish va ma’rifatga da’vat etish bilan birgalikda milliy-ozodlik va mustaqillik g‘oyalarini ham ko‘tarib chiqdi. Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sadriddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi. Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi. 1920-yil 12-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa Buxoro amirligi chegaralariga 7000 piyoda, 2500 otliq askar hamda zamonaviy harbiy texnika shay holatga keltirib qo‘yilgan. Amir Olimxon ixtiyorida 15 000 sarboz, 55 ta eski to‘p va 12 ta pulemyot bor edi, xolos. Harbiy kuchlar nisbatiga ko‘ra Turkiston fronti qo‘shinlari zamonaviy qurollarga ega edi. Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, 1920-yil 29-avgustda Buxoro amirligini tugatishga kirishdi. Shu sanadan boshlab Eski Buxoro ham havodan, ham yerdan qattiq bombardimon qilingan. Buxoroning Qarshi darvozasigacha kelgan temiryo‘lda turgan bronepoyezd (zirhlipoyezd) va Samarqand, Shayx Jalol, Namozgoh darvozalari yaqinida joylashtirilgan to‘plardan 1-2-sentyabr kunlari shaharga 12 000 snaryad tashlangan. Shahar ustida uchib yurgan 11 ta “qora quzg‘un” (aeroplan) 3 kun davomida bomba yog‘dirgan. Shahar hatto kimyoviy snaryadlardan o‘qqa tutilgan. Qulab tushgan darvozalardan qizil askarlar shaharga bostirib kirganlar. Ko‘cha janglari boshlanib ketgan. Amir Olimxon shahar obidalari va aholini omon saqlash maqsadida poytaxtni tashlab, Sharqiy Buxoroga chekingan. 1920-yil 2-sentyabrda qizil armiya tomonidan Buxoro shahri egallangan. Buxoroda amir hokimiyati ag‘darildi va Yosh buxoroliklar hokimiyat tepasiga kelishdi.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish