3. Mirzo Abdulqodir Bedil hayoti va ijodi.
Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir, 1644 - 1721) kesh (Shahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari ,,To‘rt unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi. Bedilning ,,Irfon“ (,,Bilim“) dostonida falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy
bo‘lib, to‘xtovsiz harakat qiladi va o‘zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlami qoralaydi. Bedil Turkistonda ,,Abulma’oniy“ („Ma’nolar otasi“) degan nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |