1.Berilgan jarangli undoshlardan qaysilari sirg’aluvchilarga mansub emas?
A.j,y B.m,n C.k,q D.g’,f
2.Qaysi qatordagi barcha so’zlarda “jo’ja’’ so’zidagi undoshning jarangsizi qo’langan?
A.chalg’i, kuch, shosh B.tosh,bosh,kuch C.acha ,ko’cha,xipcha D.osha,qo’sha,shish
3.Tarkibida unli tovushlar bilan birga faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini aniqlang?
A.puchuq,hiqichoq,xohish A.alifbe,andisha,dahshat
C.bayon,vazmin,go’zal D.bigiz,kuchuk,joziba
4.quyidagi berilgan gapda nechta so’z tarkibida qator undoshlar ishtirok etgan?
Ilm egallashda harakat qilish har bir mo’min va mo’mina uchun farz.
A.2ta B.1ta C.3ta D.4ta
5.Tarkibidagi qator kelgan undoshlar til oldi ,jarangli undoshlardan iborat?
A.darz,davr,fayz B.farzand,darz,ranj C.sabr,hukm,darz D.zulm,fayz,farzand
6.Muruvvat so’zidagi qo’sh undosh haqidagi to’g’ri fikrni toping?
a.til oldi,jarangli,sirg’aluvchi
B.lab undoshi,sirg’aluvchi,jarangli
C.til undoshi,portlovchi,jarangsiz
D.jarangsiz,sirg’aluvchi,lab undoshi
7.Qator undoshlar ifodalangan so’z berilgan javobni toping?
A.istiqlol B.istara C.estrada D.ishtirok
8.O’z tilini unutgan xalqning
Mozorida ajdodlar qabri
Uzra qo’yar bolalar tikan.
Ushbu gapdagi qator undoshli so’zlar sonini toping?
A.4ta B.1ta C.3ta D.2ta
9.Qo’sh undoshlardan biri tushirilganda so’zning lug’aviy ma’nosi o’zgaradigan qatorni toping?
A.grammatika,do’ppi,qattiq B.issiq,do’ppi,qattiq
C.ellar,sodda ,nonning D.jajji,yo’lla,million
10.Ikkinchi bo’g’inning birinchi tovushi shovqinlilar guruhiga mansub .Ushbu izohga mos keluvchi so’zni toping?
A.taroq B.fojia C.yangi D.shamol
11.Mehnat mamnuniyati va madaniyat manbayidir.Ushbu hikmatli so’zdagi ochiq bo’g’inlar tarkibida necha o’rinda til oldi undosh lari ishtirok etgan?
A.5ta B.4ta C.3ta D.7ta
12.Qaysi qatorda barcha bo’g’inlari faqat ochiq bo’g’indan iborat so’zlar berilgan?
A) Onalarga, ijodiy, ilohiy B) Baraka, daraja, ma’naviyat C) bepoyon, donishmand, shahzoda D) musaffo, tomoshabin, shartnoma
13. Qaysi qatorda faqat bir bo’g’ini tovushdan iborat bo’lgan ko’p bo’g’inli so’zlar berilgan?
A) onalarga, ijodiy, ilohiy B) Baraka, daraja, ma’naviyat C) bepoyon, donishmand, shahzoda D) musaffo, tomoshabin, shartnoma
14. Qaysi qatordagi so’zlarning yopiq bo’g’inlaridan biri til orqa jarangli undosh bilan tugagan?
A) Jingalak B) tinglamoq C) zamburug’ D) shtanga
15. Qaysi qatordagi so’zlarning yopiq bo’g’ini qorishiq undosh bilan tugagan?
A) meshchan B) yigitcha C) ko’ngilchan D) sochma.
16. Quyidagi so ’zlarning qaysi biriga jo ’nalish va egalik qo ’shimchalari qo ’shilsa, fonetik yozuv qoidasiga binoan yoziladi?
A) buloq B) baland C) daryo D) rubob
17. Quyidagi birliklarning qaysi birlarida chiziqcha ishlatiladi?
1 .dam//badam 2. ko’pdan//ko’p 3. yuzma//yuz 4. yangidan//yangi 5. ochiqdan//ochiq
A) 1, 5 B) 1,2, 3,4, C) 1,3 D) barchasida chiziqcha ishlatiladi
18. Qaysi qo’shma so ’zlar noto'g’ri yozilgan?
sarf qil, olib kel
jiqqa ho’l, temir yo’l
kelin tushdi, qashqar gul
Ko'hna Urganch. O’rta Chirchiq
19. Qaysi gapda inloviv xato mavjud?
Men ukamni yo’lakkacha kuzatib qo’ydim.
Dil hamon lovullaydi.
Alinazarning bor-yo’qi bilinmas edi.
Raqib oxiri dushmanini bo’yin egdirdi.
20. Quyidagi gapda yasama so‘zlar soni nechta? Hamdardlik bir odamning qayg ‘u-hasratlariga achinib, о‘zida ham qayg‘u hosil qilishidir, lekin quruq va yuzaki hamdardlikning foydasi yo’ q.
A) 5 ta В) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta
21. Qaysi qo’shma so ’zlar ajratib yoziladi?
karnay//gul, qo’zi//qorin. osh//rayhon
ot//quloq, oy//bolta, mol//qo’ra
bodom//qovoq, sher//yurak, nos//qovoq
barchasi qo’shib yoziladi.
22. Qaysi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi?
A) bir//oz B) kartoshka//gul C) qay//kuni D) bira//to’la
23. Ertaklar qaysi hududda qanday nom bilan ataladi?
1.Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona
2.Buxoro atroflari
3.Xorazm
4.Toshkent
a) cho’pchak
b) ushuk
d) matal
e) varsaki
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e
B) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a
C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-e
D) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d
24. Xirs va hirs so’zlarining ma’nosi?
A) xirs-bo’ri, hirs-insonning xunuk yuzi
B) xirs-ilon, hirs-insonning nafsi
C) xirs ayiq, hirs-insonning xunuk nafsi
D) xirs-polvon, hirs-ochko’zlik
25 “Ko’rpangga qarab oyoq uzat “ maqoli Ezopning qaysi masaliga mos keladi ?
A) “Burgut ,zag’cha va cho’pon “
B) “Eshak bilan baqalar “
C) “Ustiga tuz yuklangan eshak”
D) “Bo’ri bilan laylak”
26. “Uch og‘a - ini botirlar” ertagidagi botirlarning yoshi qaysi qatorda to‘g‘ri va tartib bilan berilgan?
A) 21, 18, 16
B) 22, 18, 17
C) 20, 18, 16
D) 23, 19, 18
27.Imom Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni
hukmdorlar eshigiga olib bormayman», - degan gaplarni aytgan?
A) Qo'qon xoni Nasrulloning
B) Qo'qon xoni Xudoyorxonning
C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xorunning
D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning
28. G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri kimga bag‘ishlab yozilgan?
A) frontda halok bo‘lgan o‘g‘li Jo‘raxonga
B) frontda halok bo‘lgan ukasi Jo‘raxonga
C) frontda halok bo‘lgan o‘g‘li Abdullaga
D) frontda halok bo‘lgan jiyani Abdullaga
29. «Do‘nan» hikoyasida «shang‘illab butun hovlini» boshiga
ko‘targan «dasturxonchi»kim?
A) G‘ozi
B) Fayzi
C) Azim
D) Bozi
30. «Sariq devni minib» asari kimning tahsiniga sazovor bo‘lgan?
A) Janni Rodari
B) Antuan de Sent-Ekzyuperi
C) Jonatan Svift
D) Hans Kristian Andersen
Do'stlaringiz bilan baham: |