1. Bemorda J3J periodontit yallig'lanish jarayoni. Unda tish olishga kursatma bor. Siz qaysi maxalliy og'riqsizlantirish usulini qullaysiz?
Javob: 1-2 % li novokain bilan infil'tratsion anesteziya, 1-2 tomchi 0,1% li adrenalin qushilgan lidokain yoki trimekain. Agar qarshi kursatma bulmasa (gipertoniya kasalligi).
2. 30 yoshli bemorda pastki labning chap tomonida 0,5 X 1 sm o'lchamdagi xavfsiz o'sma aniklanib, uni olishga kursatma bor. Siz qaysi maxalliy og'riksizlantirish usulini qullaysiz?
Javob: Infil'tratsion anesteziya.
3. L ismli bemorda notug'ri davo oqibatida surunkali periodontit rivojlangan. Periostit xamda flegmonani oldini olish uchun tish olinishi kerak. Stomatolog yuq. Siz navbatchi vrachsiz. qaysi anesteziyani qullaysiz?
Javob: 1-2% li novokain, lidokain yoki trimekain bilan chap tomonlama mandibulyar anesteziya, olinadigan tish soxasida o'tuvchi burmada infil'tratsion anesteziya utkaziladi.
4. Bemor 30 yoshda, 8 (aql tishi) tishda yallig'lanish xisobiga chaynov mushaklarida kontraktura rivojlangan. Trizm sababli ushbu soxani kurishni ilojisi yuq. Rentgenogrammada 8 tish gorizontal joylashgan. Bu uni olishga kursatma xisoblanadi. Siz qaysi maxalliy og'riksizlantirish usulini qullaysiz?
Javob: Miya asosidagi ovalsimon teshik soxasida 3 shoxli nervni uchinchi shoxini anesteziya qilish. Lekin bu metod qiyin va kunikma talab qiladi.SHuning uchun infil'tratsion anesteziya usulidan foydalaniladi (3-5 ml 2% li novokain) bundan keyin mandibulyar anesteziya qullash va o'tuvchi burma buylab infil'tratsion anesteziya qilinadi.
5. Qabul bulimiga 43 yoshli bemor yuqori jag' chap tamon 7-tishi soxasida og'rik va shish shikoyati bilan murojaat qildi. Anamnezida bir xafta odin 7-tishi og'rib bezovta qilgan bemor davolatmagan, kurilganda yuqorigi chap tamon 6,7,8-tish shilliq qavati o'tuv burmalari shishgan, taranglashgan, geperimiya, og'riqli bilqillash mavjud 7-tish perkussiyada og'rikli toj qismi yemirilgan. Bemorga tashxis quyib davolash usulini ayting?
Javob; Tashxis yuqori jag' chap tamon o'tkir yiringli periostiti.Davolash; premedikatsiya va maxalliy og'riksizlantirish ostida periostotomiya, sababchi 7-tishni olish operatsiyasi o'tkaziladi, xamda antibakterial kurs davosi buyuriladi.
6. 25 yoshli bemor bulimga og'ir xolatda olib kelindi, bemor tana xarorati-38,5 c, xolsiz.SHikoyati daxan soxasida shish va og'rik xamda yutinishning qiyinligiga.Anamnezida:ikki-uch xafta oldin o'ng tamon pastki jag' 8-tishi og'rib yurgan davolanmagan,tish atrofida qizarib shish boshlangan va shish tarqala borgan.Kurikda daxan soxasidan to pastki jag' burchagigacha qattiq infil'tratli shish, teri usti qizargan, til osti suyagi soxasida yumshoqlik aniklanadi, yutinish qiyinlashgan,tilda xam shish kuzatiladi, 8-tish toj qismi yemirilgan chuqur karioz bushliq bor. Bemorga tashxis quyib davolash usulini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |