Yarim parazitlar. Bu guruhga kiruvchi o’simliklarning yashil barglari bo’lib, fotosintezga layoqatli. Lekin, suv va oziq moddalarni boshqa o’simliklarning ildizi yoki tanasidan so’rib oladi. Rossiyaning Yevropa qismida, zubchatka, ochan-ka, igna bargli o’rmonlarda esa, omela kabi yarim parazitlar uchraydi.
8.Yerlarni begona o’tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish, xaritasini tuzish va uning ahamiyati. Dalalarda begona o’tlarga qarshi samarali kurash uchun avval ularni aniqlash, qay darajada ifloslangan-ligini bilish, xarita tuzish hamda ularga qarshi kurash tadbirlarini to’gri tashkil etish lozim. Bunda begona o’tlar 2 xil usulda, ya’ni yurib ko’z bilan chamalab (taxminan) va aniq hisobga olinadi.
Кo’z bilan chamalash usuli oson va qulay, chunki bunda dalaning diagonali bo’yicha ma’lum oraliqda yurilib, begona o’tlar taxminan hisobga olinadi va ballarga ajratiladi. Olingan ma’lumotlar jamlanib har bir dala yoki ekinzorning yovvoyi o’simliklar bilan ifloslanish turi va darajasi ballarda beriladi.
Ballarga ajratishda akademik A.I.Mal’sevning quyidagi 4 balli shkalasidan foydalaniladi.
1 ball - o’simlik qoplamida 5 % gacha begona o’t bo’ladi.
2 ball - o’simlik qoplamida 5-25 %.
3 ball - o’simlik qoplamida begona o’t 26-50%
4 ballda esa begona o’tlar madaniy o’simliklarga qaraganda ko’pchilikni tashkil etadi.
.Yovvoyi o’simliklarni aniq usul bilan hisobga olish.
Ilmiy-tadqiqot ishlarida dalalarni begona o’tlar bilan ifloslanganlik darajasi va turini aniqlashda miqdoriy-tortish usulidan foydalaniladi.
Tekshirilayotgan dalaning bir nechta joyidan diagonaliga yurilib, 10-15 joyga o’lchami 50x50 sm (0,25m2) yoki 1,0x1,0 (1,0 m2) yog’och ramka qo’yiladi va uning ichidagi yovvoyi o’simliklarning turlari hisobga olinadi. Maydoni 50 ga bo’lgan yerda 10 ta nuqtada, 50 ga dan 100 gacha- 15 ta va 100 ga dan ortiq bo’lgan yerda 20 ta nuqtada yovvoyi o’simliklar hisobga olinadi.
Ramkaning ichiga tushmay qolgan, zararlilik darajasi yuqori bo’lgan karantin va zararli o’simliklar ham alohida qayd qilinadi. Olingan natijalar qaydnomaga kiritiladi. Qaydnomada begona o’tlar nomi va soni ko’rsatiladi. Tekshirilgan maydonning o’t bosganlik darajasi begona o’tlarning soniga qarab guruhlarga bo’linadi va dona/m2 da ifodalanadi. Masalan: 1-5; 5,1-15; 15,1-50; 50,1-100 va 100 dona /m2 dan ortiq. Yovvoyi o’simliklarning soni alohida turlar va guruhlar bo’yicha ko’rsatiladi.
Dalalarni o’t bosganlik darajasini belgilashda yovvoyi o’simlikning quruq massasini hisobga olish ham muhim hisoblanadi. Buning uchun ramka ichidagi begona o’tlar ildiz bo’g’zidan kesib olinadi, xaltacha yoki paketlarga solinib quritish shkafi yoki oftobda quritiladi. Texnik tarozilarda tortib og’irligi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar gr/m2 larda ifodalanadi
Tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarga asosan xo’jalik dalalarini begona o’tlar bilan ifloslanganlik xaritasi tuziladi. Xarita dalalarda begona o’tlarning tarkibi va miqdorining o’zgarishiga ko’ra ularga qarshi har xil kurash tadbirlarini tanlashga va qo’llashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |