1. Begona o’tlar haqida tushuncha. Begona o’tlarning zarari


Beg’ona o’tlarning biologik xususiyatla



Download 41,33 Kb.
bet2/13
Sana09.12.2022
Hajmi41,33 Kb.
#882370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
B O\'

3.Beg’ona o’tlarning biologik xususiyatlari. Begona o’tlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning serurug’ligidir. Masalan, bir tup yovvoyi gultojixo’roz - 500000, olabuta -150000, tuyaqorin -200000, ituzum -45000, semizo’t -200000 ta, ayrim begona o’tlar milliondan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklarning ko’pchiligining urug’-lari soni esa 200-300 tadan oshmaydi.
Begona o’tlarning urug’i unuvchanligini uzoq yillar davomida saqlaydi. Tajriba ma’lumotlari bo’yicha semizo’t urug’i 40 yil, tugma-chagul 57 yildan keyin unuvchanlik qobiliyatini 6-18,2% saqlagan, itqo’noq urug’i -290C sovuqda, yantoqniki + 85…+ 950C issiq suvda unuvchanligini yo’qotmagan. Buni ularning urug’i suv, havo o’tkazmay-digan maxsus qobiqqa o’ralganligi bilan izohlash mumkin.
Olabuta yetilganlik darajasi har xil bo’lgan urug’lar qiladi. Yirik oqish urug’lar birinchi yili, mayda jigar rangli urug’lar ikkinchi yili, mayda qalin po’stli qora yaltiroq urug’lar uchinchi yili unib chiqadi.
Begona o’tlarning urug’i har xil muddatlarda unib chiqaveradi, shuning uchun dalalarda yil davomida begona o’tlarni uchratish mumkin. Agar ular bir vaqtda unib chiqqanda edi, ularni yo’qotish ancha oson bo’lar edi.
Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalishi. G’umay, ajriq, qamish, salomalaykum, qo’ypechak, yantoq, kakra kabi ko’p yillik begona o’tlar ildizpoyalarining bo’laklari, ildizbachkilari hamda urug’lari bilan ko’pa-yadi. Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar asosan urug’lari bilan ko’payadi. Begona o’tlarning urug’lari shamol, suv, go’ng, hayvonlar, qushlar va urug’lik bilan tarqaladi. Qamish, ilono’t, oqbosh, qoqi o’t urug’lari shamol yordamida tarqaladi. Shuvoq, qo’ytikan, tuyaqorin kabi o’tlar kuzda dumaloq shaklga kirib,shamolda dumalab yo’l-yo’lakay urug’ini to’kib ketaveradi. Qo’ytikan, g’o’zatikanda yopishuv-chi, ilashuvchi moslamalar bo’lib, hayvonlar juniga, odamlarning kiyimiga yopishib tarqaladi. Qora ituzum chug’urchiqlar yordamida tarqaladi. Begona o’t urug’lari yaxshi tozalanmagan urug’lik bilan ham tarqaladi. Tozalanmagan bug’doy urug’larini ekish natijasida lalmikor yerlarda o’sadigan begona o’tlar sug’oriladigan yerlarga ham kirib keldi. Begona o’tlar urug’i dalalarga solinayotgan chirimagan go’ng bilan ham tarqaladi.
Ma’lumki, zarpechak ko’pincha yantoqda parazitlik qiladi. Shuning uchun ham yantoqli joylarda boqilgan qo’y va echkilarning go’ngini beda, poliz, sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga solish ana shu ekinlarni zarpechak bosishiga olib keladi.
Ajriq, g’umay, qamish kabi begona o’tlarning ildizpoyalari qishloq xo’jalik mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin. Ana shu o’tlar bor joylarni diskli boronalarda boronalash ildizpoyalarni mayda bo’laklarga bo’linishi va bir qancha yangi o’simliklar paydo bo’lishiga olib keladi.
Begona o’tlarning biologik xususiyatlarini yaxshi bilish kurash choralarini samarali o’tkazishni rejalashtirish imkonini beradi.

Download 41,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish