1. Banklarning funksiyalari
tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish va boshqalar.
2. Banklarning iqtisodiyotdagi o‘rni
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 15 bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 16 asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
2. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi
3. Banklar uchun muhim manbalari
Bank resurslarining muhim manbasi - banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa
banklardan olinadigan ssudalar.
4. Tijorat banklari operatsiyalari
Bank operatsiyalari deganda banklarning pul mablag’larini jalb etish va qarz berish, muomalaga pul chiqarish va uni muomaladan olish, xisob kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish va boshqalar tushiniladi.
Qisqacha aytganda, bank operatsiyalari deganda, banklar tomonidan amalga oshiriladigan maxsus ishlar va xizmatlar tushiniladi.
Bank operatsiyalarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- xar bir bank operatsiyasi belgilangan bugalteriya xujjatlari orqali
rasmiylashtiriladi;
- mazkur xujjatlar belgilangan tartibda to’ldiriladi, imzolanadi va
muxrlanadi;
- xar bir bank operatsiyasi qayd etiladi va amalga oshiriladi;
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag'larini dеpozit, krеdit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o'z ustavlarida ko'rsatilgan boshqa o'zaro opеratsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Tijorat banklari opеratsiyalari bo'yicha foiz stavkalari ularning o'zlari
tomonidan mustaqil bеlgilanadi.
Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bo'yicha opеratsiyalar olib boradilar.
Tijorat banklari fond bozorlarining kеlishuvlarida aktiv va bеvosita ishtirok
etavеrmaydilar.
5. Banklar turlari
Hozirgi zamonda umuman qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali bank tizimi xizmat qiladi va u quyidagi tarmog’ni o’z ichiga oladi:
1. Markaziy bank
2. Tijorat bank.
6. Nobank moliyaviy institutlar turlari
Nobank kredit moliya institutlari-bu rasman bank emas(bank litsenziysiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy xizmatlar ko`rsatish bo`lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog`liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit moliya institutlari ko`plab ingliz tilidagi adabiyotlarda baklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular : kredit korporatsiyalari, lombardlar, lizing va factoring kompaniyalari va boshqalar.
|