Markaziy bankning xisob-kitoblar markazi (XKM)da tijorat banklarining vakillik xisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi.
Hozirgi paytda tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o’tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazlarida alohida transit hisobvaraqlari ochiladi.
Bunday transit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Lekin tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib boorish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisobvarag’ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag’I ikki xil ochilishi mumkin:
Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo’limlari uchun markaziy bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo’yicha yagona vakillik hisobvarag’I ochadi. Har bir bo’limga esa alohida subhisobvaraqlari ochiladi;
Tijorat bankining har bir bo’limi uchun alohida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida vakillik hisobvarag’I ochiladi.
Vakillik hisobvarag’I markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitlari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag’I ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining tegishli hududiy bosh boshqarmasiga jo’natiladi.
Vakillik hisobvarag’I ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijorat banklariga hamda hisob-kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302-balans hisobraqami bo’yicha, hisob-kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304-balans hisob raqami orqali olib boriladi.
Vakillik hisobvaraqlari hisob-kitoblar markazida yuritilib HKM uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag’larning kelib tushishi va hisobvaraq qoldig’I hisobvaraqlarning kredit qismida, mablag’larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha to’lovlar vakillik hisobvarag’I qoldig’I chegarasida amalga oshiriladi.
Har bir bankning o’zi ham vakillik hisobvarag’I yuritadi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag’I deb nomlanadi. Ichki vakillik hisobvarag’I 10301 balans hisobvarag’ida yuritiladi. Tijorat bankining hisob-kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag’I tashqi vakillik hisobvarag’I deb yuritiladi. To’lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlarning va qoldiq mablag’larining bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To’lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag’idan ko’chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so’ng, ushbu hisobvaraq bo’yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.