3.Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank talablarini bajarilishi samaradorligini oshirish. Rеspublikamiz tijorat banklarining xalqaro Bazеl talablariga asoslangan bank kapital yеtarliligi koeffitsiеnti kеyingi yillarda oshib borib, 24 foizdan yuqori ko`rsatkichga yеtdi, ya'ni, xalqaro talab 8 foiz bo`lgani holda 3 barobardan yuqoridir. Yurtimizda moliyaviy-iqtisodiy inqirozning oldini olish maqsadida qator banklarga davlat tomonidan kapitalini oshirish uchun 600 mlrd. so`mdan ziyod mablag`ning yo`naltirilishi bank kapitali еtarliligi koeffitsiеntining ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Natijada rеspublikamizdagi еtakchi banklar xalqaro rеyting kompaniyalarining barqaror rеyting ko`rsatkichlariga ega bo`ldilar.
Banklar o`z kapitali va likvid rеsurslarini yеtarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zahiralarni tashkil etishlari, shuningdеk zarar ko`rish xavfini kamaytirish maqsadida o`z aktivlari divеrsifikatsiyalanishini ta'minlashlari lozim.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga belgilanadigan me`yorlarni bajarilishini samaradorligini oshirishda tijorat banklarining huquq va burchlarini, aholining banklarga bo`lgan ishonchini va respublikadagi mavjud ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatni e`tiborga olish lozimdir
Banklarning barqarorligini ta'minlash hamda omonatchilar va krеditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan bеlgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart.
Respublikamiz Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatini tartibga solishdagi rolining yuqoriligi natijasida bugungi kunda respublikamiz bank tizimi ishonchli faoliyat ko`rsatmoqda. Bank faoliyatini tartibga solish borasida respublikamizda olib borilayotgan islohotlar va mustahkam qonuniy asosning yaratilganligi bu borada olib borlayothan ishlar ko`lamini oshishiga yordam bermoqda.
4.O`zbekistonda bank tizimining amal qilish holati tahlili So`nggi yillarda mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet va bank kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalariga yordam ko`rsatish, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasida ko`rilgan chora-tadbirlar o`zining amaliy samarasini berdi.
Xususan, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, uning muhim tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va tehnologik jihatdan yangilashni faol davom ettirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki iste`molni rag`batlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarini xar tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilgan tadbirlar o`tgan yilda iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur`atlarini ta`minlandi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar dinamikasi, mlrd. so’m
O`zbekistonda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni, ming dona.
O`zbekistonda to`lov terminallari soni (ming dona)
To`lov terminallari orqali amalga oshirilgan to`lovlar hajmi, mlrd.so`mda
Masofadan bank xizmatlar ko`rsatuvni tizimlardan foydalanuvchilar soni (2017 yil 1 yanvar holatiga)
5.O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
Respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o`sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1.Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish bo`yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
2. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to`liq moslashtirish borasidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi.
3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikasiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Bunda asosiy e’tibor qo`shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuv darajasining kamida 20 foizga oshishini ta’minlashga qaratiladi. SHuningdek, bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini oshirish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida ishlar davom ettiriladi. tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bo`sh pul mablag`larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish hisobiga ularning tijorat banklaridagi depozitlari hajmining kamida 30 foizga oshishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish bank tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri bo`lib qoladi. tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo`yilmalari hajmining o`sishi prognoz qilinmoqda.
Xulosa. Mamlakatimizda bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ob’ektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklari faoliyatini doimiy nazorat qilishni va ularni samarali tashkil etish uchun bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning daromadliligini oshirish, ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda qilinayotgan sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu asosda bank foydasini ko’paytirish yo’llarini topishni talab etadi.
Hukumatimiz tomonidan bank tizimini rivojlantirish bo’yicha ichzil ravishda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar sohani barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimining jami kapitali 2016 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir. Bundan tashqari mamlakatimizdagi barcha banklar dunyoning yetakchi agentliklari tomonidan barqaror deb baholangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 yil
Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2014 yil
Bank ishi. Darslik.-T.: Fan va texnologiya. 2016 yil
Mullajonov F.M. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. T.: O`zbekiston 2011
Rashidov O. va boshqalar. Pul, kredit va banklar.- T.: Cho`lpon 2011yil
http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti
http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti