3.O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi.
Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
Ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
Ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
Iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
4.Markaziy bankning funksiyalari.
Markaziy bank:
Pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida inflatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Oʼzbekiston Respublikasining toʼlov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini oz ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda elon qilishni amalga oshiradi;
Har yili Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni oz ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar boyicha axborotni taqdim etadi;
Naqd pul muomalasini tashkil etadi;
Valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
Valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
Banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, tolov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qogʼozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʼlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |