1. Bank haqida ummumiy tushuncha atb universal bankning tashkil topish tarixi



Download 20,11 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi20,11 Kb.
#323176
Bog'liq
Universalbank amaliyot Hisoboti


Mundarija:

1.Bank haqida ummumiy tushuncha

2. ATB Universal bankning tashkil topish tarixi.

3.ATB Universal bankning tarkibiy tuzilishi

4.ATB Universal bankning funksiyalari va operatsiyalari.

5.Xulosa va takliflar

6.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1.Bank haqida ummumiy tushuncha

Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.

Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki. Markaziy bank („banklarning banki“) (Milliy bank va AQShda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.

Tijorat banki Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi.

Mulk shakliga koʻra turlari

Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.

Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.

1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).

Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.

Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.

Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.

OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24 apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.

Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.

2. ATB Universal bankning tashkil topish tarixi.

Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.

O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir eta oluvchi qudratli tizimga aylangunga qadar uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda qator qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

2010 yil


O'zbekiston tijorat banklari, av­valo, ixtisoslashgan kredit institutlari si­fatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tad­birkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank ope­ratsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.

2008­–2009 yillar

Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyati­ning muhim yo'nalishiga aylandi.

Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan ke­lib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshi­rishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi.

O'zbekiston tijorat banklari respublika­mizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.

2006–2007 yillar

Ipotekaviy kreditlash­ning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni­dan darhol ijobiy baholandi. Aholining bar­cha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.

O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar­ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kre­ditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Res­publikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuch­ga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipote­kaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulk­ka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.

Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiya­lari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllan­tirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshi­rishga qaratildi.

“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizi­mini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'min­lagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,­ uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omo­natlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati to­monidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlari­ni ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.

2005–2006 yillar

Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi.

Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijo­biy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit ba­zasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakl­lana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.

Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2003–2004 yillar

Mamlakatimizda liberal­lashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri.

Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.

Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazo­vor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsi­yasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar fao­liyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.

Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyat­ning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebra­nishining oldini olish barobarida eksport­ni rag'batlantirish hamda valyuta resurslari­dan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nis­batan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunktura­si, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.

Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ish­lar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku­chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat bankla­rining investitsion jarayonlardagi rolini oshi­rish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbir­korlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.

Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.

Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, fonda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.

3.ATB Universal bankning tarkibiy tuzilishi

Bank tizimi milliy va tijorat banklarining kombinatsiyasidir kredit tashkilotlari banksiz bo'lmagan. Shunday qilib, uning tarkibi markaziy, tijorat va hukumat banklariga qo'shimcha ravishda NPOni o'z ichiga oladi.

Taraqqiyot darajasiga ko'ra bank tizimlarining turlarini tasniflash Ushbu mezonga ko'ra, uchta turdagi tizimlar ajratib turiladi: ma'muriy va buyruq, bozor va o'tish.

Ma'muriy tizimlar Tavsiflanadi:

bank muassasalarining mulki shakli;

davlatning monopoliya qonuni yangi kredit tashkilotlarining ochilishiga;

faqat bitta daraja mavjudligi;

foiz stavkalarini ma'muriy usul bilan shakllantirishda;

hukumat tomonidan barcha kredit tashkilotlarini boshqarish;

markaziy bankda emissiya va kredit funktsiyalariga e'tibor qaratish;

ma'muriy usullar bo'yicha pul-kredit siyosatini olib borish.

Bunday tizim Sovet Ittifoqi bilan ajralib turardi. Hozirgi vaqtda XXR bank tizimi ham ma'muriy faoliyat ko'rsatmoqda.

Bozor turi tizimi tizimi Yuqtirilgan, asosan rivojlangan davlatlar. U orasida farqlovchi xususiyatlar Biz quyidagilarni ta'kidlaymiz:

asosan ikki darajali bo'lishi: ulardan birinchisida bosh bank mamlakatlar; Ikkinchi kredit tashkilotlari;

infratuzilma institutlarining keng tarmog'i: reyting agentliklari, byurosi kredit hikoyalari, suv ombonlar tashkiloti; pul-kredit siyosati asosan bozor usullari bo'yicha; bank sektorida davlat monopoliyasining yo'qligi; bozorga asoslangan kreditlar foiz stavkasini shakllantirish; yuqori darajadagi raqobat; kredit va emissiya funktsiyalarini Markaziy bank va kredit tashkilotlari o'rtasida ajratish.Ba'zi olimlar ta'kidlaydilar o'tishni rivojlantirish tizimi. U bozor turiga borishga intiladi, ammo baribir bu qo'mondonlik tizimining ba'zi alomatlarini saqlab qolishda davom etmoqda. Ba'zi mutaxassislarga ko'ra, mamlakatimiz bank sektori o'tish turiga tegishli. Bu kredit tashkilotlari o'rtasidagi raqobatning zaif darajasi bilan izohlanadi. Shunday qilib, aktivlarning 50% dan ortig'i banklar ishtirokida banklarga qaratilgan.Strukturaviy tizim tasnifiBank tizimlari tarkibiy asosga muvofiq tasniflash mumkin. Ushbu mezon bilan ular ikkiga bo'lingan:

bir darajali;ikki darajali. Bitta darajadagi tizimlar totalitar rejimlarga ega mamlakatlarda xosdir. Barcha operatsiyalar, davlatning ishtirokida Markaziy bank va kredit institutlari mavjud bo'lgan darajada yo'naltirilgan (agar mavjud bo'lsa).

Ikki darajali tizimning birinchi darajasida Markaziy bank mavjud. Bu pulning emissiya funktsiyasini bajarish uchun javobgardir, ya'ni bu ularning muomalaga chiqarilishini ishlab chiqaradi. Ikkinchi bosqichda bank tizimiga kredit tashkilotlari kiradi. Tijorat yirtqich banklari sotilgan operatsiyalar bo'lingan universal va segmentatsiya qilingan. Avval Operatsiyalarning keng ro'yxatini bajaring. Ularning asosiy afzalligi - bu xatarlarni kamaytiradigan faoliyatni diversifikatsiya qilish. Segmentatsiya qilingan Muassasalar tor doirasini amalga oshirishga ixtisoslashgan muassasalar. Bu ularga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Biroq, bunday muassasalarning faoliyati ko'proq xavf ostiga olinadi. Alohida iqtisodchilar ham uch darajali tizimlarni ham ajratib turadilar. Evropa Ittifoqi bank tizimi odatiy misoldir. Birinchi havola - Evropa Markaziy banki, ikkinchisi - Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlar milliy banklari (masalan, Avstriyaning Markaziy banki) va uchinchi darajali roli amalga oshiriladi tijorat banklari. Bank tizimining maqsadi va funktsiyalari: Asosiy xususiyatlar

Bank tizimi nima ekanligini tushunish uchun uni maqsadlari va funktsiyalari bilan tekshirish kerak. Har qanday davlatning bank sektorining asosiy maqsadi quyidagi fanlar oldida iqtisodiyotga ssudalarni taqdim etishdir: davlatlar; Biznes; Aholisi.

Bank tizimining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: xavfsizlik iqtisodiy rivojlanish milliy iqtisodiyot Kredit berish va uzluksiz hisob-kitob tizimini tartibga solish orqali; ortiqcha pul mablag'lari va ulardan ortiqcha mablag 'tejashga olib keladi, bu iqtisodiyotni tejashga olib keladi va iqtisodiyotda resurslarning samaradorligini oshiradi saqlash pul va ularni safarbarlashtirish;

4.ATB Universal bankning funksiyalari va operatsiyalari.

Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Banktijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari

majmuini amalga oshiradigan, ya’ni: -yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; -to‘lovlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bank barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag‘larni muddatida qaytarib berish, to‘lov va ta’minlash shartlari asosida o‘z nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.

Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, tijorat

banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.

Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki «maxsus korxona» deb qarash zarur. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini

ko‘rsatadilar.

Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak. Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi. Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub’ektlari

bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi.

Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi.SHunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.

Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud:

-birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar.

5.Xulosa va takliflar

O‘zbekistonda tijorat banklari ustidan nazorat tizimi shakllangan va takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz bank sektori kapitalining etarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan deyarli uch barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etmoqda. Bank nazorati ichki va tashqinazoratga bo‘linadi. Ichki nazorat bu - tegishli vakolatli bo‘linmalar tomonidan bank operatsiyalarini bajarishda yoki bajarib bo‘lingandan keyin hujjatlarning qonuniy va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, bank mablag‘larining but saqlanishini nazorat qilinishidir.Ichki nazorat tizimi ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari va ichki me’yoriy hujjatlar talablarini buzish holatlarini oldini olish 16 “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalari.” (O’z.R. AV.da 2009 yil. 23 оktabrda 2023-son bilan ro’yxatga olingan.) bo‘yicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qiladi.Har bir davlatda bo’lgani kabi O‘zbekistonda ham ichki nazorat tizimi shakllangan bo’lib, bu tizimning samarali ishlashi uchun ichki bank nazoratini tashkil qilishning huquqiy va meyo’riy bazasiyaratilganva takomillashtirib borilmoqda .Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarisii shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalaming amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalaming ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlaming joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan iborat. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ulaming harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir

6.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 2014.

2. O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni.



3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to‘g‘risida. 2012-yil 6-yanvar.

4. 0 ‘zbekiston Respublikasining 0 ‘RQ-328-sonli Qonuni. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida (yangi tahriri). 2012-yil 2-may
Download 20,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish