II. Maktabgacha ta’limni qamrab olish va undan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari
5.
|
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini ishlab chiqish.
|
2019-yil
1-martgacha
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi
|
Tashkiliy chora-tadbirlar.
YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida, shu jumladan respublikaning maktabgacha ta’lim standarti shakllarini kengaytirish murakkab bo‘lgan olis tumanlari va joylarida maktabgacha ta’limning yangi muqobil shakllarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
6.
|
2018-yil noyabrdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha ta’limni sinov tarzida joriy etish.
|
2018-yil
10-oktabrgacha
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning bir qator hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha ta’limni sinov tarzida joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va kiritish:
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kollejlar, mahalla qo‘mitalari va boshqa binolarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratilishini ta’minlash;
guruhlarga ajratilgan xonalarni mebellar, jihozlar va o‘quv materiallari bilan jihozlash uchun moliyalashtirishni tashkil etish;
tayyorlov guruhlarini malakali pedagoglar bilan to‘ldirish.
|
7.
|
Maktabga chiqishdan oldin bir yil davomida 5-6 yoshdagi bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni tashkil etish yo‘li bilan barcha bolalarni maktabdan oldingi tayyorgarligi uchun teng imkoniyatlar bilan ta’minlash.
|
2019-yil
30-sentabrgacha
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha 2021-yilgacha majburiy bir yillik bepul maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutadi.
|
8.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil etish zarurligini hisobga olgan holda qurilayotgan turarjoy majmualarini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash.
|
2018-yil
1-noyabrgacha
|
Qurilish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Qishloq joylarda bir qancha ko‘p qavatli uy-joylar yoki uylardan iborat yangi komplekslarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqish, bunda maktabgacha ta’lim muassasasi albatta ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarida yoki alohida binoda bo‘lishini nazarda tutish.
Uy-joy komplekslarini qurishda majburiy tarzda tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalari quvvatini qishloq joylardagi har bir 200 ta xonadon yoki uy uchun 50 ta o‘ringa mo‘ljallagan holda belgilash tartib-taomilini ishlab chiqish.
Investor zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun infratuzilma yaratish (suv ta’minoti, podyezd yo‘llari va boshqalar)ni yuklagan holda respublika hududida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganish.
|
9.
|
Barcha bo‘sh turgan va faoliyat yuritmayotgan sobiq maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan binolarni, ularni rekonstruksiya qilish va faoliyatini davlat-xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim muassasalari sifatida tashkil etish maqsadida, kompleks ravishda o‘rganib chiqish.
|
2018-yil
30-noyabrgacha
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
Tashkiliy chora-tadbirlar.
Har bir obyektni o‘rganish, bino ehtiyoji va holatini aniqlash hamda uni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmini belgilash uchun ishchi guruhlar tashkil etish.
Binolarni, ularda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etgan holda yoki maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalari uchun xususiy hamkorlarni tanlov asosida saralab olish uchun ko‘rsatiladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritish orqali, maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish.
|
10.
|
Muayyan bir hududdagi olis tumanlarda yashayotgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga transportda tashishni sinov tarzida joriy etish.
|
2019-yil davomida
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi
|
Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Sinov natijasi yakunlari bo‘yicha 2020-yil 1-yanvargacha mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida kelgusida joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va transport vositalarini xarid qilish, ulardan foydalanish, bolalarni tashish hamda ularning xavfsizligi ta’minlanishini tashkil etish tartibini belgilab olish.
|
|