1. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Startaplarni va kichik biznesni moliyalashtirishning farqli va o’hshash jihatlari javob: 1



Download 48,88 Kb.
bet6/12
Sana03.07.2022
Hajmi48,88 Kb.
#735403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abbos moliya

2-variant
1. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasi. Asosiy kapital doiraviy aylanishining
mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi.
2. Moliyaviy hisobot: mazmuni, funktsiyalari va turlari .
JAVOB.1 Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining
“Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda,
aylanma kapital quyi-dagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hi-sobga olgan holda
funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;
lividlilik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda ko’p funktsiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funktsiyalarini ham pulli, ham natural-buyum
shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funktsional jihatdan quyidagi
ikki tashkil etuvchi belgilab beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab
chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga,
eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bo’lgan quyidagilar kiradi:
xom ashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala
fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat4:
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib
jo’natilgan tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek
daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, bosh-qa to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy
qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga in-vestitsiyalar, davlat va
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiya-lari, boshqa XYuSlarga berilgan
zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluv-chilar va
buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, sho’ba va bo’ysunuvchi
jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari,
berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari.
4 Marcia Cornett, Troy Adair, Finance: Applications and Theory, 2014
Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakl-lantiriladi va
aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish
ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi
XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiy-matining
to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mah-sulotni realizatsiya qilishdan
olingan tushum ko’rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi
sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismla-rining funktsional shakllarini
uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xom
ashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum
ko’ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompa-niya
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalash-tirish manbalari
quyidagilardan iborat:
o’zlik va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
qarz va jalb qilingan mablag’lar.
O’z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning
o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O’zlikka tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYuS
aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan
iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha
garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lari o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga
mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar:
mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;
to’lanuvchi veksellar;
“qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi
qarzlar;
olingan avanslar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini tavsif-lovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylani-shining soni va
aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular
quyidagicha aniqlanadi:
JAVOB.2 Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish
va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u
subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik)
ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va
xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil
topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar,
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan
mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi
qonunga binoan:1[39][41]
barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31-
dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;
yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi
hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31-
dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan
korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning
31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat
beriladi;
korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish
nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2[40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga
izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida
axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi
moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot
davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini
tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan:
dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy
qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari,
vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi
mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik
shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi. Konsolidallashgan
hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan
tuziladi.3[41][43] Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat
bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
c) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq
hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar,
hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan
tasdiqlangandan so’ng yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi
yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi,
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari
tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish
balansiga qo’shilmaydi. Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish
vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining
aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan
asoslanishi kerak.

Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish