1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Javob


Ijtimoiy tarmoqlarning zararli oqibatlari Javob



Download 52,44 Kb.
bet6/9
Sana24.03.2023
Hajmi52,44 Kb.
#921301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13. Ijtimoiy tarmoqlarning zararli oqibatlari
Javob : Ijtimoiy tarmoqlarning zararli va foydali tomonlari .
Bugungi kunga kelib, ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning asosiy vositalari biriga aylangan bo’lib deyarli hayotimiz bir bo’lagiga aylanmoqda.Deyarli har kun biz ulardan foydalanamiz.Bugungi zamonaviylashayotgan hayotimizda ijtiomoiy tarmoq foydalanmaydiganlar juda kamchilikni tashkil qiladi.Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarning zararli tomonlari mavjud bo’lib bu inson hayotining yomonlashuviga olib kelishi mumkin . Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ko’p vaqt qolib ketish hisobiga ko’plab insonlar asosan voyaga yetgan yoshlar turli xil oqimlarga qo’shilib ketish holatlari kuztilmoqda.Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish vositalari telefon ,kompyuter,planshet va boshqa xil vositalardan doimiy va uzluksiz tarzda foydalanish inson salomatligi uchun zararli bo’lgan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasida bazida aldanib qolish, yolg’on malumotlarga ishonish holatlari ham kelib chiqmoqda. Ammo bu bilan ijtimoiy tarmoqlar faqat zararli xususiyatga ega degan xulosaga kelish ham xatodir. Ularsiz biz o’z hayotimizni his qilishimiz juda qiyin . Misol uchun uzoqdagi yaqinlarimizni ko’rish uchun,ular bilan yaqindan suhbat qurish uchun ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanamiz.Bundan tashqari ijtioiy tarmoqlar tadbirkorlarimiz uchun o’z mahsulotlarini reklama qilish vositasi ham hisoblanadi.Jamiyatimizning aksariyat a’zolari uchun ijtimoiy tarmoqlar bu pul ishlash vositasi ham hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlar juda ko’plab funksiyalarni biz uchun beminnat bajarib beradi. Misol uchun ular orqali ijtimoiy hayotimizda,dunyo hamjamiyatida bo’layotgan o’zgarishlardan xabardor bo’lishimiz ular bilan hamnafas bo’lishimiz mumkin. Ulardan foydalanishning arzon va qulayligi ham ularda foydalanishimizning asosiy sabalaridan biri desak ham adashmaymiz. Ulardan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilishimiz ulardan foydali maqsadlar yo’lida foydalanishimiz samarali maqsadlarga erishishimizga yordam beradi.Ularning zararli va aksincha foydali tomonlari mavjudligi ulardan foydalanishning cheklanishiga olib kelishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Ulardan qanday maqsadlarda va qay tarzda foydalanish har bir individning o’ziga bo’g’liq.

14. Kiberterrorchilar keltirgan zararlar
Javob : Qayd etish о‘rinli, kiberterrorizm yangi va о‘rganilmagan jinoiy sohadir. Internet tarmog‘idagi ochiq manbalar orqali biologik, kimyoviy, hattoki yadro qurollarini tayyorlash texnologiyalarini о‘rgangan holda amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortmoqda. Saytlarni noqonuniy yо‘llar bilan buzish orqali kiberterrorchilar turli maxfiy ma’lumotlarni olish imkoniga ham ega bо‘layotganini aytish joiz.
Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma’lumotlarni maqsadli ravishda yо‘q qilish, zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish, shu bilan birga, insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qо‘rqitish, harbiy nizolar kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatdir.
Kiberterrorizm shiddat bilan о‘sib borishining yana bir sababi, u qurol-yarog‘ yordamida amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan arzonga tushadi, jangovar harakatlar, xunrezliklar bо‘lmaydi. Buzg‘unchi harakatlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Internet tarmog‘i о‘zining ochiqligi, tezkorligi va tejamkorligi, nazoratning sustligi yoki umuman yо‘qligi, dunyo bо‘ylab foydalanuvchilari borligi, axborotlarning tez va arzon yо‘l bilan tо‘liqligicha tarqalishi, hamfikr guruhlarni tashkil etish mumkinligi, aloqalarning anonim ekani, asl manbani aniqlash imkoni yо‘qligi, strategik obyektlar, harbiy tashkilotlar kompyuterlariga noqonuniy ulanish imkoni mavjudligi, tarmoqlarning yashovchanligi bilan terrorchi tashkilotlarni о‘ziga jalb qilayotir.
Bugun terrorizm jangarilar yashirinib yurgan yoki bosh qarorgohlari joylashgan muayyan davlat hududi bilan chegaralanib qolayotgani yо‘q. Ular allaqachon kiberolamga kо‘chib ulgurishgan. Terrorchi tashkilotlar о‘z saflarini kengaytirish hamda maqsadlariga erishishda texnika va internetning sо‘nggi imkoniyatlaridan ustomonlik bilan foydalanayapti. Shu yо‘l bilan terrorchilik harakatlari, maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish, о‘z g‘oya va mafkurasini omma orasida tarqatish bilan birga internet foydalanuvchilariga axborot-psixologik ta’sir о‘tkazish, odamlar о‘rtasida vahima uyg‘otish, terrorchilik harakatlarini qо‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yig‘ish, zaharli moddalar, portlovchi vosita va qurilmalar hamda ularni tayyorlash texnologiyasini о‘rgatish, terrorchilik tashkiloti safiga yangi a’zolarni qabul qilish singari harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Ushbu jihat keyingi 5-6 yilda dahshatli oqibatlar keltirgan ISHID terrorchilik tashkiloti faoliyatida yaqqol kо‘rindi. Ular о‘z tizimida g‘oya va maqsadlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni birlashtirgan alohida tuzilma tashkil etishdi. Bugungi kunda internetda tarqatilayotgan bu kabi ma’lumotlarning 80 foizi Yaqin Sharq hududlarida faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga tegishlidir.

Download 52,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish