Axborot xafsizligi xavflarini baxolash. Axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar xavflami muntazam baholash yordamida aniqlanadi. Axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlarga ketgan sarf-xarajatlar axborot xavfsizligining buzilishi natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar miqdoriga mutanosib bo`lishi lozim. Ushbu baholashning natijalari axborot xavfsizligi bilan bog'liq xavflami boshqarish sohasida aniq choralar va ustuvorliklarini belgilashga, shuningdek, ushbu xavflami minimumga keltirish maqsadida axborot xavfsizligini boshqarish bo'yicha tadbirlami joriy qilishga yordam beradi. Mavjud tadbirlaming samaradorliligiga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan har qanday o'zgarishlami hisobga olish uchun xavflar tahlilini vaqti-vaqti bilan takrorlab turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |