77. Sanoq sistemasi nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Sanoq sistemasilari deganda sonlarni yozilish va atalish qoidalari to’plami tushuniladi. Sanoq sistemalari ikki turga bo’linadi: pozitsion va pozitsion bo’lmagan. Sanoq sistemasidagi sonlarni tashkil qilgan raqamlar yozuvda egallagan joyidan qat’iy nazar bir xil qiymatni bildirsa bunday sanoq sistemasi pozitsion bo’lmagan sanoq sistemasi deyiladi. Sanoq sistemasidagi sonlarni tashkil qilgan raqamlar yozuvda turgan o’rniga qarab qiymatini o’zgartirsa bunday sanoq sistemasi pozitsion sanoq sistemasi deyiladi.