140. Elektron lug’atlar ularning tarixchi uchun ahamiyatli jihatlari.
Elektron lug‘atlar an’anaviy lug‘atlarga qaraganda, bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Zamonaviy elektron lug‘atlar nafaqat o‘zining so‘z boyligi bo‘yicha, balki bu so‘zlarni tezda qidirib topish bilan ham ajralib turadi. Elektron lug‘at 3 tilda: o‘zbek, rus va ingliz tili asosida ishlaydi. Ushbu tillar asosida 6ta yo‘nalish bo‘yicha so‘zlarni tarjima qilish mumkin.
Tarjima yo‘nalishlari: o‘zbek-ingliz; o‘zbek-rus; ingliz-o‘zbek; ingliz-rus; rus-o‘zbek; rus-ingliz. Elektron lug‘atning bazasi 145 000tadan ortiq so‘z va atamalardan tashkil topgan. Barcha so‘zlarning tarjimasi misollar orqali ko‘rsatilgan. «e-Lug‘at» nomli elektron lug‘atning shaxsiy kompyuterlar uchun Windows muhitida ishlovchi hamda mobil qurilmalar uchun Android va iOS muhitlarida ishlovchi dasturlari yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |