3-MAVZU. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH VA UNI TAHLIL QILISH USULLARI
1. Axborot- marketingni poydevoridir.
2. Axborot tizimi.
3. Axborot turlari va ularni turkumlash.
4. Axborotlarni to‘plash uslublari.
5. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish.
6. Axborotlarni qayta ishlash.
1. Axborot- marketingni poydevoridir
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy ko‘rash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmoqda. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy jihatlarga (dolzarb, haqqoniy va to‘liq) ega bo‘lgan, axborotlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida marketing axborotlarini roli quyidagi –rasmda keltirilmoda.
Marketing axborotini roli Boshqaruv qarorlarini qo’llab-quvvatlash Strategiyani koordinatsiyalash Faoliyatni baholash Raqobatbardoshlikka erishish Tashqi sohani kuzatishtish
1-rasm. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida marketing axborotini roli
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to‘plamlari; sud qarorlari; korxonangizning ish korrespondensiyalari; partiyalar tashviqotlari; e’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari jadvallari; korxona rahbariyati majlislari bayonnomalari; axborot-analitik byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo‘lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. CHunki, axborot ko‘lami va miqdorning nihoyat ko‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |