Test
1.Avtomobilning dastlabki tezligi 10m/s, oxirgisi 2m/s. Agar tezlanish -2m/s2 bo’lsa, tezlikning bunday o’zgarishi qanday yo’lda (m) amalga oshdi?
A)24 B)26 C)32 D)18
2.Jism 10m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qanday balandlikda uning potensial va kinetik energiyalari teng bo’ladi (m)?
A)4 B)2,5 C)1 D)5
3.Snayper o’rmondan 170m masofada turib miltiqdan otdi. U aks sadoni 1s dan keyin eshitgan bo’lsa, tovush tezligini (m/s) aniqlang.
A)340 B)85 C)170 D)440
4.Massasi 100g bo’lgan jismga 1N kuch ta’sir qila boshladi. 5s da jism necha metr yo’l o’tadi? ϑ0=0
A)100 B)120 C)125 D)95
5.Vertikal silindrdagi erkin ko’cha oladigan porshen ostida 1mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200kPa ga teng. Agar gazga 3kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi?
A)4 B)2 C)6 D)5
6.Miltiq stvolidan o’q U tezlikda uchib chiqdi. Agar miltiqning massasi o’qning massasidan 500marta kata bo’lsa, o’qni otish vaqtida miltiq qanday tezlik oladi?
A)U/500 B)U C)500U D)0
7.Ideal gaz adiabatik kengayganda, uning harorati qanday o’zgaradi?
A)ΔT=0 B)ΔT<0 C)ΔT>0 D)Haroratga bog’liq emas.
8.Radiusi 5sm bo’lgan va +15nC zaryadga ega bo’lgan mis halqa o’z markazidajoylashgan -3nC nuqtaviy zaryadga qanday kuch(N) bilan ta’sir qiladi?
A)80 B)160 C)0 D)40
9.Radiusi 6400km bo’lgan yer shariga qandaydir zaryad berildi. Natijada uning potensiali 1,4kV ga oshdi. Yerga berilgan zaryad miqdorini (Kl) aniqlang.
A)0,01 B)0,1 C)1 D)10
10.Og’irligi 36N bo’lgan po’kakdan yasalgan qutqarish chambaragining suvdagi ko’tarish kuchi necha Nyuton? Suv zichligi 103kg/m3, po’kak zichligi 200kg/m3.
A)100 B)170 C)180 D)144
11.Birining zaryadi –q, ikkinchisiniki +3q bo’lgan ikkita bir xil metall sharchalar o’zaro ta’sirlashmoqda. Sharchalar bir-biriga tekkizilib, yana avvalgi masofaga surib qo’yilsa, o’zaro ta’sir kuchi qanday o’zgaradi?
A)o’zgarmaydi B)3marta ortadi C)3marta kamayadi D)9marta ortadi
12.Sig’imi 2C bo’lgan kondensatordagi kuchlanishni 2marta oshirsak, uning sig’imi nimaga teng bo’ladi?
A)2C B)1,5C C)5C D)C
13.Tashqi kuchlar 106Pa o’zgarmas bosimli gaz ustida 100kJ ish bajardi. Bu jarayonda gazning hajmi qanday o’zgaradi?
A)10marta ortdi B)o’zgarmaydi C)0,1m3 kamaydi D)0,1m3 ortdi
14.Gorizontal yo’nalishda ϑo=15m/s tezlik bilan tomdan otilgan tosh gorizontga a=60o burchak hosil qilgan holda yerga tushdi. Uning balandligi H qanday?
A)34,4m B)3,4m C)54,8m D)5,4m
15.Ideal issiqlik mashinasi bir siklda 500K haroratdagi isitgichdan 3000J issiqlik miqdori olsa, 300K haroratdagi sovitgichga necha joul issiqlik miqdori beradi?
A)1200 B)1000 C)500 D)18000>
Do'stlaringiz bilan baham: |