Birinchi bosqich - bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko`rinadigan yirik o`lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o`lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Ikkinchi bosqich – ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shitga o`rnatilgan asboblar bo`yicha olib boriladi. Yirik o`lchamli asboblardan foydalanish bu shitning bir necha metrga cho`zilib ketishiga olib keladi va shitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning bu davrida shitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo`ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o`lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |