radioaktivlik xodisasi juda qo’l kelgan.
Atom tuzilishi haqidagi ta‘limotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bog’liq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko’zga ko’rinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora kog’ozga o’ralgan fotografiya plastinkasiga ta‘sir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri – Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element – radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega.
Radioaktiv nurlanishni o’rganish shuni ko’rsatdiki, ba‘zi radioaktiv elementlar(alfa) zaryadi, boshqalari(betta) va (gamma) nurlar chiqaradi.
- zarracha musbat zaryadlangan bo’lib, uning massasi 4 uglerod birligiga teng, tezligi 20000 km / sek, geliy ionlari (He2+ ) dan iborat.
- zarracha manfiy zaryadga ega, uning harakat tezligi 100000 km/ sek. Bu nur tez harakatdagi elektronlar oqimidan iborat.
- nur zaryadsiz bo’lib, xuddi rentgen nuriga o’xshab elektr magnit to’lqin xossasiga ega. U juda qalin metall plastinkasidan ham o’tadi. U eelktr maydonida og’maydi. O’zining tabiati jihatidan yorug’lik nurlariga o’xshaydi, lekin to’lqin uzunligining juda kichikligi bilan undan farq šилади.
Radioaktiv nurlanishda bir element boshqa elementga aylanadi. Masalan, radiy o’zidan va - nurlar chiqarib enert gaz radon Rn ga aylanadi.
Atom yunoncha so’z bo’lib «bo’linmas» ma‘nosini anglatadi. Miloddan V asr oldin yashagan materialist olimlar Levkipp va uning shogirdi Demokrit barcha moddalar ko’zga ko’rinmaydigan darajada mayda zarrachalardan – atom (bo’linmas zarracha) lardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Lekin atomning murakkab sistema ekanligini M.G.Pavlov 1819 yildayok aytib o’tgan edi. XIX asrning 80 – yillarida B.N. Chicherin atom xuddi «Quyosh» sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb ta‘riflagan edi. A.M.Butlerov 1886 yilda «atomlar bizga ma‘lum kimyoviy jarayonlarda bo’linmas bulib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bo’linishi kerak» degan edi. 1896 yilda Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904 yilda J. Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar – elektronlar o’rab turadi degan fikrni aytdi.
Atom tuzilishi haqida birinchi «Planetar (nuklear) nazariya» 1888 yilda Rossiya olimi B.N.CHicherin tomonidan taklif qilingan bo’lib, bu haqda D.I.Mendeleev 1888 yilning 4 fevralida Rusiya fizika va kimyo jamiyati majlisida ma‘ruza qilgan. Lekin bu haqda xalqaro kimyo adabiyotida e‘lon qilinmagan. Keyinroq 1903 yilda Tomson planetar nazariyani inkor qilib o’zining nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga ko’ra atom – butun hajm o’zra bir tekis tarqalgan musbat zaryaddan iborat bo’lib, bu musbat zaryadni manfiy zaryadli elektronlar neytrallab turadi. 1911 yilda ingliz olimi Ernst Rezerford o’z tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. 1911 yilda E.Rezerford - nurlarni metall (yupqa) plastinkadan o’tkazganda, ularning ko’p qismi metall plastinkadan bemalol o’tib, yo’nalishini o’zgartirmasligini, bir qismi (oz qismi) yo’nalishini o’zgartirishini kuzatdi. Juda kamdan – kam hollarda zarracha sachrab orqaga qaytdi. Shu tajriba asosida Rezerford atom tuzilishining nuklear (yadro) nazariyasini taklif qildi: atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida elektronlar harakatlanadi. Atom elektrneytraldir, chunki elektronlar soni yadroning musbat zaryadi soniga teng. elektronlarning umumiy massasi atomdagi proton va neytronlarning umumiy massasidan ancha kichik. Shuning uchun atomning 99,9 % dan ko’proq massasi uning yadrosiga to’plangan. Atomga quyidagicha ta‘rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |