Bosh kvant soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va kobiqlardagi
elektronlarning maksimal soni.
III. 1 – jadval
Energetik qobiq n
|
Qobiq-chalar soni n ga teng.
|
Orbital-lar
|
Orbitallar soni
|
Elektronlarning maksimal soni
|
Qobiq-chada
|
Qobiq-
da n2 ga teng.
|
Qobiq-chada
|
Qobiq- da
|
K (n = 1)
|
1
|
1s
|
1
|
1
|
2
|
2
|
L (n = 2)
|
2
|
2s
2p
|
1
3
|
4
|
2
6
|
8
|
M (n = 3)
|
3
|
3s
3p
3d
|
1
3
5
|
9
|
2
6
10
|
18
|
N (n = 4)
|
4
|
4s
4p
4d
4f
|
1
3
5
7
|
16
|
2
6
10
14
|
32
|
Har qaysi orbitalda ko’pi bilan ikkita elektron bo’lishi mumkin – Pauli printsipi. Agar orbitalda bitta elektron bo’lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo’lsa – juftlashgan elektron deyiladi. Pauli printsipi N = 2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatdan ham, agar masalan uchinchi qobiqda (n = 3) 32 = 9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron bo’lsa, u holda elektronlarning maksimal soni 2 · 32 = 18 bo’ladi.
III.1 - jadvalda dastlabki to’rtta qobiq uchun bosh kvant soni n ning qobiqchalar soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va qobiqdagi elektronlarning maksimal soni bilan bog’liqligi ko’rsatilgan; III.2 – rasmda energetik qobiqlarning qobiqchalarga bo’linish sxemasi berilgan. Jadvalda ko’rinib turibdiki, atomdagi elektronlarni tasvirlash uchun elektron qobiqning raqamini va orbitallarning turlarini bilish lozim. Turli xil orbitallarning (bulutlarning) shaklini bilish muhim. Bu molekulalarning strukturasini o’rganishda kerak bo’ladi.
III. 2 – расм. Energetik qobiqlarning qobiqchalarga bo’linish sxemasi.
Nazariy ma‘lumotlarga muvofiq s – orbital sferik simmetriyali, ya‘ni shar shaklida bo’ladi. Bunda vodorod atomining orbitali, n =1 misol bo’la oladi. (III. 3- rasm). Bunday orbital s – orbital deyiladi. s – orbitaldagi elektron s elektron deyiladi.
III. 3 – rasm s – elektron orbitalning shakli.
2 – energetik qobiqda (N = 2) to’rtta orbital bo’ladi, ulardan bittasi sferik simmetriyaga ega. U 2s – orbital deyiladi. 2s – elektronning energiyasi ancha ko’p, shu sababli yadrodan 1s – elektronga qaraganda uzoqroq masofada bo’ladi. Umuman n ning har qaysi qiymati uchun bitta sferik simmetrik orbital bo’ladi.
R – orbital gantel yoki hajmiy sakkizlik shaklida bo’ladi (III. 4 - rasm). Atomda uchala р – orbitallar o’zaro perpenduklyar joylashgan. Ular fazoviy koordinatalarning o’qlari bo’ylab yo’nalgan, shu sababli ularning ko’pincha рх, ру va рz – orbitallar deb belgilanadi. Bunday belgilash р – orbitallarning fazoda qanday yo’nalganligini ko’rsatadi. Agar рх – orbital x o’qi yo’nalishida joylashgan bo’lsa, u holda рх – elektronning x o’qi yaqinida joylashish ehtimolligi eng ko’p bo’ladi. ру va рz orbitallar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
SHuni ta‘kidlab o’tish kerakki, n = 2 dan boshlab har qaysi energetik qobiqda uchta р orbital bo’ladi. n kattalashishi bilan elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan р – orbitallarni egallaydi, lekin x, у, z o’qlari bo’ylab yo’nalish doimo saqlanib qoladi.
d – orbital (beshta) va f – orbitallarning (ular yettita) shakli р – orbitallarnikiga qaraganda ham murakkabroq bo’ladi.
4 – rasm. R – elektron orbitallarning shakli va joylashuvi.
ADABIYOTLAR
1. K. Axmerov va boshqalar.
«Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’qituvchi», 1988 yil.
2. K. Axmerov va boshqalar.
«Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’zbekiston», 2003 yil.
N.A. Parpiev va boshqalar.
«Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston»,
2000yil.
4. Maksudov N. X.
Umumiy ximiya. K.x. injenerlik fakulteti stundentlari uchun darslik.
Toshkent.; «O’qituvchi», 1977 yil.
5. Obshaya ximiya; Uchebnik (Pod red. Ye.M. Sokolovskiy i L.S. Guzeya -3–e iz d. prerab. i dop. – M.: Izd – vo Moskva un.ta, 1989. – 640s.
6. Rustamov X.R.
Fizik kimyo: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T.
«O’zbekiston», 2000. – 487 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |