36. Allotropik shakl o’zgarishga ega bo’lgan moddalar qatorini aniqlang. 1) kumush 2) brom 3) oltingugurt 4) xlor 5) argon 6) kislorod 7) fransiy 8) fosfor A) 3,6,8 B) 1,2,5 C) 3,4,7 D) 2,3,7
37. Allotropik shakl ko’rinishlarining hosil bo’lish sabablarini ko’rsating. 1) molekuladagi atomlar sonining har xil bo’lishi 2) oddiy modda molekulasida atomlar sonining turlicha bo’lishi 3) element atomlarning har xil kristall shakllarini hosil qilishi 4) element atomlarning turli amorf shakllarini hosil qilishi 5) bir xil sifat va miqdor tarkibga ega bo’lgan moddalarning turli tuzilishga ega bo’lishi. A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3
38. Allotropik shakl o’zgarishi nomoyon qiladigan elementlar qatorini ko’rsating. A) kislorod, azot, brom, simob B) fosfor, qalay, selen, tellur C) oltingugurt, ftor, yod, rux D) oltingugurt, uglerod, vismut, litiy
Do'stlaringiz bilan baham: |