26. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi neytronlar soni kamayib borish tartibida joylashtirilgan javobni belgilang. 1) og’ir suv (D2O); 2) gidroksoniy kationi; 3) metan; 4) vodorod ftorid; 5) ammoniy kationi; A) 3,5,2,1,4 B) 4,3,1,2,5 C) 1,4,2,5,3 D) 1,3,4,2,5
27. Quyidagi keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi protonning neytronga nisbati birga teng bo’lganlarini tanlang. 1) og’ir suv (D2O); 2) gidroksoniy kationi; 3) metan; 4) vodorod ftorid; 5) ammoniy kationi. A) 3,4 B) 2,3,5 C) 1,2,5 D) 1,4
28. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektron yig’indisi kamayib borish tartibida joylashtirilgan javobni belgilang. 1) metan; 2) vodorod ftorid; 3) gidroksoniy kationi; 4) deyterometan; 5) o’ta og’ir suv (T2O) A) 5,2,4,3,1 B) 4,3,1,2,5 C) 1,4,2,5,3 D) 1,3,2,4,5
29. Elementning oksidlanish darajasi +2 bo’lganda, elektronlar soni 10 ta bo’lsa, undagi nuklonlar yig’indisi va nuklonlar (n, p) soni qancha bo’ladi. A) 28, 14, 14 B) 20, 10, 10 C) 26, 12, 14 D) 24, 12, 12
30. Noma’lum element atomidagi proton, neytron va elektronlarning umumiy soni 40 ta bo’lib, undan 32,5% ini elektronlar tashkil etadi. Elementning atom massasini aniqlang. A) 20,18 B) 28 C) 27 D) 16
Do'stlaringiz bilan baham: |