11.Moddalar tarkibidagi elementlarning foizlari.
1. 6,4 g kislorod massasi 16 g bo’lgan element bilan birikib EO tarkibli oksid hosil qilgan bo’lsa, elementni aniqlang. A) magniy B) bariy C) kalsiy D) stronsiy
2. 36 gramm uglerod, 4,214 ∙1024 dona vodorod atomi va 2 mol kislorod atomidan tashkil topgan moddaning formulasini toping. A) C2H5O2 B) C2H4O C) C3H7O2 D) C3H6O
3. 2,21 g mis(II) gidroksikarbonatini qizdirishdan 1,58 g CuO; 0,44 g CO2 va 0,18 g H2O hosil bo’lgan. Shu tuzning molekulyar formulasini toping. A) CuCO3 B) Cu(OH)2 C) Cu2(OH)2CO3 D) Cu(HCO3)2
4. Yer qobig’i massasining 47,2% kislorod va 8,8% alyuminiydan iborat. Undagi alyuminiyning har bir atomiga kislorodning necha atomi to’g’ri keladi? A) 15 B) 12 C) 9 D) 6
5. Besh valentli element oksidi tarkibida 56,33% kislorod bor. Elementning nisbiy atom massasini aniqlang. A) 75 B) 31 C) 14 D) 122
6. Davriy sistemaning IV gruppa elementining hosil qilgan yuqori valentli xloridi va oksidining molekulyar massalari nisbati 17:6 ni tashkil etadi. Bu elementni aniqlang. A) qo’rg’oshin B) uglerod C) germaniy D) kremniy
7. Tarkibida marganesning massa ulushi 49% kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating. A) Mn2O3 B) MnO2 C) MnO D) Mn2O7
8. Tarkibida azotning massa ulushi 63,63% kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining formulasini ko’rsating. 1) N2O 2) N2O3 3) N2O5 4) NO 5) NO2 A) 3 B) 4 C) 5 D) 1
Do'stlaringiz bilan baham: |