1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi



Download 224,5 Kb.
bet5/12
Sana26.04.2022
Hajmi224,5 Kb.
#582793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AKTIVLAR HISOBI CHALA

Masalan: Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni tashkil etadi.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o’tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o’xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko’rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo’li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari

Amortizatsiya ajratmalari davri

Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

Қолдиқ qiymati

1-yil oxiri

1 100 000

40% x 1100000= 440000

440 000

660 000

2-yil oxiri

1 100 000

40% x 660000= 264 000

704 000

396 000

3-yil oxiri

1 100000

40% x 396000=158 400

862 400

237 600

4-yil oxiri

1 100000

40% x 237600=95 040

957440

142 560

5-yil oxiri

1 100 000

(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
1000000-57440= 42560

1000 000

100 000

Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to’liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanali.


Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obеktining tugatish qiymati chеgirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob'еktning foydali xizmat muddati yillari yig’indisi va suratida obеktning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) bo’lgan nisbatdan kеlib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig’indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.
jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari

Amortizatsiya ajratmalari davri

Amortizatsnya kilingan kiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

1-yil oxiri

1000 000

(5/15x1000000)= 333333,3

333333,3

2-yil oxiri

1 000 000

(4/15x1000000)= 266666,7

600000,0

3-yil oxiri

1 000 000

(3/15x1000000)= 200000,0

800000,5

4-yil oxiri

1000 000

(2/15x1000000)= 133333,3

933333,3

5-yil oxiri

1000 000

(1/15x1000000)= 66666,7

1000000,0

Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so’mga teng bo’lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo’lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.

Download 224,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish