Asinxron motorlarni ta’mirlash texnologiyasi.
Mashinani ishlatish va saqlash vaqtida qizish, titrash paytidagi mexanik ta’siri, markazdan qochma va elektr dinamik kuchlar, namlik ta’siri va agressiv muhit natijasida o‘ramning izolyasiyasi bora – bora emiriladi. Izolyasiyaning strukturaviy va ximik tarkibining sezilmas o‘zgarishi eskirish deyiladi, eskirish paytida izolyasiya tarkibining yomonlashuvi jarayoni esa buzilish deyiladi.
Asinxron motorlarda ko‘pincha stator ishdan chiqadi. Bu 85-95 % motor ishlamasligining sababi hisoblanadi. O‘ramning ishdan chiqishi sababi cho’lg‘am qisqa tutashuvlari hisoblanadi. Titrash ta’sirida asta – sekin lakning emirilishi bashlanadi, o‘zaro yaqin joylashgan o‘tkazgichlar cho’lg‘am izolyasiyalari emiriladi, bir – biriga tekkan cho’lg‘amlar qisqa tutashuv konturini hosil qiladi.
Qisqa tutashgan konturning qarshiligi katta emas, shuning uchun tok ma’lum bir qiymatga ko‘tariladi va cho’lg‘amni qizdirib, izolyasiyaning qorayishini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha o‘ramning chiqish nuqtalari ishdan chiqadi. Ularni odatda qattiq qilib qisishmaydi va shuning uchun vibratsiya ta’sirida tez – tez qiyshayadi va qimirlaydi. chiqish nuqtalari izolyasiya kerakli darajada elastik bo‘lishi kerak.
Uch fazali asinxron motor faza сho’lg‘amlarini tekshirish.
Uch fazali asinxron elektr dvigatel nominal aylanish chastotada, agar uning uchala cho’lg‘ami ham to‘g‘ri ulangan bo‘lsagina o‘z valida nominal quvvat hosil qiladi. Uch fazali tok dvigatelining cho’lg‘amlari yulduz usulida to‘g‘ri ulanganda hamma cho’lg‘amlarning boshi S1, S2 va SZ tarmoq qismalariga, oxiri S4, S5 va S6 esa umumiy nolinchi nuqtaga ulanadi.Cho’lg‘amlardan birortasi noto‘g‘ri, masalan, oxiri tarmoqqa, boshi esa nolinchi nuqtaga ulangan bo‘lsa, dvigatel normal ishlamaydi.
Asinxron motorning tabiiy mexanik xarakteristikasi va ishchi mashinaning statik xarakteristikasi. Asinxron motorlar (A.D) elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantiruvchi uskunadir. U konstruktsiyasining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishlok xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi A.D. generatorlar
rejimida ham ishlashi mumkin. Umuman A.D.ning generator rejimida ishlashi
iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, ammo oxirgi yillarda
o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida
ishlatilishining bir qator ustunliklari borligini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalari asosan uch fazali motorlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |