1. Ashel davrida ibtidoiy odamlar hayotida qanday o`zgarishlar sodir bo`ldi?



Download 33,5 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi33,5 Kb.
#66483
Bog'liq
3-topshiriq Arxeologiya etnologiya


3-topshiriq

1.Ashel davrida ibtidoiy odamlar hayotida qanday o`zgarishlar sodir bo`ldi?

2. Ilk paleolit davri yodgorliklari qayerlardan topilgan?

3. Selung`ur makonini kimlar o`rgangan?



Javoblar

  1. Shell va ashel makonlari ochiq turdagi makonlar bo’lib, ular chaqmoqtosh xom ashyolari mavjud bo’lgan ochiq joylarda, tepaliklarda joylashgan. Ibtidoiy odamlar o’z ehtiyojini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurgan. Ular tabiatdagi tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib, hayot kechirgan. Ovchilik ham ular hayotida asosiy o’rinda bo’lgan. Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti - terimchilik va ov-o’zlashtiruvchi xo’jalik deb nomlanadi. Shell davrida yashagan odamlar asta-sekin yer yuzining ko’plab hududlariga o’rnasha boshlagan. Ashel davrida ular shimoliy hududlarga qarab siljigan. Ashel davridan odamlar sun’iy makonlarda yashashga harakat qiladi. Dastlabki sun’iy makonlar - g’orlar edi. Qadimgi odamlarning g’orlarga joylashishi va o’rnashishi bilan odamlar ko’chmanchi hayotdan o’troq kun kechirishga o’ta boshladi. Ibtidoiy to’da ichida ayollar va erkaklar o’rtasidagi mehnat taqsimlanadi. Ya’ni erkaklar ozuqa topish zarurati tufayli ko’proq ovga intilgan bo’lsa, ayollar g’orni qo’riqlash, bu davrda o’zlashtirilgan olovni o’chirmasdan saqlashga harakat qilishgan.Bu davr ozuqalari – yeyish mumkin bo’lgan o’simlik tomirlari, o’simlik mevalari, hayvon go’shtlari edi. Yangi ko’nikmalarning paydo bo’lishi va o’zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg’or jarayonlarning rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita natijasi bo’ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita - mehnat ko’nikmasi edi. So’nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan. Chunki o’t - olov sovuqdan, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun zarur edi. Bu davrda ibtidoiy odamlar turar joylarga ham zarurat seza boshladi. Chunki iqlim sovuq, havo nam bo’lib, odamlar g’orlarni egallashga kirishadi. Asta – sekin hayvon terilariga ehtiyoj tug’iladi. Bu davrda xo’jalik hayoti yuritilishida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. O’zlashtiruvchi xo’jalikni asosiy shakli bo’lgan terimchilik o’zining hal qiluvchi ahamiyatini yo’qota boshladi. Sababi, sovuq iqlimda tabiatda uchraydigan daraxt mevalari, o’simlik tomirlari kamyob bo’lib qoladi. Natijada hayvonlarni ovlashning ahamiyati ortadi. Asta - sekin ovlash usullari ishlab chiqiladi.Ovchilikda yog’och nayzalar, chaqmoqtosh qurollar ishlatila boshlanadi. Yangi sharoit va yashash zarurati ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash (qurollarni mukammallashtirish, teridan kiyim tikish), qurollar evolyutsiyasida yangiliklarni paydo bo’lishiga olib keladi. Ashel madaniyati - quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amyen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va b. joylarda uchraydi. Levallua texnikasi. Bu paytda Olduvay bosqichida ma'lum bo'lgan tosh qurollari turi ko'payib, ularning ishlanish usuli takomillashadi, ayniqsa, qo’l cho’qmori yanada mukammallashadi. Ashel davrining o'rtalaridan boshlab tosh qurollariga zamonaviy arxeologiya fan tilida levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan) texnikasi, deb ataladigan usulda ishlov berish an'anasi vujudga keladi. Toshga ishlov berishning bunday chaqmoqtoshli toshning atrofidagi tabiiy qobig’i urib uchirib olingandan so'ng hosil bo'lgan gardishsimon (toshbaqa po'stiga o’xshash) shaklli nukleusdan ko'chirib olinadigan tosh bo'laklari va ularning mehnat quroli sifatida ishlanish usuliga nisbatan levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi must’e davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o'lkalarda so'nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Bunday nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan to’g’ri va tekis bo'lib, undan tomonlari to’g’ri va nisbatan yupqa tosh bo'laklari uchirib olish imkoniyati oshadi. Levallua texnikasiga asoslangan usul vujudga kelgandan so'ng tosh qurollari turi ancha ko'payadi. Bu davrda tosh qurollariga retushlash asosida ikkilamchi ishlov berish usuli paydo bo'ladi. Retushlash deganda, o'zak, ya'ni nukleusdan ko'chirib olingan tosh bo'lakchasiga yordamchi vosita orqali kichik zarbalar orqali tig’ hosil qilish tushuniladi. Retush suyak, yog’och va ayrim hollarda toshlar yordamida amalga oshiriladi. Keyinchalik “отжимный ретуш”, biror vosita bilan siqib tig’ hosil qilish usuli vujudga keladi. Turli tosh navlaridan tashqari ibtidoiy odamlar yog’och va suyaklardan ham qurol sifatida foydalanishgan. Ibtidoiy kishilar yog’ochlardan turli maqsadli qurollar sifatida foydalanishgan bo'lsalarda, bizgacha ularning kam sonli nushalari saqlanib qolgan. Ularning saqlanib qolgan namunalari Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o'rganilgan. Bunday qurollardan kovlash ishlarini amalga oshirish yoki hayvonlarni ovlash maqsadlarida foydalanilgan bo'lishi kerak. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan ham o'ldirilgan fil qovurg’alari orasidan 215 sm. uzunlikdagi nayza sifatida ishlatilgan tissa navdasi aniqlangan. Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy, g’or-makon va ov jarayonida yashagan qisqa muddatli kulbalardan iborat bo'lgan. Ibtidoiy kishilari g’or-makonlarda va tekisliklardagi ochiq joylardagi chayla kulbalarida istiqomat qilishgan. G’orlarning ichki qismi odatda zah bo'lganligi sababli ularning oldida chaylalar barpo qilinib, ularning ayvonidan yog’inlardan to`suvchi tabiiy vosita sifatida foydalanilgan. Ibtidoiy kulbalarning izlari Tera Amanta, Lazaret g’ori (Fransiya), va Azix g’ori (Ozarbayjon) lardan topilgan. Ularning ayrimlarida o’choq izlari uchraydi. G’orlar kishilarning yashashi uchun boshpana bo'lib qolmay yirtqichlardan himoyalanuvchi vositasi vazifasini bajargan. Ashel davri oxiriga kelib, odamzod yer yuzining keng hududi bo'ylab yoyiladi. Bu davr yodgorliklari Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo'lgan yerlarga tarqalgan.Yevropaning ashel davri aholisi o'rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bug’u, va nosorglarni ov qilib kun kechirishgan. Aynan fil go'shti ibtidoiy odamlar oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. O'lja asosan yosh fil yoki uning bolalariga tegishli bo'lgan. Odatda o'lja ov qilingan joyda iste'mol qilingan. Bu davrga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklaridan topib o'rganilgan suyak topilmalari shundan dalolat beradi. Ibtidoiy jamoa a'zolarining ov jarayoni nihoyatda mashaqqatli kechgan. Birgina hayvonni ovlash uchun bir necha kunlab hayvonlar izidan ommaviy izg’ib yurishlariga to’g’ri kelgan. O'rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi. O'rta Osiyo hududi ibtidoiy kishilar tomonidan qachon egallanganligi to’g’risidagi ayrim ilmiy farazlar doirasida fikr yuritish mumkin bo'lgan yodgorliklar o'rganilgan. Ma'lumki, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklarini o'rganish ishlari A.P.Okladnikovning o'tgan asrning 30-yillarida olib borgan qidiruv ishlari natijasida Teshiktosh g’or-makonining o'rganilishidan boshlanib, hozirga qadar ko'plab yodgorliklar aniqlangan. Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va g’or-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog’ oldi va tog’li hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, o'tgan asrning 40-yillarida .P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Farg’ona vodiysi (Selung’ur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozog’iston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda .P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig’) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan. Bu mintaqaning ashel davri yodgorliklari sanasi akademik O’.I.Islomov o'zining oxirgi ilmiy maqolalarida Selungir makoni sanasini mil.avv. 1,5 mln. yilliklar doirasida beligilagan. Lekin, boshqa bir tadqiqotchi olimlar unga e'tiroz bildirgan holda, so'nggi ashelning ilk bosqichlariga oidligini e'tirof etishadi.O'rta Osiyoning eng qadimgi yodgorliklari orasida arxeolog olim V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan Janubiy Tojikiston hududidagi Guldara, Qaratov I va Lohutiy I kabi makonlari muhim o'rin egallab, ular ashel davrining turli bosqichlaridan xabar beradi. Ulardan eng qadimgisi Obimozor daryo vohasidagi Guldara makoni paleomagnit usulidagi tekshirish natijalariga ko'ra ashel davrining ilk bosqichiga oid. Makonning madaniy qatlamidan olingan tosh qurollarining hajmi ancha kichik. Ular dumoloq shaklli nukleuslar, tosh bo'lakchalari, uchrindilar, qirg’ichlar va sanchqilardan iborat bo'lib, ular qayroqtoshlardan yasalgan. Ashel davrining keyingi bosqichlariga oid Qaratov I, Lohutiy I va boshqa joy makonlari muhim ahamiyatga ega. Qaratov I yodgorligi Dushanbe shahridan 50 km. janubi-sharqda dengiz sathidan 1125 metr balandlikda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlari yerning tektonik siljishi natijasida soz tuproq tagiga ko'milib ketgan. Madaniy qatlamlaridan qazib olingan tosh qurollarining yasalishi juda sodda bo'lib, nisbatan kam sonli qismi past navdagi chaqmoqtosh va ko'prog’i daryo toshlaridan ishlangan. Ular chopperlar (skrebla, skrebki, prokolki to'qnag’ich) Yodgorlikda termolyuminissent usulidagi tekshirish natijalari asosan mil.avv. 200 ming yilliklar doirasida sanalanishi mumkinligi ta'kidlangan. Nisbatan rivojlangan madaniyat bosqichiga ega bo'lgan Lohutiy I yodgorligi Obimozor daryosining o'ng irmog’i Hashar daryosi soxilida joylashgan bo'lib, tosh qurollari daryo toshlaridan yasalgan bo'lib, Qaratov I yodgorligidagi tosh qurollarga nisbatan ishlanishi takomillashgan shaklga ega bo'lgan. Nukleuslari gardishsimon va bir maydonchali, bir tomonli. Shuningdek, daryo toshidan qo’pol ishlangan nukleuslar ham mavjud. Tosh qurollarga ishlov berishda qisman levallua texnikasi kuzatiladi. Tishli, o’yiq qilib ishlangan tosh qurollari va chopperlar ham uchraydi. Makonning madaniy qatlamlarini termolyuminissent usuli bo'yicha mutloq tekshirish natijalari uning 120-130 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan.Janubiy Qozog’istonning Qoratov hududidagi H.A.Altpisbaev o'rgangan Bo'riqazigan va Tanirqazigan yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Kichik Q’oratov hududida Kamer tog’ining janubiy yonbag’irlarida Ko'ktol daryosidan Sharqda yerning ustki qismidan tadqiqotchi ko'psonli tosh qurollarini terib olgan. Qurollar ko'kimtir-Qora rangli chaqmoqtosh tosh navidan ishlangan. Ulardan chopper va chopping shaklli tosh qurollar ko'pchillikni tashkil etadi. Ikki tomonlama ishlov berilgan qo’l cho’qmorlari mavjud bo'lib, tadqiqotchi olim ularning shakli, urib sindirish va ishlov berilish texnikasiga ko'ra ikki turini ajratadi. Sindirilmalar shakli va o'lchamiga ko'ra turli xildagi yirik nushalardan iborat. Mazkur yodgorliklar tadqiqotchi tomonidan ashell davrlari bilan sanalangan. Janubiy Qozog’istonda, Jambil viloyatida joylashgan Shabakti makoni muhim o'rin egallaydi. Tadqiqotchi tomonidan Kichik Qoratovning shimoli-sharqiy tomonidan ashell-must’e davrlari bilan sanalagan Takali va Qizilrisbek makonlari ham o'rganilgan. Tosh qurollari juda sodda bo'lib, yuqorida keltirilgan tosh navlaridan yasalgan. Sindirilmalar yuqorida keltirilgan xillaridan iborat. Nukleuslardan gardishsimon ikki tomonlilari ajralib turadi va ularning ayrimlari 20 sm.ga boradi. Ayrim nukleuslar uchburchak shaklli levallua ko'rinishda. Stratigrafik qatlamga ega bo'lmaganligi sababli tosh qurollarining shakllariga ko'ra ularning bir qismi must’e davriga oid bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Ochiq turdagi makonlardan Angren shahridan janubi-g’arbda Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmog’i hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Bu hudud Toshkent vohasidagi yirik tog’ tizmalaridan biri hisoblanadigan Chotqol tog’ tizimasining janubi-g’arbiy yon bag’irlarida joylashgan. Arxeologik yodgorlik 1962 yili O.M.Rostovsev tomonidan aniqlangan bo'lib, 2007 yilga qadar ma'lum to'xtalishlar bilan bir necha bor qazishma ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 60-80 yillarida M.R.Qosimov, 1994-1994 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti ilmiy rahbarligida (O'.I.Islomov - ekspedisiya ilmiy rahbari, K.A.Kraxmal, B.K.Sayfullayev, N.O.Hushvaqtov) RF FA Arxeologiya instituti Leningrad bo'limi hamkorligida (N.K.Anisyutkin) va 2007-2008 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti, RF FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya instituti va Bryussel san'at va tarix qirollik muzeylari qo'shma ilmiy espedisiyasi (O'zbekiston-Rossiya-Belgiya) tomonidan o'rganilgan. Amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasiga ko'ra 19 metr qalinlikda 49 ta madaniy qatlamlar aniqlanib, ulardan 22 tasi ashel, 24 tasi o'rta paleolit (must’e) va 3 tasi esa so'ngi paleolit davrlariga oid bo'lib, bu yerda ibtidoiy jamoa a'zolari taxminan ashel davrining ўxirgi bosqichlari (mil.avv. 200 ming yilliklar) dan to so'nggi paleolit (mil.avv. 24 ming yilliklar) davriga qadar muntazam hayot kechirganliklaridan habar beruvchi ashyoviy dalillar aniqlangan. O'rta Osiyoning ashel davri topilmalari orasida Selungir makoni ahamiyati yuqori sanaladi. Yodgorlik Oloy tog’ tizmasidagi qaydarkon degan joyda joylashgan. Dastlab u o'tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan bo'lib, so'nggi paleolit davri bilan sanalangan. 80-yillarda arxeolog olim O'.Islomov va 90-yillarda uning shogirdi K.Kraxmallar tomonidan qazishma ishlari davom ettirilgan. qazishma natijalarida yodgorlikning beshta madaniy qatlami aniqlanib, ulardan jami 1417 dona tosh qurollari, shundan 852 ta uchrindi, 306 ta turli tosh qurollari va 38 ta nukleuslar olingan. Shuningdek, hayvon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar ham topib o'rganilgan. Suyaklar ibtidoiy odam bosh chanog’ining yuqori qismi, olti dona tish va yelka suyak bo'laklaridan iborat bo'lgan. Hayvon suyaklari topilmalari esa ayiq, bo’ri, yovvoyi cho'chqa, buqa, tur, ot, arhar, bug’u va nasorglarga tegishli bo'lgan.Yodgorlikning shakllangan vaqtining mutloq davri bo'yicha ikki xil sanalar keltiriladi. U.I.Islomov yodgorlikning mutloq sanasini mil.avv. 1,5 mln. yillik bilan davrlashtirishsa, ayrim xorijlik mutahassislar uning qadimiyligini inkor etgan holda ashel davrining so'nggi bosqichiga oid ekanligini aytishadi. Shuningdek, Turkmaniston hududida Turkman (ilgargi Krasnavodsk) yarim oroli hududida Yangaja va hara Tengir temir yo'l stansiyalari oralig’ida arxaik shakldagi ko'chirindi (otshep) va ikki nushadagi keskich (rubilsa) topilgan Qashqirbuloq (Turkmaniston) On Archa (Qirg’iziston), yodgorliklari O'rta Osiyo hududida ashel davrining boshlaridan ibtidoiy jamoa kishilari yashay boshlab, ularga tegishli makonlar mintaqaning pasttekisliklaridan tortib, baland tog’ tizmalariga qadar bo'lgan keng hududlariga yoyilgan.Ashel davriga kelib odamlar birmuncha taraqqiyot darajasiga erishganlar. Endi kishilar turli tog’, daryo jinslari, asosan chaqmoqtoshdan qurol yasashni o‘rgana boshlaganlar. Qurollarni ishlash texnikasi birmuncha takomillashgan. Chaqmoqtosh qo‘l cho‘qmorining ikka tomoninga ham qo‘pol kertish yo‘li bilan ishlov berilgan. Asta–sekin tosh qurollarining turi ko‘paya boshlagan. Dastlab sixcha va qirg’ichsimon qurollar vujudga kelgan. Tosh sixcha qurollardan yog’och qurollar yasashda va ovda nayza tig’i sifatida foydalanilgan bo‘lsa, qirg’ichlardan kiyim–kechak uchun hayvon terilariga ishlov berishda foydalanganlar.

  2. O’zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel` bosqichiga oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko’plab topildi va bu davrning ko’plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag’or, Ko’lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg’ona vodiysida Selungur, CHashma va So’x makonlar topib o’rganilgan. Farg’ona vodiysida topilgan CHashma va So’x makonlari O’rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng’ur g’orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Selungur makoni. O’zbekiston hududida ashel` bosqichiga oid eng mashhur makon—Selungur g’ori hisoblanadi, chunki shu yerdan ilk ajdodlarimiz nishonasi—odam suyaklari qoldiqlari topildi. Selungur g’ori Farg’ona shahridan janubiy—g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan.

Selengur g’ori 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. U bu makonning qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida g’orning o’ng tomoninga tekshiruv shurfini solgan. Natijada dastlab u yerdan bir necha uchrindilar topib uni so’nggi paleolit davriga oid deb va uning sanasini 40—30 yilliklar bilan belgilagan. U yerda 1960 yillarda Ya.G’.G’ulomov boshchiligida Farg’ona paleolit otryadi Xaydarkon atrofida tadqiqot ishlari olib bordi. 1980 yilda arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirib, g’orning g’arbiy tomonida tekshiruv shurfini soldi. U yerda tadqiqot ishlari 1988 yillargacha davom etdi. Tadqiqotlar davomida o’rtacha qalinlikda 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Ular o’rta qalinlikdagi 60-70 sm dan iborat tabiiy qatlamdan bilan ajratilgan. Bu yerda ajdodlarimiz o’z makonlarini 5 marotaba uzoq vaqt mobaynida tark etib yashaganlar. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo’l cho’qmori, to’mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko’plab tishli qurollar, qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel` davriga mansub qo’l cho’qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir.

Makonning eng muxim topilmalari bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamdan topilgan. U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi, bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel` davrida yashagan arxantroplar deb topdilar.

1832 yilda Fransiyaning Somma daryosi bo‘yidagi Abbivil shahri yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida juda katta, hozirgi biror hayvonga teng kelmaydigan suyak qoldiqlari, kremen toshi topiladi. Bu topilmalar bojxona amaldori, havaskor arxeolog Bushe de Pertda katta qiziqish uyg‘otadi. XIX asrning 50-yillarida Olduvay (Tanzaniya) dankeyin 2-o‘rinda turuvchI qadimgi manzilgoh - Sent Ashel tolpiladi. Bu yerdan juda ko‘plab toshdan qilingan “boltalar” topiladi (800 gayaqin). Ular ustida 25 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog Rigollo ularni soxta emasligini tasdiqlaydi .Keyinchalik Shell (Fransiya), Ispaniyaning Dordon departamentida Solyutre va Mustye manzilgoh-larining topilishi tosh davri qurollarining yasalish uslubi va texnikasini o‘rganishga yo‘l ochib berdi. 1868yilda Shimoliy Ispaniyada Altamir g‘oridagi qoyatosh suratlari ovchilar tomonidan topiladi va arxeolog Savtuola tomonidan o‘rganiladi. Bunga o‘xshash qoyatosh suratlarI Dordondagi La-Mut g‘orida arxeolog Emil River tomonidan o‘rganiladi. 1892yilda birinchi marta Brassempuida suyakdan qilingan ayol haykalchasi topiladi.
3. Selungur makoni. O’zbekiston hududida ashel` bosqichiga oid eng mashhur makon—Selungur g’ori hisoblanadi, chunki shu yerdan ilk ajdodlarimiz nishonasi—odam suyaklari qoldiqlari topildi. Selungur g’ori Farg’ona shahridan janubiy—g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan. Selengur g’ori 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. U bu makonning qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida g’orning o’ng tomoninga tekshiruv shurfini solgan. Natijada dastlab u yerdan bir necha uchrindilar topib uni so’nggi paleolit davriga oid deb va uning sanasini 40—30 yilliklar bilan belgilagan. U yerda 1960

yillarda Ya.G’.G’ulomov boshchiligida Farg’ona paleolit otryadi Xaydarkon atrofida tadqiqot ishlari olib bordi. 1980 yilda arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirib, g’orning g’arbiy tomonida tekshiruv shurfini soldi. U yerda tadqiqot ishlari 1988 yillargacha davom etdi. Tadqiqotlar davomida o’rtacha qalinlikda 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Ular o’rta qalinlikdagi 60-70 sm dan iborat tabiiy qatlamdan bilan ajratilgan. Bu yerda ajdodlarimiz o’z makonlarini 5 marotaba uzoq vaqt mobaynida tark etib yashaganlar.

Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo’l cho’qmori, to’mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko’plab tishli qurollar, qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel` davriga mansub qo’l cho’qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir. Makonning eng muxim topilmalari bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamdan topilgan. U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi, bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel` davrida yashagan arxantroplar

deb topdilar.



Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimgi aj-dod-larimizni ilk tarixini yorituvchi ajoyib arxeologik yodgorlik bu Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasini chegarasida aniqrog‘i g‘arg‘ona vodiysidagi Xaydarkon bilan So‘x o‘rtasida joylashagan Seleungur krorgoxidir. Bu ajoyib yodgorlikni topilishi garchi XX asrning ikkinchi yarmi boshlariga to‘g‘ri kelsada, uni o‘rga-nish jarayoni poyoniga etmagani sababli, bu qarorgoxda Markaziy Osiyo xalqlarining ilk ajdodlari yashagan bo‘lishlari-ga qaramay, ularni tarixiy ahamiyati, tutgan o‘rni, xronologiyasi to‘la ochib berilmagan edi. Shuning uchun ham Qizil imperiya davrida arxeologiya fani bo‘yicha chop etilgan qo‘l-lanma va darsliklarda eng qadimgi yodgorliklar qatoriga Kavkazdagi Kudaro-TSona va Azix qarorgoxla-ri kiritilgani xolda, nafaqat Seleungur balki, Ko‘lbuloq yodgorligi ham tilga olinmagan edi. Biz uchun eng qizig‘i va ahamiyatlisi shundaki, agar yuqoridagi tilga olingan Kavkaz hududidagi yodgorliklar xronologik jixatdan ashell‘ning o‘rtalariga to‘g‘ri kelsa bizning ajdodlarimizni ilk makoni bo‘lgan Seleungur yodgorligi ashell‘ning boshlariga to‘g‘ri keladi. D. A. Avdusinning Moskvada 1989 yilda chop etilgan «Arxeologiya asoslari» nomli darsligida Kavkazdagi ashell‘ning o‘rtalariga oid bo‘lgan Kudaro -1 yodgorligida ming yil davomida uzluksiz hayot davom etgani ko‘rsatiladi. Vaxolanki, Angrendagi Ko‘lbuloq yodgorligida bir necha yuz ming yillar davomida uzluksiz ravishda ajdodlarimizni yashaganliklari olimlarimiz tomonidan ilmiy asosda isbotlab berildi. Ajodlarimizni ilk qarorgoxi bo‘lgan Seleungurni arxeologiya faniga noyob yodgorlik sifatida kiritili,-shida Uzbekiston Respublikasi g‘anlar Akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori O‘tkir Islomov roli kat-tadir. O‘. Islomov tomonidan Seleungurda qariyb 10 yil mobaynida olib borilgan arxeologik qazish 41ishlari natijasida Markaziy Osiyo arxeologiyasiga juda katta yangil iklar kiritildi. Bulardan eng muximi, bu bizning hududimizda eng qadimgi ya`ni, ashell‘ davriga mansub bo‘lgan ajdodla-rimizni suyak qoldiqlarini topilishi bo‘ldi. Bu suyak qol-diqlari bosh, elka suyaklari va bir nechta tishlardan ibo-rat bo‘lib, bular taniqli antropolog olimlar V. M. Haritonov va A. A. Zubovlar tomonidan o‘rganilib, bu suyak qoldiqlari arxantroplarga tegishli ekanligi ilmiy jixat-dan isbotlab berildi. Seleungur yodgorlgida 13 ta madaniy qatlam mavjud eanligi aniqlanib, ulardan jami 1500 dan ortik mehnat qurollari vva ularni chiqindilari topildi. Seleungurda arxantroplarga tegishli suyak qoldiqlariqi to-pilishi birinchi katta yangilik bo‘lsa, ikkinchi katta yangi-lik Seleungurdagi toshdan yasalgan mehnat qurollarini Markaziy Osiyoda xaligacha topilmaganligi va ularni faqat o‘ziga xosligi bo‘ldi. Bu mehnat qurollarini yasagan ajdod-larimiz bo‘lmish arxantroplarga olimlarimiz tomonidan «g‘ergantrop» (g‘arg‘onalik odam) deb nom berildi. Demak Noto ‗a‘ P«§ lar bo‘lmish zindjantrop, pitekantrop va sinantroplar qatoriga fergantroplar ham ko‘shildi. Xronologik jixatdan fergantroplar pitekantroplardan keyin, si -nantroplardan esa oldingilari hisoblanadi44.

Seleungurdagi uchinchi katta yangilik eng qadimgi hay-vonlarning suyak qoldiqlarini ko‘plab topilishi bo‘ldi. Bo‘larning ko‘pchiligi 1 million yil avval yashab, keyincha-lik umuman yo‘qolib ketgan hayvonlar- g‘or arsloii, qadi-miy ot, qulon, nasorog va boshqalarni suyak qoldiqlari ekanligini aniqlanishi bo‘ldi. Chunki bu topilmalar Sele-ungur yodgorligini yoshini 1 million yil bilan belgilanishiga xech qanday shubxa qoldirmaydi. Seleungurda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi ajdodlarimiz tarixini nafaqat 10 karra qadimiy-ligini balki, O‘rta Osiyodagi must‘e yodgorliklarini tarixiy ildizi shu O‘rta Osiyoni o‘zidan ekanligini. ya`ni chetdan keltirilmaganini kursatdi, Bunday katta ilmiy kashfiyotlar akademik Ya. G‘. G‘ulomov raxbarligida milliy kadrlar-dan tashkil topgan o‘ziga xos maktabning dastlabki mevala-ri bo‘lib, O‘rta Osiyoda inson tarixi 80- 100 ming yildan 1 million yilga etkazildr. Ma`lumki Afrikadagi Olduvey madaniyatiga oid eng qadimgi mehnat qurollarini asosan 3 ta turi mavjud edi. Bo‘lardan biri ko‘p qirrali yumaloq shaklga yaqin qiyofadagi tosh qurollar bo‘lib, ular rus adabiyotlarida «mnogogranniki» deb ataladi. Bu qurollardan o‘simlik tomirlarini va hayvon suyaklariny maydalab is-te`mol qilishda foydalanganlar. Bu qurollarni arxeolog -lar urish qurol (udarnaya orudiya) lari deb ataganlar. Ik-kinchi xil qurollari asosan uchirindi (otshep‘) lardan qi-lingan bo‘lib, ularni xajmlari har xil bo‘lgan. Ulardan



asosan go‘shtlarni kesib eyiShda foydalanganlar. O‘chinchi xili chopper va

choppinglar bo‘lib, ular asosan qayroq tosh-lardan yasalgan.Shuni aytish joizki, Seleungurda dastlabki qazish ishlarida ajdodlarimizni ilk mehnat qurollari bo‘lgan nayzasimon (pik) lar, yumaloq shakl (sferaoid) ga yaqin bo‘lgan mehnat qurollari uchburchaksimon (kliver) larda og‘ir to‘mtoq boltasimon (kolun) lar qo‘l chopqi (ruchnaya rubila) lar juda kam topilgan bo‘lsalar keyingai yillarda ular ko‘plab topildi. Bu turdagi mehnat qurollarini Seleungurni 13 ta qatlamini barchasidan ko‘plab topilishi bizning Farg‘ona vodiyimizda ashell‘ davrini uzoq yillar da-vomida uzluksiz ravishda rivojlanagnidan dalolat beradi. Shuni alohida ta`kidlash joizki ashell‘ davrida yashagan odamlarni ajdodlari er sharini qaerida yashagan bo‘lishla-ridan kat`iy nazar yuqorida tilga olingan tosh qurollari bilan bir qatorda yog‘och qurollardan ham foydalanganlar. Shunday bo‘lishi tabiiy xolatdir. Chunki, yog‘ochdan qurol 43yasash birinchidan, tosh qurol yasashga nisbatan qulayrok, ikkinchidan yog‘och xom-ashyo sifatida turli regionlarda ko‘plab uchrab turadi. eng muximi yog‘ochdan yasalagan mehnat va ov qurollari samaradorliklari jixatidan tosh quroldan kolishmaydilar. Ammo yog‘ochlardan yasalgan mehnat va ov qu -rollari duch kelgan daraxt shoxlaridan ham yasalavermagan. Imkon qadar qattiq va .og‘irligi boshqa daraxtlarga nisba-tan vazmin bo‘lgan daraxt shoxlaridan aniqrog‘i silliq va kam butoqli shoxlardan yasalgan. Bu borada uzoq yillar tajriba ishlarini olib borgan arxeolog olimlarimizni fikrlariga ko‘ra Evropaning ko‘p joylarida dub va tissa daraxtlaridan, Kavkazda samshid va O‘rta Osiyoda do‘lana daraxti shoxlaridan foydalanganlar. Bu qattik daraxtlarni silliq shoxlaridan ajdodlarimiz asosan 4 xil ko‘rinishdagi qurollarni yasaganlar. Bular o‘zlarini bajaradigan vazi falriga qarab, 2 ga bo‘linadilar: 1. mehnat qurollari, 2. ov qurollari. Mehnat qurollariga «pal‘ka-kopal‘ka» ya`ni bir tomoni nayzasimon uzunligi 1 metrdan oshmaydi-gan daraxt tomirlarini va turli xasharotlarni qazib olish-ga mo‘ljallangan. Ikkinchisi «kolotushka» bo‘lib, bu mehnat kuroli prizma shaklidagi o‘zaklardan plastinkalarni uchi-rishda va uchirindilarni ishchi qismlarni retush qilishda foydalanilgan. Qattiq yog‘ochlardan yasalgan ov qurollari esa ovchining bo‘yiga qarab ikki metr xatto undan ham uzun bo‘lgan. Bu xildagi ov qurollari asosan ma`lum bir masofadan turib hayvonlarga zarb bilan irg‘itib sanchishga mo‘ljallanganli-gi uchun ularni bir uchi juda o‘tkir uchli bo‘lgan. Bu ov qu-rollarini yo‘g‘onligi hozirgi zamon ketmon soplaridan yo‘g‘on bo‘lmagan. Bularni bir uchlari avval tosh qurollar yordamida qalam uchiga o‘xshatib yo‘ilgan, so‘ng o‘t alangasida engil kuydirilib, kuygan joylarini erga ishkab silliq-lashtirilgan. Natijada juda o‘tkir nayza uchi xosil bo‘lgan. etnografik ma`lumotlarga qaraganda, bir xindu (indeets) shu xildagi ov quroli bilan o‘z hayoti davomida 978 ta yaguar ya`ni arslonni yakkama- yakka olishuvda o‘ldirgan. Ammo shuni Ham aytish keraki shu xildagi ov qurollari hamma yodgor-liklarda ham saqlanib qolmagan. Sababi yog‘och qurollari Kanchalik kattik yog‘ochlardan yasalgan bo‘lmasin ular uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega emaslar. Lekin shunga Qaraman ba`zi joylarda bunday yog‘ochdan yasalgan ov qurollari bizgacha saqlanib qolganlari ham bor. Masalan ashell‘ davriga oid biz uchun juda ahamiyatli bo‘lgan yog‘och qurollar qoldig‘i Ispaniya`ning Toral‘ba qarorgoxidan ov nayzala-rining uchi va qazish uchun ishlatilgan palka- kopalkalarni qoldiqlari topildi. Angliya`ning Klekton qarorgoxidan esa tissadan qilingan nayzaning uchi topildi. Germaniya`ning Leringen qarorgoxidan esa tissadan yasalgan uzunligi 2 metru 15 santimetrlik nayzani filni qobirga oralig‘iga sanchilgan xolatida topildiki, bu qurolni funktsiyasi o‘zi bilan edi. Bu ov qurolini biz uchun eng ahamiyatlisi nayzaning uchini o‘tkirlash maqsadida o‘tda kuydi-rishdan foydalanganligidir

Yuqoridagilardan xulosa shuki ashell‘ davri ajdodlarimiz o‘z hayotlarida



faqat tosh qurolllardangina foydala-nib kolmasdan yog‘och qurollardan ham keng foydalanganlar. Garchi bizning O‘rta Osiyodagi madaniy qatlamlarga ega bo‘lgan Ko‘lbuloq va Seleungur qarorgoxlarida yog‘och qurollar topilmagan bo‘lsada, bu qarorgox egalarining yog‘och qu-rollardan foydalanganliklariga shubhamiz yo‘q. Bundan tashqari Selung`ur makonida D.N. Lev, B.A. Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R. Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O‘.I. Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.


Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish