1. Қасддан одам ўлдириш жиноятининг оғирлаштирувчи ҳолатларини таҳлил қилинг



Download 77,48 Kb.
bet17/36
Sana08.07.2022
Hajmi77,48 Kb.
#758252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Jinoyat tayyor nazariy

Subyektiv tomondan jinoyat toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi. Shaxs fohishaxona tashkil etish va saqlash yoki boshqa shaxslarning jinsiy ehtiyojini qondirishga xizmat qilishga qaratilgan harakatlarni bajarayotganligini anglaydi va buni xohlaydi.
Jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi motividir. oʻsha qilmish tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan hollardagina, aybdor JK 131-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunda mansabparastlik, oʻch olish, xushomadgoʻylik, laganbardorlik va h.k. boshqa past niyat hisoblanadi.
Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan har qanday aqli raso shaxs boʻlishi mumkin.


18. Моддий маданий мерос объектларини нобуд қилиш, бузиш ёки уларга шикаст етказиш жиноятининг таркибий элеметларини таҳлил қилинг.
Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻri-sida»gi Qonuniga muvofiq, mazkur qonunni buzgan shaxslar belgi-langan tartibda (ma’muriy yoki jinoiy) javobgarlikka tortiladilar.
Jinoiy javobgarlik davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklariga tajovuz qilingan hollardagina yuzaga keladi. Jinoyat obyekti jamiyatning normal rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kabi manfaatlar hisoblanadi.
Davlat muhofazasidagi har xil moddiy madaniy meros obyektlarini (tabiiy obyektlar, tabiiy favvoralar, sharsharalar, ajdodlarimizning maqbaralari, qoʻriqxonalar va hokazolar) jinoyatning predmeti boʻlishi mumkin. Shu oʻrinda mazkur obyektlarning muhofazaga olingani toʻgʻrisida tegishli idoralarning qarorlari chiqarilgan boʻlishi va bu biron-bir usul bilan fuqarolar e’tiboriga yetkazilgan boʻlishi lozim.
Jinoyatning obyektiv tomoni davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini qasddan nobud qilishda, buzishda yoki ularga shikast yetkazishda ifodalanadi. Bunda JKning 132-moddasi 1-qismi boʻyicha javobgarlik koʻrsatilgan harakatlar xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilgandan soʻng sodir etilgan holdagina vujudga keladi.
Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish deganda, ularning qayta tiklash imkoniyati boʻlmagan holda butunlay yaroqsiz holga keltirilishini tushunish lozim.
Moddiy madaniy meros obyektlarini buzish deganda, qayta tiklash imkoniyatini qoldirgan holda ularga ma’lum darajada zarar yetkazilishini tushunish kerak.
Moddiy madaniy meros obyektlariga shikast yetkazish deganda, ularga muayyan zarar yetkazilgan boʻlib, buning oqibatida yodgorliklar badiiy, tarixiy, arxeologik, ilmiy qiymatining yoʻqolishi tushuniladi.
Moddiy madaniy meros obyektlarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish usullari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Bu yondirish, vayron qilish, suv bostirish, jismoniy ta’sir koʻrsatish va hokazo boʻlishi mumkin.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilingan, buzilgan yoki ularga shikast yetkazilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblandi.
Aybdor oʻz qilmishi natijasida koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, JK 132-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.

Download 77,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish