Asaka tuman xalq ta’limi bo’limi 50 – umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021 - 2022 – o’quv yilining 18 - aprel kunidan 23 – aprel kunigacha bo’lgan o’quv haftasi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
M a’ l u m o t
1.Asaka tuman xalq ta’limi bo’limi 50 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quv haftasi davomida Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Mirkamilov tomonidan viloyatdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o’quvchilarning davomati, kiyinishini yanada yaxshilash maqsadida tashkil qilingan “ Dolzarb 15 kun “ loyihasi asosida ishlar tashkil qilindi.
2.Maktabdagi mavjud 12 ta sinf o’quvchilarining kunlik davomati , kiyinishi o’rganildi va olingan natijalar tahlil qilib borildi. Natijada davomat o’rtacha 7 – sinfda 98 foizni , 8 – sinfda 93-97 foizni, 9 – sinfda – 92 – 96 foizni , 10 – sinfda 91 – 94 foizni tashkil qilishga erishildi.
3.O’quv haftasi davomida Asaka tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan tuman miqyosida asosiy o’quv fanlaridan tashkil qilingan fan olimpiadalarida maktabning 9-10 – sinflar o’quvchilarining ishtiroki ta’minlandi
4. Sinf rahbarlari yordamida har bir sinfda sinfdagi o’quvchilarning har bir dars soatida o’tirishlarini hisobga olib borish dafrtari joriy etildi va sinfning eng faol o’quvchilari tomonidan muntazam tekis yuritilmoqda.
5.Maktabda faoliyat olib borayotgan Ijodiy , madaniy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi Sobirova Inoyatxon tomonidan maktabda o’qiydigan sinflardagi o’quvchilarning kunlik raqamli davomati olib borildi.
6.O’quv haftasi davomida Asaka tuman Ichki Ishlar Bo’limi tomonidan maktabimizga biriktirilgan psixolog inspektor Voxobjonov Boburbek, Navoiy Mahalla Fuqarolar Yig’ini profilaktika inspektori katta leytinant Uzoqov Murodbek maktabimizga tashrif buyurishdi va ular tomonidan maktabimizning 7-8-9-10- sinflarda “ O’quvchi “ , “ Davomat “ , “ Tig’ “ va “ Telefon” tadbirlari o’tkazildi.
7.5-muxim tashabbus doirasida to’garaklar faoliyati davom etmoqda. Maktabning ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F Turg’unov va Maxalla yoshlar yetakchisi Parpiyev D lar tomonidan sportning shaxmat turi bo’yicha 5-6-7-8-9-10 sinf o’quvchilar o’rtasida musobaqa tashkil etildi.
8. 5-muxim tashabbus 5-yo’nalishi bo’yicha maktabda to’garaklar tashkil etilgan.O’quvchi yoshlarimiz pazandachilikning sir asrorlarini ustozi Xabibullayeva Nigoraxondan o’rganib kelmoqdalar.
9.2022 – yil 18 - 19 – aprel kunlari Maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bag’ishlab “ Zakovat “ , “ Bahru bayt “ va “M.Yusuf siymosini chizish” bo’yicha ko’rik tanlovning maktab bosqichi o’tkazildi va 2022 – yil 21 - aprel kuni tumanimizning 57 – maktabiga maktabning terma jamoasi ishtirokchilarini ko’rik tanlovning tuman bosqichida ishtiroki ta’minlandi.
Maktab direktori: M.Nomonboyeva
23 – aprel 2022- yil