1. Arxeologik ma'lumotlar Malayya arxipelagidagi, hozirgi Indo­neziya hududiga Janubi-Sharqiy Osiyoliklarning migratsiyasi yuqori paleolit davridan boshlanganligi taxmin qilinadi



Download 23,81 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi23,81 Kb.
#296641
1   2   3   4


4. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarini qo’l mehnatiga o’rgatish qiziqish uyg’otish mehnat orqali hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakillantirish.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiya va kasbga yo’naltirish. Bolada ijodiy ko’rgazmalar o’yinlar uchun atributlar yasashga xoxish uyg’otish.Qog’oz va kartar kabi materiallar xususiyati bilan tanishtirish.


Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish.Tasviriy san’at sohasiga doir qobiliyatini aniqlash va shakillantirish.Qalam mo’yqalamni ushlash loy plastilin bilan ishlash qaychida ayrim narsalarni qirqib yelimlash orqali mayda qo’l mushaklarini rivojlantirish.

Bola tasviriy faoliyat mashg’ulotlari orqali diqqatni bir joyga taqsimlay olishni va ishni oxiriga qadar bajarishni o’tira olishni o’rganish.Tabiatni atrof-muhitni kuzatishni uni asrab-avaylashni ardoqlashni unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi.Jamoa bo’lib mehnat qilish ishni rejalashtirib olish o’rtoqlarini eshita olish va o’zaro fikr mulohazalarini inobatga olgan holda ishlash malakasini shakillantirish.

Sahnalashtirish faoliyati nutq ifodaliligini shakillantirish,intelektual va badiiy estetik tarbiya bilan bog’liq ko’plab pedagogik vazifalarni xal etish imkonini beradi.Sahnalashtirish faoliyati bolaning xissiyotlarini rivojlantirishning tuganmas manbasi hisoblanib uni ma’

naviy boylikka oshno qiladi.



Xalqimizning boy madaniy ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’ladi va ularni o’z ishlarida ifodalashga o’rganadi.Har bir insonning hayoti o’yinlar bilan o’tadi u bolada kattalarning hayotiy qonun qoidalarini anglashni o’rgatadi.Har bir bola o’zi bilgancha o’ynaydi lekin bu o’yinlar asosan kattalar sevimli qahramonlaridan o’rganib ularga taqlid qilgan.

5. Qoʻgʻirchoq teatri - teatr sanʼa ti turi, Chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib koʻrsatiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasi. Qoʻgʻirchoqlarning turi (toʻla, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qoʻlga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam boʻyidan ham yuqori qoʻgirchoqlar) bilan bogʻliq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy anʼanalar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy boʻrttirma Qoʻgʻirchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yoʻnalishlar qaror topishini taʼminlagan. Qoʻgʻirchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, goratsiy, Avreliy va boshqalarning maʼlumotlari boʻyicha 5—6-asrlardayoq Qoʻgʻirchoq teatri paydo boʻlgan. Sharqda Qt.ning barcha shakllari mavjud boʻlgan, biroq shundan soya teatri (Oʻzbekiston hududida "Fo-nus xayol" deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qoʻgirchoq tomoshalari boʻlgan. Sharkda hamon Qoʻgʻirchoq teatrining anʼanaviy turlari va shakllari yashab keladi. Gʻarb mamlakatlarida esa 19-asrning oʻrtalaridan boshlab xalq Qoʻgʻirchoq teatri inqirozga uchrab, uning oʻrnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim profes-sional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asr boshida Rossiyadagi xalq Qoʻgʻirchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning anʼanalari, tajri-basi yangi shakldagi Qt.ning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924 yil Ye.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Qoʻgʻirchoq teatri, 1931 yilda S.V. Obraz-sov rahbarligidagi Markaziy Qoʻgʻirchoq teatri tashkil qilindi.

Oʻzbekistonda Qoʻgʻirchoq teatri oʻtmishda taraqqiy etgan boʻlib, uning "chodir xayol", "chodir jamol", "fonus xayol" turlari faoliyat koʻrsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qoʻgʻirchoqbozlarining 40 ga yaqin toʻdasi (har toʻdada qoʻgʻirchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda boʻlgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatri havaskorligi 20-asrning boshlaridan boshlangan. 1939 yil Toshkentda Respublika qoʻgʻirchoq teatri, 1968 yil Andijonda "Lola" teatri tashkil topdi. Oʻzbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va koʻplab havaskor qoʻgʻirchoqteatrlari faoliyat koʻrsatadi (2005).


Download 23,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish