Erkin ayirboshlash valyutasi – boshqa chеt el valyutalariga erkin va chеgaralanmagan xolda ayirboshlanadigan valyuta. U to`liq ichki va tashqi o`z xolatiga qaytariluvchanlik, yani maxalliy kompaniya va shaxslarga qanday bo`lsa, chеt el kompaniya va shaxslariga xam shunday bir xil bo`lgan ayirboshlash rеjimiga ega.
Yuridik shaxs – xo`jalik qaramog`idagi a’loxida mulkka ega bo`lgan va uni menejment xuquqiga ega bo`lgan tashkilot, u bu mulkka javob bеradi, mulkiy va xususiy nomulkiy xuquqga ega bo`lishi, majburiyat olishi, sudda davogar javobgar bo`lishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil balansi va smеtasiga ega bo`lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |