4.2-jadval
Xorijiy kurortlarda animatsion tipdagi xizmatlar
Standartli
|
Qo‘shimcha
|
Eksklyuzivli
|
Bolalar shaharchasi, o‘yin avtomatlari
|
Velosipedlar, roliklar, skuterlar prokati
|
Skaladrom
|
Bolalar xonasi
|
Tennis kortlar
|
Peyntbol-klub
|
Basseyn, suvli shou va o‘yinlar
|
Komondon va arboletdan o‘q otish
|
Rollerdrom
|
Voleybol maydonchasi
|
Basketbol maydonchasi
|
Batut
|
Plyaj
|
Park
|
Kompyuter klubi
|
Diskozon/tansa maydoni
|
Dayv-markaz (snorkling)
|
Avtodrom
|
Grimxona va di-jey joyi
|
Pnevmatik tir
|
Armrestling klubi
|
Sportkompleks
|
Qo‘shiq-grin klubi
|
Mini akvapark
|
Har bir turistik joylashtirish ob’ekti (mehmonxonalar, turistik komplekslar, turbazalar va boshq) o‘zining kundalik ko‘ngilochar dasturiga ega, qaysikim u dam oluvchilar kontingenti va soni, ob’ekt joylashgan o‘rni, xodimlar, ovqatlanish grafigi, ekskursiyalar va boshqalarga bog‘liqdir. Turistik sohada muvaffaqiyatli rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘ngil ochish industriyasi sifatli dasturlar, qimmat turadigan va yuqori sifatli uskunalar, boshqaruvda yangicha yondoshuv, yuqori malakali xodimlarni talab qiladi.
Turistlar uchun maroqli dam olishning asosiy (bosh) xususiyati dam olish davomida ularning ruhiy holati, kayfiyati hisoblanadi. Dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda shuni yodda tutish muhimki, turistik joylashtirish ob’ektining yuqori sifatli holati o‘z-o‘zidan turist uchun to‘la qonli qulaylikni ta’minlab qolmaydi. Mehmonxona, turistik komplekslar devorlarini jonlantirish kerak, dam oluvchilarni ularni joylashtirganlarni g‘oyalariga singib ketish imkonini berish lozim – mana qabul qiluvchi tomonning bosh vazifasi. Turistik joylashtirish ob’ekti shtat tarkibini ishlab chiqishda va xodimlarni dam oluvchilar ruhiy holatiga ta’sirini tahlil etishda shuni e’tiborga olish kerakki, mehmonxonada xo‘jaligida u yoki bu ruhiy muhitni yaratishda animatsion servis xodimlari – animatorlar asosiy rol o‘ynaydilar.
Pirovard natijada aynan ularning shaxsiy sifatlari va turistlarda shinamlik, qulaylikni his etish to‘yg‘usini uyg‘otish mahorati mehmonxona va turistik komplekslar mehmonlari to‘la qonli dam olishini ta’minlaydi.
Animator – turistik bozorda turist – sport mahsulotlarini shakllantirish va ilgari surish bo‘yicha mutaxassis va turistlarni sport-sog‘lomlashtirish faoliyatini tashkil etuvchidir. Animatsion sektor professional komandasi o‘yinlar, konkurslar va sport musobaqalari tashkil etadi va o‘tkazadi. Tomoshaga teatrli va raqs shou, myuziklar, komediyalar, klassik musiqa ishtirokchilarini taklif qiladi, kinofilmlar namoyish qiladi, plyajda kechalar o‘tkazadi va h.k. Mehmonxonalar animatsion sektorlari faoliyati servisdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etib, mehmonxonani daromad olishini ko‘paytiradi.
Bo‘sh vaqtni o‘tkazishning har qanday usuli u psixologik jihatdan o‘zini oqlagandagina yaxshi. Ishi doimiy zo‘riqishni talab qiladigan odamlar uchun dam olish – xordiq chiqarish, charchoq va zo‘riqishni bartaraf etish foydalidir. Ayrim odamlar esa aksincha o‘z kuchini faollashtirshiga zarurat sezadi. Bundan tashqari, animatsion faoliyatni majburiy tarzda dam oluvchilar kontingenti jins, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish talab qilinadi. Shu nuqati nazardan ushbu joyda joylashgan madaniy-bo‘sh vaqt muassasalarini birgalikda amalga oshiriladigan maqsadli dasturlarini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
Dam olish dasturi qancha xilma-xil bo‘lsa, u shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Bu ayniqsa bolalar uchun animatsion dasturlar ishlab chiqishda g‘oyat dolzarbdir.
Animatsion servis bir necha asosiy konponentlardan mujassamlashadi. Qulay, tashqi sharoit hisobga olingan holda animatsion loyihani amalga oshirish shakli quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi (4.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |