1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

6.1-jadval 
Shou nomi 
Syujet 
Notre-Dame de Puris 
V. Gyugoning «Parij Bibi Maryam sobori» romani 
motivlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari 
Moulin Rouge 
«Moulin Rouge» fransuz kabare asosida tomosha 
Cats 
Mushuk haqida misteriya, barcha mushuklarning 
yo‘lboshichisi qilib tanlangan va uning sevgi tarixi 
Quin – Show 
Voqea bizning kunlarda ro‘y beradi – bir guruh o‘smirlar, 
Fredi Merkuriy ixlosmandlari bo‘lajak tanlov uchun Quin 
musiqasi ostida repetitsiya qilishadi. Kutilmaganda ular 
Merkuriyning halokbo‘lganini eshitishadi 
Greace 
Yangi maktabga tushib qolgan amerikalik qiz voqeasi. 
Dastlab tushunmovchilik va to‘siqlarga uchragan qiz 
keyinchalik maktabdagi balda sinfdoshlaridan birida o‘z 
muhabbatini topadi. 
Tile Ullenshpigel 
haqida 
Go‘zal shou, xalq eposi asosida yaratilgan 
Koperfild shousi 
Fokus ko‘rsatish klounada va pantomima elementlari 
bilan uncha katta bo‘lmgan sahna tomoshasi 
Ming bir kecha (Turk 
kechasi) 
Sharq koloriti, musiqasi va raqslaridan foydlanib, sharq 
ertaklari motivlari asosida tayyorlangan sahna tomoshasi 
 
B) Oqshom tomoshalari ssenariyasi. 


Misol tariqasida «Tile Ullenshpigel afsonasi» go‘zal shousiga batafsil 
to‘xtalamiz. U birinchi marta animatorlar tomonidan 1997 yilda «Phaselis 
Rose»mehmonxonasida sahnaga qo‘yilgan. Uning ssenariyasi vikinglar xalq eposi 
va Vagnerning shu nomdagi operasiga asoslangan. Spektakldagi voqealar chor 
atrofiga mash’alalar qo‘yilgan basseyn maydonida ro‘y beradi. Shu yerda 
ro‘paradagi maydonda tomoshabinlar joylashishadi. Spektaklda 8-10 faol band 
animatorlar ishtirok etadi va 12-15 tasi qo‘shimcha jalb qilinadi, shu jumladan, 
zaldagi tomoshabinlardan ham. Spektakl repetitsiyasi bir necha kun davom etdi. 
Asosiy rekvizitlar -jihozlar: 2 shatra, olovli shar. Bir chelakda benzin, 
qo‘ymichga bog‘langan lattalar artistlar libosi o‘rnini bosadi. So‘lim oqshom, osmon 
to‘la yulduz, dengiz to‘lqinlari shovqini eshitilib turadi, lovullagan ma’shalalarning 
baseyn suvidagi aksi oldindan sirli va jumboq muhit hosil qiladi. Vagnerning mayin 
musiqa sadosi ohista taraladi, bu manzaralar allaqanday kulfat, fojea yaqinlashib 
kelayotgan hissiyotini uyg‘otadi. Syujet vikinglar davriga ko‘chadi. Dushman davlat 
darvozasi oldida turibdi, barcha erkak jangchilar himoyaga otlanishadi. Shu payt 
yovuz jodugar paydo bo‘ladi va yosh qirolichadan boshqa hammani sehralb qo‘yadi. 
Ularni olib borib qoyaga kishanlab tashlaydi, kishan kalitlarini esa ko‘lga uloqtiradi. 
Har bir harakatlar tugadi, jangchilar urushda g‘olib chiqib qaytadilar va 
uyquga cho‘mgan aholini ko‘rishadi. Ularning har biriga qo‘l urishib sehr-jodudan 
xolos qilishadi, ammo shaharliklar orasida qirolning rafiqasini ko‘rishmaydi. 
Qidiruv natijasida oxir - oqibat uni topishadi, ammo ozod qilisholmaydi. Chunki 
uning kishani kalitini topaolishmaydi. 
Shu yerda kishanlangan qirolicha ariyasi yangraydi, u qanday vaziyatda o‘zi 
bilan fojea ro‘y berganini hikoya qiladi. U hammaga kalit ko‘l tubida yotganini 
aytadi. G‘amga botgan qirol iztirobdan o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi. Kalitni 
qidirib ko‘lga ketgan odamlar quruq qo‘l bilan qaytishadi. (Animatorlar basseyn 
o‘rtasida vindeerfinglar ustida suzishib suvda bir qator sinxron harakatlarni 
bajarishadi). Saroy xodimlari qirol ko‘nglini yozish uchun uning oldida raqsaga 
tushadilar. (Vagner musiqasi zamonaviy kunlar bilan uyg‘unlashib avj pardalarda 
yangraydi). Olovli shou (akter-faqirlarning ikkitasi yonayotgan shar bilan nomer 
ko‘rsatishadi. (Uzun zanjirning ikki uchiga kerosin shimdirilgan katta uvada sharlar 
mahkamlangan. Kerosinni yoqishadi va aktyorlar zanjirdagi sharlarni bir maromda 
silkitib har tomonga aylantirishadi). Tomosha haddan tashqari, g‘ayritabiiy va biroz 
sirli va qo‘rqinchli. Ammo bu urinishlar ham qirolning ko‘nglini yozolmaydi. U 
ariya kuylab, barchani kalitini qidirishga chaqiradi. Qirol talabiga ko‘ra, har bir kishi 
biron-bir kalitni unga keltirishi kerak. Biroq kaliti kishan qulfiga to‘g‘ri kelmagan 
kimsa jazoga mahkum etiladi. Qirolga kalitlar keltirishadi, ammo birortasi to‘g‘ri 
kelmaydi, ularni olib kelganlar turmaga tashlanadi. Qizlardan biri ham o‘zi topgan 
kalitni berishga qaror qiladi. Biroq uning qallig‘i Tilli uni bunday qilmaslikka 
undaydi, lekin qiz baribir qirolga boradi. Uning kaliti ham to‘g‘ri kelmaydi, qiz 
qa’laga qamaladi. Tillini esa shahardan quvib yuborishadi (qiz ariyasi yangraydi: u 
sevikli hijronini kuylaydi). 
Tunda Till yashirincha qishloqqa kirib keladi va o‘zi sevgan qizni o‘g‘irlashga 
urinadi. Ammo qo‘riqchilar ularni ushlab olishadi. Qizni yana qamab qo‘yishadi, 
yosh yigiti esa qirolni duelga chaqiradi. Till va qirol olishadi va Till qilichini tushirib 


yuboradi. Qirol Tillni o‘ldirish uchun endigina egilganida, farishta paydo bo‘lib, 
Tillga kalit qayerdaligini aytadi. U ko‘lga shung‘ib kalitni olib chiqadi va qirolga 
beradi, u esa qirolichani ozod qiladi va Tillning qallig‘ini qo‘yib yuboradi. Qirol 
baxtiyor. Xalq olqishlaydi. Sevgi g‘olib chiqdi, adolat tantana qildi. 
Tomosha tafsilotlarining ertak va romantik syujeti g‘oyat jozibali va go‘zal. 
Unchalik professional bo‘lmagan aktyorlar o‘ynaganligiga qaramay tomosha dam 
oluvchilarni hayajonga solib, olqishlariga sazovar bo‘ldi. Ularda hech narsa bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydigan hissiyot uyg‘otdi. Dastur zamonaviy musiqada klub 
raqslariga tushish bilan yakunlanadi. Tomoshada ishtirok etgan animatorlar nomlari 
aytiladi.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish