1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat", "madaniy dam olish faoliyati" tushunchalari



Download 313,68 Kb.
bet49/58
Sana12.05.2022
Hajmi313,68 Kb.
#602372
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

5. Turistlarning etnik tasnifi

Turistlarni etnik tomonidan tasniflash mumkin. Turli millat va elat vakillari uchun animatsiya dasturlarini tuzishda odamlarning tasodifan hafa qilib qo’ymaslik uchun ayniqsa, ehtiyot bo'lish kerak, ularning milliy an'analarini bilish va uni hisobga olish muhim.


11-Modul. Animatorlik uchun talablar.
Reja:
1. Animatorlik xizmatlarida xodimlarni ishga qabul qilish va boshqarish usullari.
2. Xodimlarni tanlash.
3. Xodimlarni baholash.
4. Xodimlarni qabul qilish.
5. Xodimlar professionalligining o’sishi uchun imkoniyatlar.
6. Animatorga qo’yiladigan talablar.

 1. Animatorlik xizmatlarida xodimlari ishga qabul qilish va boshqarish usullari


Bugungi kunda jamiyatda animatsiya faoliyatiga katta ahamiyat berilayotganligi, animatsiya faoliyati turistik majmualar uchun yuqori daromad manbasi (turistlarning yuqori talablarini qondirish bo’yicha yuqori darajali sifatli xizmatlarga, sifatli turistik mahsulotlarga talabning ortib borishi) ekanligi tufayli ushbu faoliyatga jiddiy e'tibor berilishi kerak.
Mehmonxona va turistik majmualarda animatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi xodimlar faoliyatiga doimiy e’tibor qaratish, ushbu soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, xodimlarni to'g'ri yollash lozim bo’ladi. Keling, ushbu jarayonlarning har-birini alohida-alohida ko'rib chiqaylik:


2. Xodimlarni tanlash

Animatsiya xizmatiga xodimlarni tanlash bir qator mezonlar va ishchilarning hususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Animatorlik xizmatlarining samarali ko’rsatilishi animatorlik jamoasining faoliyatiga, ularning ish uyg’unligiga bog'liq. Turli turistik majmualari va turli mehmonxonalarning ishga qabul qilish bo’yicha yondashuvlari ba'zan butunlay qarama-qarshi bo’adi. Misol uchun, ayrim nufuzli turistik majmualar va mehmonxonalarda professional dasturlarni bajarish uchun bu sohada hech qanday tajribaga ega bo’lmagan yoshlarni ishga qabul qilish tizimi mavjud. Yana boshqa bir turistik majmualar tajribali animatorlarni ishga qabul qilishdan mamnun bo’lishadi.


Shu bilan birga barcha animatsiya xizmatlari tomonidan qabul qilingan aniq talablar mavjud. Bu talablar eng avvalo, animatorning shaxsiy hislatlari va fazilatlari bilan bog’liq. Bular:
- kirishimlilik, odamlar bilan muloqot qilish iste’dodi;
- tug’ma liderlik sifatlari;
- bajaruv xohishi;
- sabr;
- mas'uliyat;
- bilimdonlik;
- diplomatik;
- xushmuomalalik;
- tartib-intizom.
Shu bilan birga, ushbu hususiyatlar animatsiya jamoasining oddiy a'zolaridan ko'ra, turistik animatsiya xizmati rahbarlarida bo'lishi shart. Bu sohada ishlashga qaror qilgan har bir insonda odamlar bilan yoqimli munosabatda bo’luvchi til, ijodiy yondashuv, texnika va IJTIMOIY MUNOSABATLAR (PABLIC RELATIONS) bo'lishi kerak, chunki  mehmonxona va mehmonlar boshqaruvi o'rtasida bog'liqliklar mavjud.
Animatorning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda, sog'lig’i holati va jismoniy formasi yaxshi bo’lishi lozim.
Turistik majmualarda animatorning boshqa xodimlarga nisbatan uzoq vaqt xizmat qilishlari (nonushta paytida ular ertalabdan mehmonlarni xushnud etishi, yarim kechasidan o’tib, diskotekalardan eng so’nggi mijoz ketgandan so’nggina yotib dam olishi kerak) ularning aqliy hamda jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishlarini talab etadi. Bunday holatlarda albatta har qanday sharoitda ham animator alkogolizm (ba’zi hollarda animatorlarga kam miqdorda spirtli ichimliklar ichishga ruhsat beriladi) va giyohvandlik bilan shug’ullanmasligi lozim.
Animatorlar quyosh nuri tig’ida juda ko'p vaqt sarflashlari lozim bo’ladi, shuning uchun ham ularning quyosh nuriga allergiyasi bo’lmasligi lozim. Ishga qabul qilishda ushbu holat ham alohida hisobga olinadi.
Animatorlar ko'pincha sport o'yinlari va aerobika bilan shug'ullanishlari, sahnada tomosha ko’rsatishlari lozim, bu esa o’z navbatida ularning yaxshi jismoniy formada bo’lishini talab etadi. Eng muhimi, u yaxshi raqqos bo’lishi lozim. Ko'pchilik mehmonxonalar animatorlik xarajatlarning 10% dan ortig’i raqqoslar bilan bog’liq kutilmagan xarajatlarga ketib qoladi, bunday holatlarda ko’pincha ushbu mablag’ animatorlarning ish haqidan undiriladi.
Odatda, animatorlikda yosh va hatto ijtimoiy maqom yuzasidan cheklovlar mavjud. Animator sifatida xodimlarni ishga qabul qilishda bo’ydoq (turmushga chiqmagan) hamda 30 yoshdan katta bo’lmagan yoshlar afzal ko’riladi.
Nihoyat, eng muhim narsa mehmonxona va turistik majmuaning nufuzini hamda yuqori standartlarini saqlab qolish uchun mahoratli va malakali mutaxassislar tanlashdir. Turanimatorda qanday bilim va ko’nikmalar bo'lishi kerak?
- Turli millatdagi odamlar bilan muloqot qilishlari uchun 1-2 ta xorijiy tillarni bilishi shart. 
- Turistlarning turli yosh guruhlari bilan ishlash bo’yicha psixologiya va pedagogikani tushunish talab qilinadi. 
- Turli faoliyatlar (sport, raqs, shou dasturlarida ishlash, bolalar bilan ishlash va hokazo) bo’yicha ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga majbur.
Shunday qilib, animatorlar ko'p tomonlama bilimli va turli xil shakllardagi animatsion dasturlarni yuqori darajada tashkil etish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak. Buning uchun, animatorlar o’quv muassasalarida tegishli ta'lim olishlari va mehmonxona (turistik majmua)larda bilim va tajribalarini oshirishlari kerak. Bu ideal shakl, lekin rivojlangan xorijiy davlatlarda animatorlarni tayyorlash bo’yicha maxsus ta'lim tizimi mavjud ekan, mamlakatiomizda ham buni amalga oshirish lozim. Bu yo’nalishda kadrlarni tayyorlash davomida ularning shaxsiy fazilatlari muhim o’rin tutadi.

Download 313,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish